O‟quvchining xulq-atvorini yaxlit holda qarab chiqqan va uning psixologiyasini
tahlil etgan holda uning barqaror mayllarini aniqlash lozim. Faqat shunday qilgan
taqdirda o‟spirinning muayyan hatti-harakatni tasodifan
yoki qonuniy tarzda
qilgani haqida xulosa chiqarish, uning takrorlanish ehtimolini oldindan ko‟ra
bilish, shaxsning hislatlaridan biri paydo bo‟lishining oldini olish va
boshqalarining rivojlanishini rag‟batlantirish mumkin bo‟ladi.
SHaxsning yo‟naltirilganligida anglangan motnvlar asosiy rolь o‟ynaydi. Kishi
ehtiyoj ob‟ektini maqsad deb anglagan holda o‟zining shaxsiy maqsadlarini o‟zi
kirgan jamoaning maqsadlari bilan bog‟laydi va o‟z maqsadlarini tegishli ravishda
o‟zgartiradi, mazmunga tuzatishlar kiritadi,
yoxud jamoaning, jamiyatning
maqsadlariga mos kelmay qolgan taqdirda ularni niqoblaydi.
Kishi faoliyatining natijasini hayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning
o‟zigina emas, balkn ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob‟ektda ro‟yobga
chiqishining realligi ham anglanilgan bo‟lsa, bu hol shaxsning istiqboli deb
qaraladi. Istiqbollari kishi uchun shaxsiy istiqbol hisoblanadigan
jamoa qanchalik
ulkan bo‟lsa, kishi ham shunchalik go‟zal va ulug‟vor bo‟ladi». Jamoa bilan va shu
asnoda alohida har bir o‟quvchi bilan ish olib boradigan edag‟gning vazifasi
shunga ko‟ra mavjud istiqbollardan foydalanish va ularni asta-sekin yanada
qimmatliroqlari bilan almashtirish yo‟li bilan yangi istiqbollar yaratishdan iborat
bo‟ladi.
Bu kishi maqsadiga erishish yo‟lida real tarzda bartaraf etib bo‟lmaydi, deb
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‟sqinliklarga, go‟vlarga duch
kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning hulq-atvorida va
uning o‟zini anglashida turli xil o‟zgarishlarga olib keladi.
Ijtimoiy xulqni tashkillash va boshqarishda uning
alohida shaxsda individual
namoyon bo‟lishi va guruhda ko„chilik xulq-atvorida namoyon bo‟lish jihatlarining
o„ziga xosligini inobatga olish lozim. Ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo„lgan
odamlar faoliyatini tashkillashda jamiyatning o„ziga xos qadriyatlari, normalari
mehnatga va bir-biriga munosabatini hisobga olish kerak.
Psixoiogiyada ijtimoiy xulqni tashkil etishda ikki bosqichni inobatga olish
tavsiya etiladi: Vaziyatli va shaxsiy. Bu har bir
xatti-harakatning bevosita
shaxsning motivatsiyasidan kelib chiqish yoki real vaziyat mahsuli ekanligini tahlil
qilishni nazarda tutadi.
Shaxs, uning dunyoni bilish, o‟zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish,
tushunishi va o‟zaro munosabatlar jarayonida o‟zidagi takrorlanmas
individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga
bog‟liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda
yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya‟ni,
u tug‟ilgan onidan boshlab o‟ziga o‟xshash insonlar kurshovida bo‟ladi va uning
butun ruxiy potentsiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‟ladi.
Chunki agar
insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e‟tibor beradigan bo‟lsak, hali gapirmay
turib, odam bolasi o‟ziga o‟xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina
ijtimoiy muloqotning barcha ko‟rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‟rnimiz, uning qachon va
qanday sharoitlarda paydo bo‟lgani, jamiyatga qo‟shilib yashashimizning