Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

Ps = O„s N S
(15.3.) 
bu yerda: 
Ps – sinf guruhlari bo‗yicha pedstavkalar soni; 
O‗s – tarifikatsiya ro‗yxati bo‗yicha shu sinf guruhi uchun umumiy o‗quv 
soatlari soni; 
N – shu sinf guruhi uchun 1 pedstavkaga to‗g‗ri keladigan rejaviy o‗quv 
yuklama me‘yori; 
S – shu sinf guruhi bo‗yicha sinflar soni. 
Sinf guruhlari bo‗yicha o‗qituvchining bir oylik o‗rtacha ish haqi stavkasini 
topishda quyidagi formula ishlatiladi: 


207 
IHo„r = Fih Ps 
(15.4.) 
bu yerda: 
IHo‗r – sinf guruhlari bo‗yicha o‗rtacha ish haqi stavkasi; 
Fih – tegishli sinf guruhlari bo‗yicha tarifikatsiya ro‗yxatiga asosan bir oylik 
ish haqi fondi; 
Ps – sinf guruhlari bo‗yicha pedstavkalar soni. 
Xarajatlar smetasida alohida tarzda daftar va yozma ishlarni tekshirganlik 
uchun xarajatlar hisob-kitobi keltiriladi. 
Daftar tekshirganlik uchun ish haqi fondi
bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha xarajat miqdorini 
barcha sinf guruhlari bo‗yicha sinflar soniga ko‗paytirish yo‗li bilan aniqlanadi. 
Bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha xarajat miqdori 
quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
DTo„r= Fdt S 
(15.5.) 
bu yerda: 
DTo‗r – bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha 
xarajat miqdori; 
Fdt – tarifikatsiya bo‗yicha tegishli sinf guruhlari bo‗yicha daftar 
tekshirganlik uchun ish haqi fondi; 
S – shu sinf guruhlari bo‗yicha sinflar soni. 
Aniqlangan ko‗rsatkichlar asosida maktab bo‗yicha pedagog xodimlarning 
umumiy ish haqi fondi hisoblab topiladi. 
Ta‟lim muassasalari rahbar xodimlar mehnatiga haq to„lash xarajatlari.
Ta‘lim muassasalari rahbar xodimlarining ish haqlari o‗quvchilar kontingenti 
bo‗yicha aniqlangan muassasa guruhlariga (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarorining 2-ilovasiga binoan) ko‗ra 
tabaqalashtirilgan bazaviy tarif stavkasi asosida aniqlanadi. O‗quvchilar soniga 
ko‗ra esa maktablar to‗rtta guruhga ajratilgan. 
Ta‟lim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq to„lash 
xususiyatlari.
Maktab o‗quv-yordamchi va ma‘muriy-xo‗jalik xodimlari ish haqlari 
shtatlar jadvali va lavozim okladlari sxemasi asosida aniqlanadi. Umumta‘lim 
maktablari rahbar xodimlari, ma‘muriy-xo‗jalik, o‗quv-yordamchi va boshqa 
xodimlar shtati umumta‘lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan va amalda 
bo‗lgan namunaviy shtatlar asosida shakllantiriladi. Mazkur namunaviy shtatlarda 
direktor, direktor o‗rinbosarlari, xo‗jalik mudiri, ish yurituvchi, katta yetakchi, 
kutubxona mudiri, kutubxonachi kabi lavozimlar bo‗yicha maktablardagi sinflar 
sonidan kelib chiquvchi shtat me‘yorlari keltirilgan. Ayrim lavozimlar soni 
(masalan, harbiy rahbar, laborant, to‗garak rahbari va sh.k.) sinflar soniga ko‗ra, 
ayrimlari – o‗t yoquvchi, isituvchi, ko‗cha supuruvchi, qorovul, farrosh kabilar – 
maktab binolari, inshootlarning texnik xarakteristikalari, isitish tizimi va 
tozalanadigan maydonning o‗lchamlariga ko‗ra, bir guruh lavozimlar, masalan, 
injener-dasturchi – maktabda jihozlangan kompyuter xonalari(sinflari)ning 
mavjudligiga ko‗ra o‗rnatiladi. 


208 
Umumta‟lim 
maktablarining 
o„rnak 
ko„rsatgan 
xodimlarini 
rag„batlantirishning Direktor jamg„armasi mablag„larini rejalashtirish.
Bu kod 
bo‗yicha 
umumta‘lim 
maktablarining 
o‗rnak 
ko‗rsatgan 
xodimlarini 
rag‗batlantirishning 
Direktor 
jamg‗armasi 
mablag‗lari 
rejalashtiriladi 
va 
moliyalashtiriladi. 
Mazkur 
Jamg‗arma 
to‗g‗risidagi 
Nizom 
O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan 
tasdiqlangan bo‗lib, unga muvofiq, Direktor jamg‗armasi mablag‗lari ―umumtalim 
muassasalarining o‗quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‗shayotgan, o‗z 
kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan 
iqtidorli o‗qituvchilarni rag‗batlantirishga, shuningdek, umumta‘lim muassasalari 
xodimlariga bir martalik mukofotlar to‗lashga va moddiy yordam ko‗rsatishga 
(favqulodda hollarda) yo‗naltiriladi.‖ 
Direktor jamg‗armasi mablag‗lari har bir umumta‘lim muassasasining 
xarajatlar smetasida nazarda tutiladi, ular byudjet tasnifining 41 10 000 - ―Ish haqi‖ 
kodining tarkibiga 41 11 210 - ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan 
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi mablag‗lari‖ kodi bo‗yicha 
kiritiladi. Mazkur kod bo‗yicha xarajatlar maktab bo‗yicha hisoblangan mehnat 
haqi fondining 15 foizi doirasida rejalashtiriladi. Lekin har bir byudjet yili uchun 
Direktor jamg‗armasining foizlarda aniqlangan aniq miqdori Moliya vazirligi 
tomonidan davlat byudjeti parametrlarini ishlab chiqish chog‗ida byudjet 
tasnifining 7 090 000 - ―Ta‘lim‖ 200 tegishli paragraflari bo‗yicha mehnatga haq 
to‗lashga mo‗ljallangan byudjet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda 
o‗rnatiladi va respublikaning barcha umumta‘lim maktablari uchun yagona bo‗lib 
hisoblanadi. 
IV guruh ―Boshqa xarajatlar‖ barcha byudjet tashkilotlari uchun o‗rnatilgan 
tartiblarda amalga oshiriladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish