224
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida aynan sog‗liqni saqlash tizimini yanada
takomillashtirishga qaratilgan quydagi ustuvor yo‗nalishlar belgilangan (16.2-
rasm).
16.2-rasm. 2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida sog„liqni saqlash tizimini yanada
takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo„nalishlar
1
Harakatlar strategiyasini 2017-―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili‖da hamda 2018-―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni
qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida sog‗liqni
saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator aniq va manzilli chora-
tadbirlar belgilangan bo‗lib, Dasturda ularning bir necha yo‗nalishlarda olib
borilishi ko‗zda tutilgan. Bu tadbirlar tibbiyot muassasalarini qurish,
rekonstruktsiya qilish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
tibbiyot
va
farmasevtika
faoliyatining
qonuniy-huquqiy
asoslarini
takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan aholi qatlamlariga
ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar miqdori va sifatini oshirish, onalar va bolalar
salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-
1
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi, 4.2-band.
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini
oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan
holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‘g‘inini, tez va
shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar
va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga
ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam
ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish
pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand
toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta‘minlash uchun ularga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot
muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan
ta‘minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini
ta‘minlash
225
profilaktika ishlari samarasini oshirish, chekka hududlarda yashovchi aholiga
tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‗batlantirish,
ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, tug‗ma va irsiy kasalliklarni
barvaqt aniqlash choralarini ko‗rish kabilarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: