Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Sog„liqni saqlash sohasi harajatlarini mablag„ bilan ta‟minlashda



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

16.3. Sog„liqni saqlash sohasi harajatlarini mablag„ bilan ta‟minlashda 
davlat byudjetining tutgan o„rni 
16.4. Sog„liqni saqlash sohasini moliyaviy ta‟minotida byudjetdan tashqari 
manbalardan foydalanish amaliyoti 
 
Tayanch so„z va iboralar:
sog„liqni saqlash tizimi; aholi 
salomatligiga ta‟sir etuvchi omillar; davolash-profilaktika va ilmiy-
tadqiqot muassasalari; tibbiyot va farmatsevtika xodimlari; sud-tibbiy 
ekspertiza muassasalari; tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi; 
xususiy tibbiyot.
16.1. 
Sog„liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari va sog„liqni 
saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo„nalishlari
Sog‗liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari. Ijtimoiy soha 
tarmoqlari ichida sog‗liqni saqlash tizimi alohida o‗rin egallaydi. Jahon Sog‗liqni 
saqlash tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‗ra, mamlakat sog‗liqni 
saqlash tizimining aholi salomatligini ta‘minlashdagi ta‘siri 8-14 foiz
1
darajasida 
baholansa-da, bu tizimning faoliyati boshqa barcha ijtimoiy sohalarga qaraganda 
aholi manfaatlari bilan eng ko‗p to‗qnash keladi. 
Inson hayoti, uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‗liq bo‗lgan va 
sog‗liqni saqlash tizimida qator yo‗nalishlarda amalga oshirilayotgan islo-
hotlarning natijasi davlatning bevosita ishtirokiga, uning ushbu sohaga tashkiliy-
huquqiy va iqtisodiy-moliyaviy aralashuviga ko‗p jihatdan bog‗liq. 
Ma‘lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne‘mat bo‗lib, har bir 
kishi o‗z hayoti davomida iste‘mol qilishi mumkin bo‗lgan tibbiy xizmatga haq 
to‗lash uchun qancha mablag‗ yig‗ib qo‗yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin 
bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo‗ljallangan 
mablag‗larni jamg‗arishi mumkin.
Sog‗liqni saqlash tizimini boshqarish va moliyalashtirishda davlat 
ishtirokining ob‘ektiv zarurligi haqida gap borar ekan, avvalo, bu tizimning 
faoliyat mahsuli bo‗lgan 
tibbiy xizmatlarning o„ziga xos xususiyatlari
ni ko‗rib 
chiqish maqsadga muvofiq.

1
Sog‗liqni saqlash sohasi va BTSYOKni moliyalashtirish va boshqaruv tizimini isloh qilish. USAID/ZdravPlus 


Toshkent, 2005. 16-b.


220 
Birinchidan, 
tibbiy xizmatlarning ko‗pchiligi ijtimoiy ne‘mat hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda ―ijtimoiy ne‘matlar‖ sirasiga kiruvchi tibbiy xizmatlar 
jamoat sog„liqni saqlash sektori
tomonidan ko‗rsatiladi. Bular qatoriga kasallanish 
riskini pasaytirish, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish va qo‗llab-quvvatlash, 
atrof-muhitni sog‗lomlashtirishga qaratilgan xizmatlar kiradi. Shuningdek, tibbiy 
xizmatlarning ko‗pchiligi 
“tashqi samara”
berish xususiyatiga ega, ya‘ni ma‘lum 
bir shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi boshqalarning kasallanish riskini 
kamaytiradi, masalan, yuqumli hamda ijtimoiy xavfli kasalliklarni davolash bilan 
jamiyat miqyosida avj olishi mumkin bo‗lgan salbiy ―tashqi samara‖ning oldini 
olishga muvaffaq bo‗linadi. Shunga muvofiq ravishda, jamoat sog‗liqni saqlash 
sektori an‘anaviy tarzda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: (1) mamlakatda va uning 
alohida hududlarida epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va yuqumli 
kasalliklarga qarshi kurashish; (2) atrof-muhitning normal sanitariya holatini 
ta‘minlash; (3) onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish; (4) sanitariya-
oqartuv ishlarini tashkil qilish; (5) profilaktika va davolash bilan bog‗liq tibbiy 
xizmatlar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash, umumlashtirish, qayta ishlash va shu 
asosda ularga bo‗lgan ehtiyojni baholash. Bu tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahami-
yatini hisobga olgan holda, jamoat sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va 
nazorat qilish majburiyatini davlat o‗z zimmasiga oladi. 
Shu bilan birga, ko‗pchilik tibbiy xizmatlar, bozor sharoitidagi boshqa har 
qanday tovar kabi, sotilishi va sotib olinishi, lekin tashqi samara bermagan holda 
alohida shaxslarning ehtiyojini qondirishi mumkin. Bunday xizmatlarga klinik 
sharoitlarda ko‗rsatiladigan davolash xizmatlari kiradi va, jamoat sog‗lig‗ini 
saqlash xizmatlaridan farqli ravishda, kasallikning oldini olish va salomatlikni 
muhofaza qilishga emas, alohida kasalliklarni davolashga qaratiladi. Bunday 
xizmatlar tibbiy xizmatlar bozorida oldi-sotdi obyekti bo‗la oladi, ammo bu 
munosabatlar ham tibbiy xizmatlarning quyida sanab o‗tiladigan o‗ziga xosliklari 
tufayli davlat aralashuvini taqozo qiladi. 
Ikkinchidan,
tibbiy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari 
doimo noaniqlik bilan bog‗liq. Inson qachon va qanday vaziyatda kasallanishini, 
kasallikni davolash unga qanchaga tushishini, buning uchun u qancha mablag‗ 
jamg‗arib qo‗yishi lozimligini oldindan bilmaydi, odatda uning sog‗lig‗ini 
yo‗qotishga olib kelgan kasallik yoki baxtsiz hodisa u kutmagan vaqtda yuz beradi. 
Shu sababli aksariyat insonlar bunday holatlarda tibbiy yordamning kafolatlangan 
bo‗lishini xohlaydilar. Bu kafolatni faqat davlat bera oladi: davlat majburiy tibbiy 
sug‗urta yoki davlat byudjeti mablag‗lari evaziga majburiy (bepul) tibbiy 
xizmatlarning ko‗rsatilishini kafolatlaydi. Bu kafolatlar salomatligini tiklash, ayrim 
hollarda esa hayotini saqlab qolish bilan bog‗liq ko‗zda tutilmagan xarajatlar 
uchun salmoqli mablag‗ni oila byudjetidan ajrata olmaydigan darajada daromadlari 
yuqori bo‗lmagan aholi qatlamlari uchun ayniqsa muhimdir. Aholining muhtoj 
qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish – davlatning muhim vazifalaridan biri, 
sog‗liqni saqlash sohasida bu vazifa daromadlilik darajasidan qat‘i nazar, har bir 
fuqaroga bepul ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarkibini belgilash, shuningdek, 
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan fuqarolar: nogironligi bo‗lgan shaxslar, chin 


221 
yetimlar, urush veteranlari va boshqalarga tibbiy xizmatlarni olishdagi imtiyozlarni 
o‗rnatish kabilarga qaratiladi.
Uchinchidan, 
axborot asimmetriyasining mavjudligi: tibbiy xizmatlar 
iste‘molchisi, odatda, o‗zining sog‗lig‗i xususidagi muammolar va ularni hal qilish 
masalasida yetarli ma‘lumotga ham, bilimga ham ega bo‗lmaydi, uning kasalligi va 
davolash usullari haqida faqat vrach aniq ma‘lumotga ega bo‗ladi va natijada vrach 
(xizmatning ishlab chiqaruvchisi) bilan bemor (xizmatning iste‘molchisi)ning 
axborotga egaligi o‗rtasida nomuvofiqlik, ya‘ni axborot asimmetriyasi yuzaga 
keladi. Normal faoliyat qiluvchi bozorda iste‘molchi o‗ziga zarur bo‗lgan 
ne‘matlarning hajmi va sifatini o‗zi belgilaydi, tibbiyot xizmatlarida esa bu ishni 
xizmatni ishlab chiqaruvchi – vrach bajaradi. Buning natijasida vrachlarning tibbiy 
va iqtisodiy manfaatlari o‗rtasida ziddiyat yuzaga keladi, ya‘ni vrach, o‗zining 
iqtisodiy manfaatlarini bemorning sog‗lig‗i bilan bog‗liq manfaatlaridan ustun 
qo‗ygan holda, qimmat turuvchi muolajalarni tayinlashi, qimmatbaho dorilarni 
tavsiya etishi mumkin bo‗ladi. Xullas, axborot asimmetriyasi tibbiy xizmatlarni 
ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan birmuncha qulay holatlarini va 
ustunliklarini ta‘minlaydi. Shu sababli davlat alohida vrachlar va tibbiyot 
muassasalari 
faoliyatini 
litsenziyalaydi, 
tartibga soladi, ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning minimal sifat darajasini belgilaydi, tibbiy xizmat ishlab 
chiqaruvchilarni 
iste‘molchilar 
manfaatlari 
yo‗lida 
harakat 
qilishga 
rag‗batlantiradi. 
Shunday qilib, tibbiy xizmatlarning o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan 
qator holatlar mavjudki, ular mamlakatda bozor munosabatlarining qay darajada 
shakllangan va rivojlangan bo‗lishidan qat‘i nazar, davlatning sog‗liqni saqlash 
tizimini boshqarish, uning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok 
etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab beradi. Shuning uchun, ko‗pchilik 
mutaxassislarning va xalqaro ekspertlarning fikricha, sog‗liqni saqlash sohasida 
davlat quyidagi majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishi zarur (16.1-rasm): 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish