207
IHo„r = Fih Ps
(15.4.)
bu yerda:
IHo‗r – sinf guruhlari bo‗yicha o‗rtacha ish haqi stavkasi;
Fih – tegishli sinf guruhlari bo‗yicha tarifikatsiya ro‗yxatiga asosan bir oylik
ish haqi fondi;
Ps – sinf guruhlari bo‗yicha pedstavkalar soni.
Xarajatlar smetasida alohida tarzda daftar va yozma ishlarni tekshirganlik
uchun xarajatlar hisob-kitobi keltiriladi.
Daftar tekshirganlik uchun ish haqi fondi
bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha xarajat miqdorini
barcha sinf guruhlari bo‗yicha sinflar soniga ko‗paytirish yo‗li bilan aniqlanadi.
Bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha
xarajat miqdori
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
DTo„r= Fdt S
(15.5.)
bu yerda:
DTo‗r – bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik uchun o‗rtacha
xarajat miqdori;
Fdt – tarifikatsiya bo‗yicha tegishli sinf guruhlari bo‗yicha daftar
tekshirganlik uchun ish haqi fondi;
S – shu sinf guruhlari bo‗yicha sinflar soni.
Aniqlangan ko‗rsatkichlar asosida maktab bo‗yicha pedagog xodimlarning
umumiy ish haqi fondi hisoblab topiladi.
Ta‟lim muassasalari rahbar xodimlar mehnatiga haq to„lash xarajatlari.
Ta‘lim muassasalari rahbar xodimlarining ish haqlari o‗quvchilar kontingenti
bo‗yicha aniqlangan muassasa guruhlariga (O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarorining 2-ilovasiga binoan) ko‗ra
tabaqalashtirilgan bazaviy tarif stavkasi asosida aniqlanadi. O‗quvchilar soniga
ko‗ra esa maktablar to‗rtta guruhga ajratilgan.
Ta‟lim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq to„lash
xususiyatlari.
Maktab o‗quv-yordamchi va ma‘muriy-xo‗jalik xodimlari ish haqlari
shtatlar jadvali va lavozim okladlari sxemasi asosida aniqlanadi. Umumta‘lim
maktablari rahbar xodimlari, ma‘muriy-xo‗jalik, o‗quv-yordamchi va boshqa
xodimlar shtati umumta‘lim muassasalari uchun
ishlab chiqilgan va amalda
bo‗lgan namunaviy shtatlar asosida shakllantiriladi. Mazkur namunaviy shtatlarda
direktor, direktor o‗rinbosarlari, xo‗jalik mudiri, ish yurituvchi, katta yetakchi,
kutubxona mudiri, kutubxonachi kabi lavozimlar bo‗yicha maktablardagi sinflar
sonidan kelib chiquvchi shtat me‘yorlari keltirilgan.
Ayrim lavozimlar soni
(masalan, harbiy rahbar, laborant, to‗garak rahbari va sh.k.) sinflar soniga ko‗ra,
ayrimlari – o‗t yoquvchi,
isituvchi, ko‗cha supuruvchi, qorovul, farrosh kabilar –
maktab binolari, inshootlarning texnik xarakteristikalari,
isitish tizimi va
tozalanadigan maydonning o‗lchamlariga ko‗ra, bir guruh lavozimlar, masalan,
injener-dasturchi – maktabda jihozlangan kompyuter xonalari(sinflari)ning
mavjudligiga ko‗ra o‗rnatiladi.
208
Umumta‟lim
maktablarining
o„rnak
ko„rsatgan
xodimlarini
rag„batlantirishning Direktor jamg„armasi mablag„larini rejalashtirish.
Bu kod
bo‗yicha
umumta‘lim
maktablarining
o‗rnak
ko‗rsatgan
xodimlarini
rag‗batlantirishning
Direktor
jamg‗armasi
mablag‗lari
rejalashtiriladi
va
moliyalashtiriladi.
Mazkur
Jamg‗arma
to‗g‗risidagi
Nizom
O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan
tasdiqlangan bo‗lib, unga muvofiq, Direktor jamg‗armasi mablag‗lari ―umumtalim
muassasalarining o‗quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‗shayotgan, o‗z
kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini
namoyon etayotgan
iqtidorli o‗qituvchilarni rag‗batlantirishga, shuningdek, umumta‘lim muassasalari
xodimlariga bir martalik mukofotlar to‗lashga va moddiy yordam ko‗rsatishga
(favqulodda hollarda) yo‗naltiriladi.‖
Direktor jamg‗armasi mablag‗lari har bir umumta‘lim muassasasining
xarajatlar
smetasida nazarda tutiladi, ular byudjet tasnifining 41 10 000 - ―Ish haqi‖
kodining tarkibiga 41 11 210 - ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi mablag‗lari‖ kodi bo‗yicha
kiritiladi. Mazkur kod bo‗yicha xarajatlar maktab bo‗yicha hisoblangan mehnat
haqi fondining 15 foizi doirasida rejalashtiriladi. Lekin har bir byudjet yili uchun
Direktor jamg‗armasining foizlarda aniqlangan aniq miqdori Moliya vazirligi
tomonidan davlat byudjeti parametrlarini ishlab chiqish chog‗ida
byudjet
tasnifining 7 090 000 - ―Ta‘lim‖ 200 tegishli paragraflari bo‗yicha mehnatga haq
to‗lashga mo‗ljallangan byudjet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda
o‗rnatiladi va respublikaning barcha umumta‘lim maktablari uchun yagona bo‗lib
hisoblanadi.
IV guruh ―Boshqa xarajatlar‖ barcha byudjet tashkilotlari uchun o‗rnatilgan
tartiblarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: