235
II.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
IV. Boshqa xarajatlar
Smetalarni tuzishda xarajatlarning katta guruhini tashkil qiluvchi ish haqi
xarajatlarini rejalashtirish alohida o‗rin egallaydi. Ish haqi xarajatlarini
rejalashtirishda
Shtatlar jadvali
asos bo‗lib xizmat qiladi. Shtatlar jadvalini tuzish
sogliqni saqlash muassasasi xodimlari sonini aniqlashdan boshlanadi. Xodimlar
soni muassasaning turi va quvvatiga ko‗ra tibbiyot muassasalari namunaviy
shtatlari asosida aniqlanadi. Xodimlar soni aniqlangach, har bir ishlovchining
mehnatiga haq to‗lash yillik miqdoridan tashkil topgan muassasaning mehnat haqi
fondi aniqlanadi.
Davlatga qarashli bo‗lgan tibbiyot va farmasevtika muassasalarida tibbiy
xodimlar ish haqini hisoblash va to‗lash tartiblari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan
―O‗zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari
mehnatiga haq to‗lash tartibi va shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖
1
bilan belgilab berilgan.
Ushbu Nizomga muvofiq, mehnatga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimi joriy
etiladigan davlat muassasalarining quyidagi 4 guruhi aniqlangan bo‗lib, xodimlarning
lavozim okladlari (bazaviy tarif stavkalari) ular ishlaydigan muassasaning qaysi
guruhga kiritilganligiga qarab tuzatuvchi koeffitsientlarni qollagan holda oshiriladi.
Bular:
I.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati
xizmati va boshqa muassasalar.
II.
Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar.
III.
Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar.
IV.
Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari,
OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari.
Yuqoridagi bobda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqlarining
bazaviy tarif stavkalari (lavozim okladlari) 22 ta razryaddan va har bir razyrad
uchun o‗rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat bo‗lgan Yagona Tarif
Setkasi asosida aniqlanishi, ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to‗lashning
tarmoq setkasi qo‗llanilishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan edi. Mehnatga
haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat sog‗liqni saqlash
muassasalarida hozirgi kunda 11 ta razryad va har bir razryadga to‗g‗ri keluvchi tarif
koeffitsientlaridan iborat bo‗lgan quyidagi tarmoq tarif setkasi qo‗llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: