N = (N
1
*8 + N
2
*4) / 12 yoki N = (2N
1
+ N
2
) / 3
(15.2.)
Bunda:
N - sinf pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni;
N
1
–
rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga sinf pog‗onalari bo‗yicha
o‗quvchilar soni
N
2
–
rejalashtirilayotgan yilning 1-sentyabr holatiga sinf pog‗onalari
bo‗yicha kutilayotgan o‗quvchilar soni
8, 4, 12 – oylar soni.
Byudjet xarajatlarini rejalashtirishda byudjet yili ta‘lim muassasalaridagi
o‗quv yili bilan mos kelmaganligi bois, o‗quvchilar kontingentini aniqlovchi asosiy
ko‗rsatkichlarning o‗rtacha yilligi hisoblanadi. O‗quvchilarning o‗rtacha yillik
sonini hisoblashda rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar va 1-sentyabr holatiga
bo‗lgan o‗quvchilar soni aniqlanadi: maktablarda 1-yanvardan to yangi o‗quv yili
boshlanguniga qadar o‗quvchilarning o‗tgan yildan o‗tuvchi soni (8 oy davomida),
1-sentyabrdan boshlab esa – o‗tgan o‗quv yilida o‗qishni bitirgan va yangi o‗quv
yilida qabul qilinganlarni hisobga olgan holda aniqlangan o‗quvchilar soni amal
qiladi (4 oy davomida).
Masalan,
agar yil boshiga maktabdagi o‗quvchilar soni 500 nafar, 1-sentyabrda esa 650 nafar
bo‗lishi kutilayotgan bo‗lsa, u holda o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni quyidagicha
aniqlanadi:
( ) ( )
Umumta‘lim muassasasi byudjetining umumiy hajmini aniqlash
formulasidagi bazaviy xarajatlar normativlari va tuzatuvchi koeffitsientlar har
moliyaviy yil uchun ishlab chiqiladi va ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda
ularga tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash asosida umumta‘lim maktablari
budjetini hisoblash bo‗yicha Nizom‖ning tegishli ilovalarida keltiriladi (bu
me‘yorlar va koeffitsientlar viloyatlar bo‗yicha, har bir viloyatda - ta‘lim
pog‗onalari bo‗yicha, uyda ta‘lim oluvchilar bo‗yicha va maktab qoshidagi
internatlar bo‗yicha bir-biridan farq qilishi mumkin, bu tegishli hududlardagi tovar
va xizmatlar narxidagi farqlarga bog‗liq).
Umumta‘lim maktablarida bir o‗quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari
tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:
O‗zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq,
pedagogik xodimlar, boshqaruv va o‗quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq
201
to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag‗batlantirish Direktor
jamg‗armasi, yagona ijtimoiy to‗lov;
asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan
pedagog xodimlarning o‗rniga ishlovchi pedagoglarga haq to‗lash bilan bog‗liq
xarajatlar;
umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog‗liq boshqa xarajatlar
(kommunal xizmatlarni to‗lash, joriy ta‘mirlash, materiallar solib olish va b.).
Ayrim
turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga
kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko‗zda tutilishi mumkin. Masalan, turli
yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
ko‗mir sotib olish va tashib keltirish;
―Ziyo-net‖ ta‘lim tarmog‗iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik
abonentnik to‗lovi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi
33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‗naltirilgan
tarzda qo‗llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‗ljallangan Dasturini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaroriga muvofiq markaziy davriy
nashrlarga obuna bo‗lish xarajatlari;
o‗quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va
o‗rnatish;
kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog‗liq
ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o‗rnatish.
Yuqorida sanab o‗tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro‗yxatlar asosida
har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko‗ra, xalq ta‘limi hududiy organlari va
moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro‗yxat asosida ajratiladi.
Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish
haqiga hududiy koeffitsientlar o‗rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim
maktablari smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo‗yicha aniqlangan
mablag‗larga qo‗shimcha ravishda bu to‗lovlarni o‗rnatilgan tartibda to‗lash uchun
mablag‗lar ko‗zda tutiladi.
Bir o‗quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo‗yicha,
har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o‗quvchilar soniga ko‗ra
katta-kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko‗ra bir-biridan farq qiladigan
quyidagi tuzatuvchi koeffitsientlar ishlatiladi:
maktab masshtabi koeffitsienti;
markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar
(bunda KUGdagi o‗quvchilar soni 25 tadan kam bo‗lmasligi kerak) mavjud
bo‗lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o‗quvchiga bazaviy xarajat
me‘yoriga KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o‗quvchilarni
ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo‗lib, ularning soni KUGga qatnovchi
o‗quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
202
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o‗qituvchilarga ish haqi to‗lash
(yagona ijtimoiy to‗lovni ham hisobga olgan holda) va yo‗l haqi qiymatiga oylik
kompensatsiya to‗lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o‗quvchilar bo‗lgan
taqdirda ularning o‗rtacha yillik sonini uyda o‗qitish bazaviy xarajat me‘yoriga
ko‗paytirish yo‗li bilan hisoblanadi.
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o‗quvchiga bazaviy xarajat
me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida
yashovchi bolalarning yashashi uchun mo‗ljallangan internat mavjud bo‗lganda
qo‗llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o‗quvchiga bazaviy
xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan
o‗rnatilgan to‗lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o‗quvchilar
kontingentining 15 foizdan ko‗p bo‗lmagan qismini ushbu to‗lovdan ozod qilishni
hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni
tarifikatsiyalash umumta‘lim maktabining rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri)
bilan birga qat‘iy o‗rnatilgan tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari
asosida aniqlangan mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi.
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga
moliyalashtirish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so‗nggi
natijalariga qaratilgan bo‗lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga
oshirilayotgan boshqa tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini
oshirish,
ularni
rag‗batlantirish
mexanizmlarini
takomillashtirish)
bilan
uyg‗unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga turtki
bo‗lmoqda.
Bugungi kunda maktab faoliyatida muhim bo‗lgan masalalardan biri –
pedagog va pedagog bo‗lmagan boshqa xodimlarga haq to‗lash masalasi qator
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bular:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi ―Xalq
ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy
rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-227-son qarori;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq talimi xodimlari
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori;
Xalq ta‘limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish
vazirligining 2005-yil 26-dekabrdagi №315/№4984-sonli qo‗shma buyrug‗i bilan
tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablari o‗qituvchilari va rahbar xodimlari
yuklamasini aniqlash va taqsimlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖;
O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli
qo‗shma buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-dekabr 275-
son Qarori bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risida nizom‖.
203
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim
maktablari xodimlari mehnatiga haq to‗lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida
amalga oshirilib, uning natijasiga ko‗ra tarifikatsiya ro‗yxati tuziladi. Tarifikatsiya
ro‗yxati quyidagi ko‗rsatkichlarni aks ettiradi:
o‗qituvchilarning nasl-nomasi;
malaka toifasi;
ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
dars beradigan fanlari;
qaysi sinflarda dars berishi (boshlang‗ich, yuqori);
oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
o‗quv va pedagogik soatlar soni;
asosiy ish haqiga qo‗shimcha va ustamalar.
O‗qituvchilar tarifikatsiya ro‗yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli
qo‗shma buyrug‗i bilan qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖
asosida tuziladi.
O‗qituvchining umumiy yuklamasi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq
ta‘limi xodimlariga haq to‗lash to‗g‗risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy
yuklama o‗quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo‗lib, bir yilga 1548 soatni
tashkil etadi
1
.
O‗quv yuklama me‘yori boshlang‗ich sinflarda 18 soatni, yuqori sinflarda 20
soatni tashkil qiladi. Shuning uchun pedagogik stavkalar soni boshlang‗ich va
yuqori sinflar bo‗yicha alohida hisoblanadi.
Pedagogik yuklama o‗rnatilgan o‗quv yuklamasiga praporsional ravishda
boshlang‗ich sinflarda 1,0 va yuqori sinflarda 0,8 koeffitsientlarni qo‗llash orqali
aniqlanadi. (Namunaviy reja bo‗yicha o‗qituvchining umumiy oylik yuklamasi
154,8 soatni tashkil etadi. Haftalar soni bir oyda 4,3 hafta hisobida belgilangan.
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi
36 soatni tashkil etadi, shundan o‗quv yuklamasi – 18 soat, pedagogik yuklama –
18 soat, yuqori sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy
yuklamasi 36 soatni, shundan 20 soat o‗quv yuklamasi va pedagogik yuklama - 16
(20
) soatni tashkil etadi
2
.)
Tarifikatsiya ro‗yxatida, ta‘kidlanganidek, har bir o‗qituvchining bir oylik
lavozim okladi aks ettiriladi. Umumta‘lim maktablari pedagogik xodimlarining
oylik lavozim okladlari har bir xodimning lavozimi va malaka toifasi uchun
o‗rnatilgan bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan belgilangan qo‗shimchalar va
ustamalar asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |