A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Qora qandag‘och (Alnus glutinosa Gaertn.)



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Qora qandag‘och (Alnus glutinosa Gaertn.) 
bo ‘yi 30 m ga 
yetadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q-qo‘n g ‘ir rangda, katta 
yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Shox-shabbasi tuxumsimon. Yosh novdasi 
yelimli, silliq, ba’zan qirrali va tukli. Kurtagining b o ‘yi 8 mm, yelimli, 
bandchali. Barglari yumaloq yoki teskari tuxumsimon, uchki tomoni 
to‘mtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirab turadi, 
mallarang so‘gallari bor.
Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir 
vaqtda gullaydi, mevasi kuzda-oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3-5 
tadan zich bo‘lib, uzun bandchalarda joylashadi. Y ong‘oqchasi mayda, 
qo‘ng‘ir-qizil rangda bo‘ladi. Urug‘ tayyorlash uchun uning qubbalari 
ochilib ketmasdan - oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yig‘ib olish 
zarur. Urug‘i tez unib chiqadi. U to‘nkasidan k o ‘karadi va ildizidan 
bachkilaydi, 130 yilgacha yashaydi. MDH ning shimoliy hududlarida, 
G ‘arbiy Sibirda, janubiy dasht mintaqasida daryo q irg ‘oqlarida o‘sadi. 
Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada ham 
o ‘sadi.
Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi o'sadi. U 
daryo sohillarida o ‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, 
soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda katta ahamiyatga ega. 
Po‘stlog‘ida oshlovchi va b o ‘yoq moddalar bor. Barglaridan meditsinada 
ishlatiladigan dori olinadi. Uni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish 
tavsiya etiladi.
GRAB (CARPINUS) TURKUMI
Bu turkumga po‘stlog‘i silliq, kulrang tusli, shox-shabbasi siqiq, 
serbarg, kurtaklari o‘tkir uchli daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, oval 
shaklida, cheti mayda va yirik tishchali, patsimon tomirli. Gullari ayrim 
jinsli, bir uyli o‘simlik. Changchi gullari kuchala hosil qiladi, bo‘yi 25- 
38 mm, kuchalasi kuzda barg qo‘ltig‘ida hosil bo'ladi. Bahorda gullash 
davrida kuchalaning poyasi cho‘zilib, kuchala osilib turadi. Urug‘chi 
gullarining kuchalasi novdaning uchida, barg yozilishi bilan bir vaqtda 
rivojlanadi. Bo‘yi 15-21 mm. U rug‘chi gullari mayda b o ‘lib, tez to‘kilib 
ketadigan gulyon bargcha q o ‘ltig‘ida ikkitadan joylashadi. Mevasi 
yetilishiga yaqin tugunchasining tubida uch bo‘lakli bargsimon o‘rama 
hosil bo‘ladi.
Mevasi bir uyali, bir urug‘li, yong‘oqchadan iborat bo‘lib, bir 
tomonga egik, bo‘yiga chiziqli. Yong‘oqchasi bargsimon o ‘ramaning


tubida joylashadi. Kuzda mevasi yetilgach, kuchala bilan birga to ‘kiladi 
yoki 
daraxtda qish bo‘yi saqlanadi. Qishda asta-sekin qorga 
to‘kilaveradi. U rug‘ida endosperma y o ‘q. Bular sekin o‘sadigan daraxt. 
0 ‘q va yon ildizlar chiqaradi, ildizi yerga chuqur kirib boradi. 
To‘nkasidan k o ‘karadi. Ildizidan bachkilaydi va parxish yo‘li bilan 
ko‘payadi.
Yog‘ochi o g ‘ir, qattiq, oq-qo‘n g ‘ir yoki sarg‘ish rangda, undan turli 
yog‘och asboblar tayyorlanadi, jumladan, vint, teshik gildirak, pona, 
hamda turli asboblarga dasta ishlanadi, duradgorlik ishlarida foyda­
laniladi.
Turkumning 20 ta turi b o iib , ular mo'tadil iqlimli mintaqaning 
shimoliy hududlarida tarqalgan. MDH da 4 ta turi uchraydi. Ulardan eng 
ko‘p tarqalganlari -

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish