1
FutaoHuang. Higher education financing: Trends and challenges. International Journal of Educational
Development. January 2018, Pages 106-115
2
http://www.auditfin.com elektron manzili ma‘lumotlari asosida tuzildi.
213
yillarda mamlakatimizda ta‘lim sohasiga yo‗naltiriladigan davlat va xususiy sektor
mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat birmuncha o‗zgardi va xususiy manbalarning
ustunligi kuzatilmoqda.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta‘limni
moliyalashtirishning hajmi va usullari bir qator omillarga ko‗ra belgilanadi:
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo‗yadigan vazifalarning ko‗lami;
mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an‘analar;
oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning o‗ziga xosligi.
Mana shu holatlar ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning milliy
modelining shakllantirishga xizmat qiladi.
Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi, barcha uchun
barobar bo‗lmagan, aksincha, oliy maqomdagi oliy ta‘lim modeliga ega, davlatning
ta‘limga xarajatlarining YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va
Shvetsiyada oliy ta‘lim hamma uchun ochiq, lekin bu – mamlakat rahbar
doiralarining olib borayotgan siyosati, milliy an‘analarning natijasi hisoblanadi.
Agar Yevropa mamlakatlari, xususan Frantsiya, Germaniya oliy ta‘lim tizimini
davlat byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat tomonidan
nazorat qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta‘siridan himoya qilsa, AQShda oliy
ta‘lim an‘anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan
muntazam aloqada faoliyat qiladi, hatto davlat ta‘lim muassasalari ham pullik
asosda faoliyat qiladi.
Hukumat tomonidan ajratiladigan davlat grantlari, talabalardan ta‘lim uchun
olinadigan haq, tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar – oliy ta‘lim
muassasalarini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan manbalar hisoblanadi. Turli
mamlakatlarda bu manbalarning nisbati turlicha bo‗lib, bu nisbat har bir
mamlakatda ma‘lum davrlarda o‗zgarib turadi. Ta‘lim muassasasi talabalari
kundalik sarf-xarajatlarini o‗zlari ko‗taradilar. Buning uchun ota-onalarining
mablag‗lari; hukumatdan olingan individual grantlar; talabalarga tarqatiladigan
maxsus zaymlar; qo‗shimcha daromadlar kabi manbalar va imkoniyatlar mavjud.
Shuni ta‘kidlash joizki, tizimdan, jamiyatdan yoki qaysi mamlakatligidan qat‘iy
nazar xarajatlar u yoki bu tarzda quyidagi to‗rt manbadan olinishi mumkin: ota-
onalar, talabalar, soliq to‗lovchilar va ta‘lim muassasasi. Qayd etilgan
moliyalashtirish manbalari ikki guruhga ajraladi: davlat va xususiy.
Ko‗pgina xorijiy mamlakatlarda davlat byudjetini muvozanatlashtirish
maqsadida davlat xarajatlari hajmini qisqartirishga harakat qilinadi. Hatto Farbiy
Yevropada moliyalashtirish nisbati hukumat grantiga nisbatan ochiq-oydin oliy
o‗quv yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta‘lim uchun to‗lovdan keladigan daromad
tomon siljimoqda. Germaniya kabi mamlakatlarda ta‘lim uchun to‗lov amalda
nominal tarzda belgilanadi, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada yuqori,
lekin ko‗pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning og‗irligi talaba yashaydigan
tuman yoki shahar hokimiyati zimmasiga tushadi, hukumat ta‘lim muassasalariga
mustaqil tarzda ta‘lim uchun haq belgilashni taqiqlaydi. Hozirgi paytda bu tizim
o‗zgarishlarga uchramoqda va tez orada ko‗pgina g‗arb mamlakatlarida ta‘lim
214
uchun haq to‗lashni ta‘lim muassasalarining o‗zlari belgilaydi va moliyalashtirish
asosan talabalar tomonidan amalga oshiriladi. Prognozlarga qaraganda, bu hol
ta‘lim sifatini ko‗tarishga imkon beradi, chunki talabalar o‗zlari tanlagan o‗quv
yurtlariga yuqori talab qo‗yadilar, ta‘lim muassasalari esa, o‗z navbatida, ta‘lim
jarayoniga yuqori e‘tibor qaratadilar. Umuman olganda, ancha yuqori mehnat
unumdorligini va umuman aholining yuqori daromadini ta‘minlovchi yuqori
darajadagi ta‘lim hisobidan jamiyat faqat yutadi, bu – ta‘limga ketadigan xarajatlar
bir qismini hukumat moliyalashtirishi ma‘qul ekanligining yaqqol dalilidir.
Keyingi o‗rinda esa hukumatlarning e‘tiborini talabalar (ularning ota-onalari)
tomonidan to‗lanadigan badallarning adolatli nisbatiga jamlash mumkin. Bugungi
kunda ko‗pgina G‗arb mamlakatlarida bu nisbatda ko‗proq talabalar hisobidan
moliyalashtirishning hissasi ortib, hukumatning salmog‗i kamayib bormoqda.
Ba‘zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlangan. Talabalar
moliyaviy holatining keskinlashuvi bilan bog‗liq ziddiyat oqibat natijada o‗qish
uchun xarajatlarning bir qismini o‗zining ish haqi hisobidan moliyalashtirishga
o‗tishga olib keldi. Bu o‗qish muddatining uzayishiga va ta‘limning ancha
moslashuvchan modeliga talabning yuzaga kelishiga ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo ta‘lim
uchun talabalardan olinadigan haq hatto AQSh davlat ta‘lim muassasalaridagi
ta‘limga sarflarning faqat 20 foizini qoplaydi, xolos (xususiy ta‘limda 33%).
Qolgan xarajatlar davlat va xususiy manbalardan moliyalashtiriladi. Ko‗pgina
mamlakatlarda oliy ta‘limni davlatdan moliyalashtirishda byudjet taqchilligi yildan
yilga
saqlanib
qolmoqda.
Shuning
uchun
ta‘lim
muassasalariga
moliyalashtirishning qo‗shimcha manbalarini izlab topish huquqi beriladi va bunda
ularga har tomonlama yordam ko‗rsatiladi.
Tijorat faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi:
universitet maydonlari va jihozlaridan konferentsiyalar va boshqa ommaviy
tadbirlar o‗tkazishda foydalanish;
ta‘lim muassasalari ko‗rsatadigan xizmatlardan yoki ularga tegishli yerdan
foydalanuvchi firmalarni tuzish;
ta‘lim muassasasi mutaxassislarining tijorat kompaniyalariga maslahatlar
berishini ta‘minlash;
aholiga qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish;
buyurtmalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar.
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni barpo etish yo‗lida
amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani ta‘lim muassasalari va firmalar o‗rtasida
taqsimlash borasida vujudga keladi. Ma‘lumki, agar universitet foydasining
hammasiga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma ochmaydi. Ta‘lim
muassasalariga tijorat faoliyatidan keladigan foyda qayta investitsiyaga
yo‗naltirilsa, bunday hollarda ta‘lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi
sezilarli ahamiyat kasb etadi.
Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlariga qo‗shimcha
sarflarsiz va professor-o‗qituvchilarni qo‗shimcha jalb qilmay talabalar qabulini
oshirish ta‘lim muassasalari samaradorligini oshirishning eng oson yo‗li
hisoblanadi. Buni faqat ta‘lim muassasasiga jalb etilgan xodimlari
215
ma‘qullagandagina oqlash mumkin. Biroq, ko‗pgina universitetlarning professor-
o‗qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatida qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari
bilan bog‗langanlar, bunday yondoshuv cheklangan imkoniyatga ega. Obyektiv
sabablarga ko‗ra universitetning boshqa funksiyalarini cheklamay turib,
o‗qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas: talabalar soni faqat qo‗shimcha
resurslar hisobigagina oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun, masalan, Buyuk
Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta‘lim tizimi juda qimmatga
tushgan usulda kengaytirildi – mutlaqo yangi ta‘lim muassasalari (asosan
universitetlar) bunyod etildi.
Ancha keyinroq quyidagi tadbirlarga asosan mutaxassislar yetishtirishga
e‘tibor qaratildi:
kurslar muddatini qisqartirish;
akademik yilni yozgi ta‘limni ham qo‗shib oshirish;
sirtqi va kechki ta‘limni ancha kengaytirishdan foydalanish;
katta guruhlarda ma‘ruza o‗qish (bu tegishli moddiy bazasiz mumkin emas)
va ko‗p sonli o‗qituvchilarni talab qilmaydigan ta‘limni qo‗shib olib borish;
masofaviy o‗qitishdan ancha kam foydalanish.
Shunisi ayonki, etarlicha resurslar bilan yordam bermay turib, ta‘lim
muassasalariga samaradorlikni oshirish borasida tazyiq o‗tkazish ham ta‘lim, ham
ilmiy tadqiqotlar sifatining pasayish ehtimolini oshiradi. Mana shuning uchun
samaradorlik ancha tez sur‘atlar bilan oshib borayotgan mamlakatlarda vaqt-vaqti
bilan ham ta‘lim, ham ilmiy jarayonni barobar baholashga harakatlar amalga
oshirilmoqda.
Byudjet mablag‗lari haddan ziyod tejaladigan Yaponiya tajribasiga murojaat
etaylik. Yaponiya ta‘lim tizimi mamlakat umumiy byudjeti uchun nisbatan arzon
tushmoqda: Yaponiya hukumatining ta‘limga qiladigan sarfi yalpi milliy
mahsulotning 5,5-6 foizini tashkil etadi, AQShda bu ko‗rsatkich 7,1 foizni, Buyuk
Britaniyada esa 7,7 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, yapon o‗quvchilari va
talabalari
ko‗pgina
ko‗rsatkichlar
bo‗yicha
boshqa
mamlakatlardagi
tengdoshlaridan o‗zib ketgan. Ko‗rinadiki, yapon ta‘lim tizimining asosiy ustunligi
iqtisodga institutsional o‗ziga xoslikka, xususan, davlat va xususiy sektor nisbatiga
va o‗quv yurtlarini moliyalashtirishning o‗ziga xosligiga borib taqaladi: nodavlat
sektorning ahamiyati boshlang‗ich ta‘limdan oliy ta‘limga tomon oshib boradi.
Yaponiyada oliy ta‘lim barcha xohlovchilarga ochiq emas. U ham davlat,
ham xususiy ta‘lim muassasalariga tayanadi. Yaponiyada davlat universitetlari
asosan tabiiy-ilmiy, muhandislik fanlari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash bilan
shug‗ullanadi; nodavlat universitetlar, qoidaga ko‗ra, gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Ko‗rinib
turibdiki, davlat ko‗p sarf talab etadigan ixtisoslik bo‗yicha mutaxassis
tayyorlashni o‗z bo‗yniga olmoqda: ma‘lumki, zamonaviy muhandisni tayyorlash,
aytaylik huquqshunos yoki iqtisodchini tayyorlashdan ko‗ra qimmatga tushadi.
Shunday qilib, ta‘lim tizimi bozorning nobarqarorligidan o‗zini muhofaza qiladi.
Vaholanki, xususiy ta‘lim muassasalari ko‗p xarajattalab va nazariy fanlar bilan
216
bog‗liq ixtisosliklar olishga qo‗yilgan boshlang‗ich mablag‗larning qaytmaslik
xavfi tufayli rivojlanish imkoniyati pasayadi.
Davlat ta‘lim standartlarini shunday belgilaydiki, nodavlat sektorida
xarajatlar minimal darajaga keladi, bu ta‘lim uchun haqni pasaytiradi, nodavlat oliy
ta‘limiga talabni oshiradi. Oqibat natijada nodavlat universitetlarining soni
ko‗payadi. Bunga dotatsiya siyosati ham, qimmat tushmaydigan ixtisoslikka
o‗qitish uchun litsenziya berish va o‗qituvchi malakasiga talab ancha past ekanligi
ham ko‗maklashadi. Bu ish haqini tejashga, xususiy universitetlarda bitta
o‗qituvchiga to‗g‗ri keladigan talabalar sonining ko‗p bo‗lishiga imkon beradi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, yapon ta‘lim tizimi o‗z muvaffaqiyati uchun ham
hukumat boshqaruvi darajasidagi, ham davlatning o‗zidagi, ham nodavlat ta‘lim
tizimidagi menejment madaniyatining yuqoriligidan minnatdor bo‗lsa arziydi.
Ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning asosiy manbalari(davlat va
xususiy manbalar)ga bag‗ishlangan munzaralarga qaytib, oliy ta‘lim tadqiqotchilari
konsortsiumi va YuNESKOning Oliy ta‘lim bo‗yicha Evropa markazi (SEPES)
ekspertlari fikrini keltirish o‗rinlidir. Ular sof davlat yoki mutlaqo xususiy tarzda
ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishdan ko‗ra aralash moliyalashtirish ancha
samarali hisoblanadi, degan xulosaga kelganlar. Bu ham davlat, ham xususiy
ta‘lim muassasalari uchun birdek samaralidir. Shu ma‘noda, AQSh ta‘lim
muassasalarini moliyalashtirish tizimi e‘tiborga molik.
Tarixan Amerikadagi ilk kollejlar xususiy korporatsiyalar tarzida
shakllangan. Ular davlatdan mutlaqo mustaqil tarzda o‗z ta‘lim siyosati,
standartlari va tartiblarini ishlab chiqqanlar. Ammo, II-Jahon urushidan keyingi
yillarda davlat ta‘lim muassasalaridagi talabalar miqdori muttasil oshib bordi. Agar
1950-yilda talabalarning 49 foizi xususiy kollej va universitetlarda ta‘lim olgan
bo‗lsa, keyinchalik davlat mahalliy kollejlari tarmog‗ining kengayishi tufayli
nisbat o‗zgardi: davlat ta‘lim muassasalaridagi talabalar ulushi 78 foizdan oshdi.
Oliy ma‘lumot to‗g‗risidagi diplom beruvchi AQShdagi 3500 ta‘lim
muassasasining yarmidan ko‗prog‗i – xususiy korporatsiya hisoblanadi, moliyalash
bo‗yicha mas‘uliyat homiylar zimmasiga yuklatilgan bo‗lib, ular mashhur sobiq
bitiruvchilar va boshqa filantropik yordam ko‗rsatuvchilardan iborat. AQShdagi
mashhur tadqiqot universitetlarining ko‗pchiligi – Garvard, Stenford, Stel, Chikago
universitetlari va boshqa nom qozongan kollejlar, xususan, Amxerstdagi,
Uilyamsdagi, Karetondagi ta‘lim muassasalari xayriyalarning sezilarli qismini
oladilar va yuqori mavqega egadirlar. Bu ularga ta‘lim uchun yuqori darajada haq
olish imkonini beradi (90-yillar boshida 20 ming dollardan yuqori bo‗lgan).
Keyingi o‗n yilliklarda AQShdagi xususiy ta‘lim muassasalarining soni
davlatga qarashlilarnikidan ko‗ra tezroq oshib bordi, ammo, ulardagi talabalar soni,
birinchi galda, ta‘lim uchun haq yuqoriligi, shuningdek, davlat ta‘lim
muassasalarida ham ayni bir xil diplom olish mumkinligi tufayli qisqarib ketdi.
Bundan tashqari, AQSh xususiy ta‘lim muassasalari o‗z hajmiga ko‗ra
davlatnikidan ancha kichiqdir.
Amerika ta‘lim muassasalarini moliyalashtirish besh asosiy manbadan
amalga oshiriladi:
217
federal byudjet, shtatlar byudjetlari va mahalliy hokimiyatlardan
ajratiladigan mablag‗lar;
ta‘lim va xizmatlar uchun talabalarning to‗lovlari;
ta‘lim muassasasining o‗z faoliyatidan oladigan daromadlari;
filantropik tashkilotlar va ayrim xususiy shaxslar xayriyalari;
xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus jamg‗armalarda to‗plangan
mablag‗lardan foizlar.
Davlatning oliy ta‘limga yordami ta‘lim muassasasi umumiy daromadining
o‗rtacha 40-45 foizini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat
byudjetidan – 10-15 foiz, shtatlar byudjetidan – 25-30 foiz, mahalliy hokimiyat
byudjetidan – 2-5 foiz.
Federal yordam, Amerikalik mutaxassislar xulosasi bo‗yicha foyda olish
maqsadida emas, balki zarurat tufayli shakllangan va ta‘lim bevosita milliy
manfaatlarga xizmat qilishi va milliy qadriyatning ahamiyatli unsuri ekanligiga
ko‗ra hozirgi darajasiga erishadi.
Shuni aytish joizki, oliy ta‘limning davlat yoki xususiy sektor ko‗p yoki kam
samaraliligi xususida birdek ma‘lumot va dalillarni uchratish qiyin. Xususiy ta‘lim
muassasalari ulushi ustunroq bo‗lgan mamlakatlar ham asosan davlat ta‘lim tizimi
shakllangan davlatlar erishgan natijalarni qo‗lga kiritmoqda va aksincha, xususiy
ta‘limning keng tarqalishi na iqtisodda, na ta‘lim sohasida qoniqarli natijalarga olib
kelmayotgan mamlakatlar ham mavjud.
Shunday qilib, keyingi o‗n yilliklardagi klassik universitetlar taraqqiyoti
umumjahon miqyosida oliy ta‘lim iqtisodiyotidagi quyidagi umumiy yo‗nalishlarni
belgilash imkonini beradi:
1. Yevropadagi ko‗pgina mamlakatlarda keyingi bir necha yillar mobaynida
nisbatan (ayrim joylarda mutlaqo) oliy ta‘limni moliyalashtirishning pasayishi yuz
berdi. Bu hol Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy
pasayish bilan bog‗liq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o‗z sarflarini
faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o‗z professorlarini xizmat safariga
yuborish va taklif etilganlarni qabul qilishda ham qisqartirmoqdalar. Masalan,
Germaniyaning faxri bo‗lgan Geydelberg universiteti barcha o‗quv-ilmiy
laboratoriyalarining, ular universitetga qay darajada foyda keltirishi nuqtai
nazaridan muntazam tahlilini o‗tkazadi, tahlil natijalariga ko‗ra esa o‗zini
oqlamagan ayrim laboratoriyalarini yopadi).
2. Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlarning ta‘lim muassasalari davlat
tomonidan moliyalashtiriladigan o‗quv-ilmiy va madaniy markazdan tobora
ko‗proq, korporativ xususiyatlarga ega bo‗lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy
subyektiga aylanmoqda, shu jumladan, ular tarkibiy bo‗linmalarining samaraliligi
va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash olib borilmoqda.
Universitetlarda ta‘limning qo‗shimcha, iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lgan turli
shakllarining soni ko‗paymoqda, ilmiy tadqiqotlar esa tobora amaliy xususiyat
kasb
etmoqda
va
firmalar
yoki
xususiy
jamg‗armalar
tomonidan
moliyalashtirilmoqda; ta‘limning turli shakllarida mutaxassislar tayyorlash
218
tannarxi bo‗yicha faol tadqiqotlar olib borilmoqda, ta‘lim uchun haq to‗lashning
tabaqalashtirilgan variantlari ko‗rib chiqilmoqda.
3. Ta‘lim muassasalari taklif etayotgan qushimcha ta‘lim xizmatlarining
keskin o‗sishi, shu jumladan, ta‘lim muassasasini tugatgandan keyin ham ta‘lim
xizmatlarini ko‗rsatish. Bu jarayonni davlat ham rag‗batlantirmoqda, chunki yuqori
malakali mutaxassisga ehtiyoj yuqoridir, bundan nodavlat sektori ham manfaatdor,
chunki o‗z xodimlari malakasini oshirish ehtiyoji ham sezilarli darajada oshmoqda.
Ta‘lim muassasalari ham iqtisodiy jihatdan qo‗shimcha ta‘lim ko‗rsatish tizimini
rivojlantirishdan manfaatdor. Masalan, AQShda ta‘lim muassasalari diplom
olgandan keyingi ta‘lim va qo‗shimcha ta‘lim xizmati ko‗rsatishdan bakalavriat
ta‘limidan keladigandan ko‗ra ko‗proq daromad oladilar.
4. Ta‘lim muassasalarining tobora ko‗proq avtonom (mustaqil) bo‗lishga
intilishi, ya‘ni ta‘lim muassasalari borgan sari davlat tomonidan kamroq darajada,
ko‗proq esa ta‘lim muassasasi o‗zi ishlab topgan mablag‗ hisobiga moliyaviy
resurslar bilan ta‘minlanmoqda, bu davlat tomonidan nazoratning kuchayib borishi
bilan mutanosib ravishda olib borilmoqda. Ta‘lim muassasasi faoliyati ustidan
muntazam nazorat qilish tartibi yaratilmoqda. AQShda davlat, masalan,
akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy) agentliklar ishini rag‗batlantiradi,
Frantsiyada ta‘limni baholash bo‗yicha maxsus Milliy qo‗mita tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |