121
ketadi, nafas olishi tezlashadi, taxikardiya kuzatiladi. Yo‘qotilgan qon
hajmini aniqlash kiyin. Buning uchun qonning tarkibiy qismlarini aniqlash
zarur.
Tashqi gemorragiyada katta magistral qon tomirlar devorining butunligini,
qonning rangini, oqish tezligini tekshirish kerak. Yurakka yaqin venalardan qon
oqayotganda gemga qarab yurak va nafas fazalarini sezish mumkin. Nafas
olishda toraksning so‘rish faoliyati hisobiga venalardan qon oqishi kamayadi,
nafas chiqarganda u ko‘payadi. Gemorragiya o‘pka ventilyasiyasi
tezligi bilan
sinxron bo‘ladi. Servikal venalarning shikastlanishi juda katta xavf tug‘diradi.
Bunda aeratsiya hisobiga bo‘lgan salbiy bosim tashqi muhitdan havo kirishiga
olib keladi. Bosh miya, yurak tomirlarida havo emboliyasi kuzatilishi mumkin.
Kapillyar qon ketishi mayda arterial va vena tomirlari shikastlanganda
vujudga keladi. Uning rangi, tezligi, miqdori arterial va venoz gemorragiyalardan
farqlanadi va nisbatan juda ko‘p bo‘lmaydi. Ammo shikastlangan maydon katta
bo‘lsa, yo‘qotilgan qonning miqdori klinik ahamiyatga ega. Kapillyar qon
ketishda butun to‘qimadan qon ketadi.
Gemorragiyada markaziy vena bosimini (MVB)
aniqlash kerak, normada bu
bosim 35-100 mm suv ust teng. MVB kamayishi yurak kameralariga kam qon
oqib kelishidan dalolat beradi.
Ichki qon ketishining klinik belgilari har-xil bo‘ladi. Bu holatlar shikastlangan
organ va bo‘shliqlarga bog‘liq. Ba’zi hollarda ketayotgan qonning miqdori ko‘p
bo‘lmasa ham xavf-xatar katta bo‘lishi mumkin. Masalan, miyaga oz qon
quyilganda hayot faoliyatini boshqaruvchi markazlar qisilib qolib, o‘lim
kuzatilishi mumkin. Perikardga quyilgan qon yurakni kisib qo‘yib, uning
harakatini kamaytiradi.
Natijada, yurak tamponadasi rivojlanadi. Me’da osti
beziga qon quyilishi tripsinni aktivlashtirib, gemorragik pankreatit keltirib
chiqaradi. Ichki qon ketishning klinik belgilari umumiy va mahalliy
simptomlardan iborat. Umumiy simptomlarga: rangparlik, bosh aylanishi, hushdan
ketish, taxikardiya, qon bosimining pasayishi kiradi. Mahalliy simptomlar
quyidagilardan iborat: parenximatoz a’zolarning
yorilishida gemoperitoneum,
122
gemotoraks, qorinda og‘riq, qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari, qorin oldi
devorining taranglashuvi, qorin yon sohalarida perkutor to‘mtoqligi, gemotoraksda
– nafas siqishi, perkutor tovushning to‘mtoqligi, ovoz qaltirashining susayishi,
nafas shovqinlarining pasayishi. Ichki qon ketish sababini lokalizatsiyasini doim
aniqlab bo‘lavermaydi. Masalan,
najasda qon aralashganda, me’da-ichak
yo‘llarining barcha qismidan qon ketishi mumkin. Urnada qon paydo bo‘lsa,
xastalik belgilari buyrakda, siydik pufagi va yo‘llarida bo‘lishi mumkin.
Og‘izdan qon ketganda o‘pka va nafas olish a’zolarining yuqori qismlari,
halqum, qizilo‘ngach, me’da, o‘n ikki barmoq ichak kasalliklari bo‘lishi
mumkin. Gemorragiyani diagnostikasida qonning rangi, oqish tezligi ham
ahamiyatlidir. O‘pkadan qon ketayotganda, uning rangi qip-qizil, ko‘pirgan havo
zarrachalari bo‘ladi. Qayt qilgandagi «
Do'stlaringiz bilan baham: