Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
16.3. 
Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
 
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o‗n yilliklar 
davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, davlat sog‗liqni saqlash muassasalari 
faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1.
Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o‗rinlarga ehtiyoj me‘yorlari 
asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlarini (u yoki bu profil 
yo‗nalishlari bo‗yicha o‗rinlar - koykalar soni) aniqlash; 
2.
Muayyan muassasa uchun o‗rnatilgan namunaviy shtat normativlari 
bo‗yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; 
3.
Koykalar soni va tuzilishi(terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko‗ra ish 
hajmini rejalashtirish; 
4.
Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining 
ko‗rsatkichlari(koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun 
moliyaviy resurslarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash. 
Davlat sog‗liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning ishi operativ 
tarmoq ko‗rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi o‗rinlarning o‗rtacha yillik soni 
(jami va o‗rinlar profillari bo‗yicha), bir yilda o‗rinlarning ishlash kunlari soni, 
o‗rin-kunlar miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo‗yicha o‗rtacha yillik shtatlar 
birligi soni, ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari soni bilan tavsiflanadi.
Davolash-profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni asosan ikki 
shaklda ko‗rsatadi: kasalxonaga yotqizib statsionar (turg‗un) davolash va 
ambulatoriya-poliklinikada 
tibbiy xizmat ko‗rsatish. Turg‗un davolash 
muassasalarining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – o‗rin-kunlar soni bo‗lsa, 
ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko‗rsatkichini vrach qabullari soni 
va uning asosida aniqlanadigan vrach lavozimlari soni tashkil qiladi. Muassasa 
xarajatlarini rejalashtirishda o‗rin-kunlar soni, vrach qabullari soni hamda vrach 
lavozimlari soni kabi ko‗rsatkichlar, shuningdek, ularga nisbatan o‗rnatilgan 
xarajat me‘yorlari asos qilib olinadi.
2001-2010-yillarda sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo‗nalishlaridan 
biri birlamchi tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi 
usullariga o‗tish, byudjet mablag‗larini taqsimlashning jahon amaliyotida 
ma‘qullangan jon boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat 
bo‗ldi. Ana shu dasturiy vazifani bajarish doirasida bir qator hukumat qarorlari 


233 
qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi. Ularga ko‗ra, qishloq hududlarida 
joylashgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) va qishloq vrachlik ambulatoriyalari 
(QVA) qayta tashkil qilindi, ularni moliyalashtirish makaziy tuman shifoxonasi 
tarkibidan chiqarilib, bevosita viloyatlar sog‗liqni saqlash boshqarmalariga 
o‗tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini ko‗rsatish (BTSYoK) 
muassasalariga yuridik shaxs maqomi berildi, ular xarajatlarini rejalashtirish va 
moliyalashtirishda ularga biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi uchun 
o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari va aholining yoshi, jinsi, aholi zichligi va boshqa 
ko‗rsatkichlarga ko‗ra o‗rnatiladigan tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash 
tartiblariga o‗tildi. Bu tartiblar tajriba tariqasida avval bir necha viloyatda, so‗ngra 
esa butun mamlakat bo‗yicha BTSYoK muassasalari xarajatlarini rejalashtirish 
jarayoniga tatbiq etildi va bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib 
moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazildi. 
BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi sanitariya-
epidemiologiya 
nazorati 
xizmati 
xarajatlari, 
kapital 
qo‗yilmalar 
va 
markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog‗liqni 
saqlash umumiy byudjetiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlanadi.
Bunda alohida olingan BTSYOK muassasasini moliyalashtirishning yillik 
hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan 
holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYO muassasasiga 
biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir keyingi 
rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan 
tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari hisobga olingan holda hisoblab 
chiqiladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‗liqni saqlash 
vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog‗liqni saqlash 
boshqarmalari BTSYO qishloq muassasalari byudjetlarini hisoblab chiqadi va 
ularni xarajatlar guruhiga bo‗lmasdan bitta summa bilan BTSYo muassasalariga 
etkazadi. BTSYO qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida 
ro‗yxatdan o‗tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan byudjet 
doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasida 
sog‗liqni saqlash tizimini isloh kilish davlat dasturi to‗g‗risida"gi 1998-yil 10-
noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi ―Farg‗ona viloyatida sog‗liqni saqlashning 
boshlang‗ich bo‗g‗inini isloh kilish loyihasini amalga oshirish to‗g‗risida‖gi 100-
son qaroriga muvofiq, ―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‗ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida 
hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatining uchta tumanida 
qishloq vrachlik punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher-
akusherlik punktlari komplekslarini bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib 
chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilgan. 
Sog‗liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barcha 
BTSYOKning qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini 
yoyish va uni BTSYO ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy 


234 
etish, shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog‗ligini 
mustahkamlash‖ dasturlari doirasida boshlang‗ich tibbiy-sanitariya yordami 
muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 
2005-yil 
28-sentyabrda 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
―Sog‗liqni 
saqlash 
muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish 
to‗g‗risida‖gi 217-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan BTSYO qishloq 
muassasalarini Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil 1-
oktyabrdan boshlab, Andijon, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida – 
2006-yil 1-yanvardan boshlab, Jizzax, Kashkadaryo, Samarqand va Toshkent 
viloyatlarida – 2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar 
normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich 
o‗tkazish nazarda tutildi. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 
―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash" loyihasi bo‗yicha O‗zbekiston 
Respublikasi bilan OTB o‗rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) 
sog‗liqni saqlash turg‗un muassasalarini 
bir to„liq davolangan holat
hisobidan 
kelib chiqib moliyalashtirishga o‗tkazishga doir takliflar ishlab chiqildi va bu 
takliflar doirasida turg‗un davolash muassasalarining xarajatlarini rejalashtirishda 
muassasaning koykalar soni, shtatlar soni kabi ko‗rsatkichlari asosida 
rejalashtirishdek eski usullaridan har bir to‗liq davolangan holat bo‗yicha 
rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblariga o‗tildi. 
Bugungi kunda davlat byudjetining sog‗liqni saqlash xarajatlari amaldagi 
byudjet tasnifining ―Sog‗liqni saqlash‖ bo‗limi bo‗yicha muassasalar va 
tadbirlarning quyidagi guruhlariga ko‗ra rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi
1
:

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish