Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Qon ketishda ishlatiladigan atamalar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Qon ketishda ishlatiladigan atamalar: 
Petechia
– teriga chegaralangan 
qon quyilishi; 
purpura
– shilliq qavatga chegaralangan qon quyilishi; 
ecchymosis
– 
teriga yoki shilliq qavatga katta hajmdagi qon quyilishi; 
sugillatio, suffusion
– teri 
osti yog‘ qavatiga yuza, chegaralangan qon quyilishi; 
vibices
– teriga momotaloq 
qontalash; 
haematoma
– katta hajmdagi, chegaralangan qon to‘planishi; 
epistaxis
– 
burundan qon ketish; 
gastrorragia
– me’dadan qon ketish; 
enterorragia
– ichakdan 
qon ketish; 
haemoptoe, haemoptysis
–yo‘talganda qon tupurish; 
haematomesis
– 
qon qusish; 
haemoturia
- qon aralash siydik; 
menorragia, nypermenorroea
– hayz 
davrida me’yordan ortiq sharillab oqish - sharshara; 
metrorragia
– bachadondan 
qon ketish; 
encephalorragia
– miyaga qon quyilishi; 
haemopericardium

perikard bo‘shlig‘iga qon ketish; 
haemothorax
– plevra bo‘shlig‘iga qon quyilishi; 
haemoperitoneum 
– qorin bo‘shlig‘iga qon quyilishi; 
haemotometra
– bachadonga 
qon quyilishi; 
haemotocele
– tuxumdonning bo‘shlig‘iga qon quyilishi; 
haemophthalmia
– ko‘z olmasiga qon quyilishi; 
melaena – 
me’da ichak tizimidan 
najas aralash qon ketish; 
haemorroe
– orqa chiqaruv teshigidan qon ketish. 
Qon tana massasining 1/13 qismini tashkil qilib, uning shundan 4/5 qismi 
sirkulyasiyada qatnashadi. Sirkulyasiyadagi qonning umumiy hajmi arterial qon 
bosimini saqlab turishda muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, qon shaklli 
elementlar va plazmadan tashkil topgan bo‘lib, eritrotsitlarning umumiy hajmi, 


110 
ya’ni gematokrit ko‘rsatkichi erkaklarda o‘rta hisob bilan 47%, ayollarda 42% 
tashkil qiladi. 
Qon ketishi mexanik shikastlarning ko‘p uchraydigan asoratlaridan va 
favqulotdagi vaziyat o‘choqlarida o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘ladi. 
Harbiy dala sharoitida qon ketishini erta tashxislash va vaqtida ko‘rsatilgan 
birinchi yordam orqali jabrlanuvchilarning hayoti saqlanib qolishi mumkin. 
Qon ketishning sabablari 3 ta: hemorragia per rexis – tomirlarning yorilishi; 
hemorragia per diapedesis – tomirlar devori o‘tkazuvchanligining oshishi, 
eritrotsitlarning 
chiqishi; 
leykotsitlar 
chiqsa 
– leykodiapedez deyiladi 
(yallig‘lanishda); postkapillyar, venulalarda migratsiyalanish amalga oshadi. 
Organizmda bor leykotsitlar og‘irligi 1300g tashkil qiladi; hemorragia per 
diabrosis – tomirlarning erroziyalanishi, emirilishi. 
Qon ketishida qon tomirlari devorlarining shikastlanishi, yoki biror patologik 
jarayon oqibatida emirilishi, yoki o‘tkazuvchanligining oshib ketishi sababiga 
ko‘ra ulardan qon oqishini tushunamiz. 
Qon ketishi, kelib chiqishiga qarab, ikki turga bo‘linadi: 1) shikastlanish 
(travmatik) turi, u tashqi kuchning ta’sirida (operatsiyada ham) kuzatiladi; 2) 
tomir devorlarining zararlanishi (patologik jarayon hisobiga ko‘ra) – xavfli 
o‘smalar, nurlanish, devorlar o‘tkazuvchanligining oshishi, yallig‘lanish, qon 
bosimining ko‘tarilib ketishi va qon biotarkibining (gipokoagulyasiya, tomir ichida 
disseminirlangan ivish sindromi). Qon oqishining sababi polietiologik ham 
bo‘lishi mumkin. Masalan, zahm kasalligida tomir devorining kengayishi 
(anevrizma), qon bosimining ko‘tarilishi natijasida uni yorilib ketishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Sepsis va xolemiya holatlarida qon ketishi murakkab 
jarayonni keltirib chiqaradi. Gemorragiyaning mexanizmiga qarab quyidagi 
turlari kuzatiladi: eroziya, yorilish ta’sirida, tomir devori emirilishi. Qonning 
ekstravazatsiyasiga, to‘qimalarga tarqalishiga, miqdoriga qarab quyidagi guruhlar 
bo‘ladi: gematoma (to‘qimalarda qonning to‘planishi), qon ketishi (tomir 
devorlaridan tashqariga qon chiqishiga yoki biror to‘qimaga, tana a’zosiga, uning 
ichiga to‘planishi), qon quyilishi (to‘qimalarga qon shaklli elementlarining 


111 
yig‘ilishi, singishi). Gemorragiya xirurgiyadan tashqari boshqa sohalarda ham 
uchraydi. Terapiya va nevrologiyada – gipertenziya natijasida miyaga qon 
quyilib, falaj (plegiya) kuzatilishi, ginekologiyada – bachadondan qon oqishi, 
oftalmologiyada – ko‘zga qon quyilishi va h. k. Bu vaziyatni harbiy dala 
sharoitida ham hamshiralar unutmasligi lozim. 
Qon ketish sindromida tomirlarni yorilishi to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. 
Qon ketganda organizm juda ko‘p kerakli hujayralarni (qon shaklli elementlari, 
eritrotsitlar, trombotsitlar, leykotsitlar), biologik suyuqliklarni (plazma, limfa va h. 
k.), bioximik moddalalarni yo‘qotadi: oqsillar, uglevodlar, vitaminlar, 
mikroelementlar. Natijada, 
inson organizmida termodinamik 
qonunlarga 
asoslangan holda energetik jarayon keskin kamayishi mumkin. Agar inson 
aylanayotgan qon hajmini 1/3 qismini yo‘qotsa yoki ketgan qon hajmi bundan ham 
kamroq bo‘lib qisqa vaqt ichida gemorragiya kuzatilsa va organizmga hech kanday 
tibbiy muolajalar bilan yordam ko‘rsatilmasa, jarayon oxirida shifokor bemorni 
o‘limga mahkum etadi. 
Hozirgi kunda qon ketishda hamshiralik ishi juda katta ahamiyatga ega. Bu 
zamon talabi. XX asr oxirlari va XXI asr boshlarida insoniyat iqtisodiy va siyosiy, 
ekologik, ma’naviy inqirozlarga, energetik krizisga, globalizatsiyaga, lokal 
urushlarga, yadroviy qurol ko‘payishi va uni siyosiy jarayonlarda qo‘llanish xavfi 
borligiga, ayrim kasalliklar ko‘payishiga, bakteriologik va virusologik qurol 
davlatlararo munosabatlarda qo‘llanish xavfi mumkinligiga, suv va oziq-ovqat 
tanqisligiga, ocharchilikga, terrorizm va ekstrimizmlarga, tabiiy ofatlarga 
uchramoqda. Bu sharoitda ayrim xastaliklarni etiopatogenezini, klinik manzarasini, 
diagnostikasini, yordam ko‘rsatish va davolash prinsiplarini hamshiralik 
jarayonidagi o‘rnini talabalar juda yaxshi bilmog‘i kerak. Qon ketishi bundan 
mustasno emas. Ayniqsa, harbiy dala sharoitida, davolash-evakuatsion etaplarda 
qon ketishida o‘tkaziladigan muolajalar, choralar hamshiralardagi bilim va 
ko‘nikmalariga juda bog‘liq.
Urushda qon ketish yaradorlar o‘limiga sabab bo‘ladi. M.F. Glaznov (1953 
y.) bo‘yicha
 
ikkinchi jahon urushida jang maydonida qon ketishdan o‘lganlar 


112 
hamma o‘lgan yaradorlarning yarmini tashkil qilgan. Jang maydonida qon 
ketishdan o‘lganlarning 1/3 qismi qo‘l-oyoqlarning, 3/5 - qorin va ko‘krak 
bo‘shlig‘i, 1/33 - boshqa soha tomirlari jarohatiga to‘g‘ri keladi (V.I. Struchkov). 
Shunday qilib, qon ketishning muammosi juda aktual. Hamshira jarohat 
asoratidan o‘lim oqibatlarini pasayishini, jang yoki tabiiy ofatlar kuzatilgan 
maydonlarda yaradorga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam, hamda vrachlik, 
malakali yordamni tibbiy ko‘chirish bosqichlarini tashkil qilinishini juda yaxshi 
bilishi kerak. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish