Venoz –
qon bir xilda sekin
urib turmaydigan oqim bilan ketadi.
Oqim rangi to‘q (qizil) rangda. Jarohatdan yuqoridagi tomirlar bosilsa qon ketish
kuchayadi.
Parenximatoz -
parenximatoz a’zolarda (50-rasm) qon tomirlari biriktiruvchi
to‘qima stromasi bilan uzviy aloqada, shuning uchun kesilganda ular ochilib qoladi
va qon ketishi ko‘p va to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi.
Qon va atmosfera bosimlari gemorragiyaga ta’sir qiladilar. Masalan,
gipertoniya holatlari, gipertonik kriz, qattiq yo‘talish, zo‘riqish, ko‘krak qafasi
birdaniga qisilganda. Uning belgilari ko‘z va boshqa shilliq qavatlarda qon
quyilishi bilan vujudga keladi. Vena qon tomirlarda bosimning ko‘tarilishi
gemorroidal vena tomirlarida (bavosilda) yoki kengaygan oyoq vena tomirlarida
gemorragiyani kuchaytirishi mumkin. Atmosfera bosimining pasayib ketishi
burun, quloq, bronx va bo‘g‘imlarda qon oqishiga olib keladi. Harbiy dala
sharoitida ham barotravmalar hisobiga qon ketish sindromi juda ko‘p uchrab
turadi.
117
49-rasm. Parenximatoz gemorragiya:
1–jigar, 2–jigar jarohati, 3 – xoledox,
4 –
o‘t pufagi, 5 – o‘n ikki barmoqli ichak,
6 – me’da, 7 – parenximadan ketayotgan
qon.
50-rasm. Kovak a’zodan qon ketish.
Qon ketishini to‘xtatishda qon ivish xususiyatining ahamiyati.
Qon o‘z faoliyatini bajarishi uchun oquvchanlikka ega. Bu xususiyat avtomatik
tarzda qonning agregat holatini boshqarish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.
Sog‘lom odamlarda qonning oquvchanligi maksimal holda. Bu esa qon aylanishini
118
optimal holatda bo‘lishiga yordam beradi. Turli xil jarohatlarda qon yo‘qotishni
oldini olish uchun qon ivishi va shu bilan oquvchanligi kamayishi zarur. Bu holat
gemostaz tushunchasi bilan ifodalanadi (qon harakatining to‘xtashi). Gemostaz –
bu organizmning himoya-moslashuv reaksiyasi bo‘lib, gomeostazning tarkibiy
qismi hisoblanadi. U o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, unda qon ivish va ivishiga
qarshi tizim, hamda fibrinolitik tizimlarning bir qator fizik, kimyoviy, biologik
omillari ishtirok etadi. Gemostaz 3 ta biologik tizimlarning o‘zaro ta’sirlariga
bog‘liq: tomir tashqari, tomir ichi va tomir tizimlari. Gemostazning tomirdan
tashqari mexanizmi to‘qima elastikligiga (teri, mushak, biriktiruvchi to‘qima)
asoslangan bo‘lib, u tomir diametrining torayishiga olib keladi. Klinikada bu
gemostaz siquvchi bog‘lam orqali keltirib chiqariladi. Gemostazning tomir
mexanizmi tomirlarning reflektor qisqarishi va uning xususiyatlariga, ta’sir
qiluvchi kimyoviy moddalarga bog‘liq.
Tomir intimasi fibrin parda bilan, prostatsiklin, antitrombin-3, fibrinoliz
aktivatori sekretsiyasi, geparin sekretsiya qilib, hamda zaryadlangan shaklli
elementlarning zaryadlangan intimadan qochishi orqali qon ivishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Tomirlar jarohatlanganida ular serotonin, katexolamin, xolinesterazani
ishlab
chiqarishadi,
buning
natijasida
tomirlarning
torayishi
kuzatiladi
(vazokonstriksiya). Shu bilan birga jarohatlangan tomirlarda trombotsitar tromb
hosil bo‘ladi (tomirlarni berkituvchi to‘siq). Bu jarayon quyidagi ketma-ketlikda
boradi: jarohatlangan tomirning «+» zaryadlanishi, «-» zaryadlangan trombotsitlar
adgeziyasi va ularning agregatsiyasi, fibrinning hosil bo‘lishi, trombotsitar to‘siq,
qon laxtasi hosil bo‘lishi. Qon ivish jarayonida to‘qima va shaklli elementlarning
alohida moddalari (omillar) ishtirok etadi. Qon ivishining asosi fibrin hosil
bo‘lishidan iborat. Qon ivishi tizimi murakkab fermentativ jarayon bo‘lib, to‘rtta
fazadan iborat: 1) protrombinaza, 2) trombin, 3) fibrin hosil bo‘lishlari; 4) laxta
retraksiyasi.
Shuningdek, qon ivishi jarayoni quyidagilarga bo‘linadi: profaza (tomirdan
tashqari) – tomir-trombotsitar gemostaz; postfaza - fibrinoliz – qon laxtasining
antifibrinolitik tizim ishtirokida parchalanishi.
119
Sog‘lom insonda antikoagulyantlar qon ivishini oldini oladi (antitrombin-3).
Tibbiyotda bevosita ta’sir qiluvchi (natriy sitrat) va vositali ta’sirga ega
(antikoagulyantlarning aktivligini so‘ndiruvchi) antikoagulyantlar qo‘llaniladi.
Qonning suyuq holati, ivish tizimi, fibrinoliz va antifibrinoliz jarayonlari lokal va
neyrogumoral mexanizmlar bilan boshqariladi. Ular hali to‘liq va mukammal
o‘rganilmagan. Gemostaz – fiziologik, biokimyoviy, biofizik jarayonlarning
yig‘indisi bo‘lib, organizmning qon yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan murakkab
biologik himoya reaksiyasidir. Qonning ivish tizimi - qonni ivishini ta’minlovchi
omillarni sintezlovchi, utilizatsiya qiluvchi a’zo va to‘qimalarning yig‘indisi.
Qon ivishi omillari: hujayra, plazma, to‘qima.
Plazma omillari:
I. Fibrinogen
II. Protrombin
III. To‘qima tromboplastini
IV. Sa
2+
V. Globulin-akselerator
VI. Omil
VII. Prokonvertin
VIII. Antigemofil globulin (AGG- A)
IX. Kristmas omili (AGG-V)
X. Styuart-Prauer omili
XI. Plazma tromboplastinining o‘tmishdoshi (AGG-S)
XII. Xageman omili yoki kontaktlovchi omil
XIII. Fibrin-stabillovchi omil yoki fibrinaza
XIV. Fletcher omili (prokallikrein)
XV. Fitsjerald omili (kininogen)
Organizmda qon ivishi bilan qon ivishiga qarshi tizim bo‘ladi. Bu qon
ivishini oldini oluvchi moddalar (antikoagulyantlar) ishlab chiqaruvchi,
sintezlovchi va utilizatsiya qiluvchi a’zolar va to‘qimalar tizimi.
U 2 sistemaga bo‘linadi. Qon ivishiga qarshi tizim (Kudryashov bo‘yicha):
120
1. Gumoral tabiatli, doimiy faoliyatda;
2. Nerv mexanizmlari asosida ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |