qiladi. O‟z-o‟zini anglash besh tarkibdan iborat bo‟lib, u o‟ta murakkab jarayon
hisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas.
Chunki insonda o‟zining hayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor
ko‟nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda
ma‟naviyat ko‟rsatkichlarini oqilona baholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid
va o‟z-o‟zini tanqid, baholash va o‟z-o‟zini baholash, tekshirish va o‟z-o‟zini
tekshirish, nazorat qilish va o‟z-o‟zini
nazorat qilish, boshqarish va o‟z-o‟zini
boshqarish, takomillashtirish va o‟z-o‟zini takomillashtirish, rivojlantirish va o‟z-
o‟zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va
ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni
ta‟minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi.
Inson o‟z-o‟zini anglash jarayonida ko‟pincha reallikdan boshlaydi, hozirgi
va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma‟lum
mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa
kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o‟zining nimalarga qodirligi yuzasidan
mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning
ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash,
unga o‟zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo‟lg‟usi “Men” iga aniqlik kiritadi
va faollik mexanizmiga aylantiradi.
O‟z-o‟zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o‟tmishini tahlil qiladi,
undagi qusurli va ibratli jihatlarni o‟zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu
borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotdan u o‟ziga ideal bo‟luvchi
shaxsni tanlaydi
va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko‟rinishlarni,
ko‟rsatkichlarni o‟zida mujassamlashtira boradi. SHaxs o‟z-o‟zini anglash
davomida dinamik harakatsiz hech bir narsani ro‟yobga chiqara olmasligiga iqror
bo‟ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga
oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat
qilish, boshqarish natijasida dinamik “Men” shakllana boshlaydi. O‟z-o‟zini
anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma‟naviy dunyosiga aylansa,
demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan
dalolatdir.
O‟z-o‟zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt,
muddat talab qiladi, shuning uchun o‟quvchilar, talabalar va respublikamizning
boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‟tkazish orqali ko‟zlangan
maqsadga erishish mumkin.
XXI asr
odamlari komillikni egallovchi, ya‟ni komil insonlikka intiluvchi
shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo‟lib,
unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik
singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o‟z ifodasini topadi. Komillikning
o‟ziga xos bosqichlari, ob‟ektiv va sub‟ektiv xususiyatli shart-sharoitlari, omillari
mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o‟z iqtidori, iste‟dodi, salohiyati,
qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o‟z
zamondoshlaridan sezilarli
darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o‟ta (super) ongli, biosfera va neosfera
munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).
Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki
buning ham ob‟ektiv, ham sub‟ektiv omillari, shart-sharoitlari mavjuddir. Xuddi
shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho‟qqisiga
erishib bo‟lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni
yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g‟oyalarini aks ettiruvchi
kishilarning timsoli sifatida hayot va faoliyatda o‟z-o‟zini nazorat qilish, o‟z-o‟zini
baholash, o‟z-o‟ziga buyruq berish, o‟z-o‟zini ifodalay olish, o‟z-o‟zini
kamol
toptirish, o‟z-o‟zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo‟lmoqlari lozim, bu esa o‟z
navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisi bilan almashish, shuningdek, mustaqillik
va uning ne‟matlari respublikamiz fuqarolarida tub o‟zgarishlarni vujudga
keltirishga muhim zamin hozirlashda davom etadi. Milliy tuyg‟u, milliy qiyofa,
milliy xarakter, milliy ta‟b, milliy kuy va raqs, milliy ma‟naviyat, qadriyat ta‟siri
ostida o‟zining tub mohiyatini aks ettira boshlaydi. Lekin bu imkoniyatdan to‟la
foydalanish uchun barcha xalq yetarli darajada tayyor emas, chunki har bir shaxs
ruhiyatida ehtiyoj bilan imkoniyat o‟rtasida muayyan qarama-qarshiliklar hukm
suradi. Har bir inson o‟zining birdaniga tenglik alomatini qo‟yib bo‟lmaydi, chunki
shaxslar orasida tafovutlar mavjud bo‟lganligi tufayli “sun‟iy” likka yo‟l qo‟yish
odatdan tashqari holatdir.
O‟tmishning boy merosi, uning ijtimoiy-tarixiy an‟analari, rasm-rusumlari,
marosimlari milliy istiqlol tufayli o‟z egalariga qaytarilishiga qaramay, xalq uning
hukmdoriga aylanishiga ruhiy jihatdan tayyor emasdir. Fuqarolarning ijtimoiy ongi
asta-sekin o‟zgarib borishi natijasida ulardagi etnopsixologik xususiyatlar tiklana
boshlaydi, milliylik, umumbashariylik xislatlari o‟rtasida
adolatlilik, teng
huquqlilik aloqalari o‟rnatila boradi. Baynalmilalchilik milliylik, milliy birlik
xususiyatlari bilan uyg‟unlashishda davom etsa, millatlararo munosabat o‟zaro
tushunuv, o‟zaro yaqinlik, o‟zaro moslik negiziga quriladi.
XXI asrda shaxsni shakllantirishda, axloq-odob qoidalarini ijtimoiy
turmushda qaror toptirishda din, shu jumladan islom ham o‟zining ijobiy ta‟sirini
o‟tkazishda davom etadi. Diniy bilimlarning mohiyatiga tushunuvchilar safi
kengayadi, ularga rioya qiluvchilar, itoatgo‟ylar ko‟lami ortadi, uning atributlarini
qabul qiluvchilar miqdori ko‟payadi. Qur‟oni Karim, Hadislar ta‟siri shaxsni
shakllantirishda muhim vositaga va harakatlantiruvchi kuchga aylanadi, iymon
faollik tushunchasidan harakat, xulq regulyatori vazifasini bajarishga o‟sib o‟tadi,
insonlar o‟rtasida poklik, rostgo‟ylik,
samimiylik, hamdardlik, o‟zaro yordam
tuyg‟ulari, nisbiy tenglikni keltirib chiqarishga xizmat qiladi. SHaxslararo
munosabatda tenglik, jinsiy tafovutni odil baholash, haqchillik kabi umuminsoniy
xususiyatlarni tarkib toptirishda diniy adabiyotlarning roli yanada ortadi, tobora
ommaviylashaveradi. Lekin din bilan fanning bir-biriga qarama-qarshi qo‟yish
vaziyatga barham berish ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning kafolati hisoblanadi, bunga
ajdodlarimiz (Ibn Sino, Al Forobiy, Beruniy, Ulug‟bek va boshqalar) tajribasi
yorqin misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: