Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

QUTURISh
Quturish – o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasi 
qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, keyinchalik esa paralichi va o‘lim yuz berishi bilan 
xarakterlanadi. Kasallik butun er shari bo‘ylab tarqalgan. Kasallikning asosiy 
manbalari kuchuklar (odamlarda 95% holatlarda quturish kuchuk tishlashi bilan 
bog‘liq). Quturish deyarli barcha hollarda o‘lim bilan tugaydi va odam uchun juda 
xavfli hisoblanadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra (Rossiya, 2006) dunyoda har 
yili 50.000 odam quturish kasalligidan o‘lar ekan. Hayvonlarning quturishi 
qadimdan ma’lum bo‘lib, Demokrit, Aristotel va boshqalar o‘z qo‘l yozmalarida 
bu haqda to‘xtalib o‘tishgan. L.Paster o‘z tadqiqotlari natijasida kasallikning 
qo‘zg‘atuvchisi markaziy nerv sistemasiga intilishini asoslab bergan. 1887 yili 
rumin olimi V.Babesh, 1903 yili esa italyan vrachi A.Negri quturishdan 
o‘lganlarning miyasidan o‘lchamlari 1 dan 27 mkm gacha bo‘lgan kiritmalarni 
(vklyucheniya) topishgan. Bu Babesh-Negri tanachalarining tabiati aniq emas
lekin ularning aniqlanishi muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Etiopatogenezi.
 
Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslar guruhiga mansub. U 
ko‘pchilik issiqqonli hayvonlar uchun patogen bo‘lib, bemor kasallik klinik 
belgilari boshlanishidan 7-8 kun oldin so‘lagi bilan virus chiqara boshlaydi. 
Shikastlangan teri orqali kirgandan keyin virus nerv stvollari orqali bosh miyaga 
etib boradi va unda shish, qon quyilishi va nerv hujayralarining degeneratsiyasini 
chaqiradi (112-rasm).


275 
112-rasm. Qutirish virusi kirish yo‘li. 
Virus so‘lak bezlariga tushadi va so‘lak orqali tashqi muhitga ajraladi. 
Quturish maxsus (spetsifik) ensefalitga o‘xshab kechadi. Bir necha oydan bir 
yilgacha cho‘ziluvchi inkubatsion davrdan (ko‘pincha 20-90 kun) keyin 
boshlanadi. Inkubatsion davrning davomiyligi infitsirlanish dozasiga va 
jarohatning joylashuviga (miyaga uzoq yoki yaqinligiga) bog‘liq.
Klinik ko‘rinishi:
inkubatsion davrdan keyin kasallikning prodromal davri 
(davomiyligi 1-3 kun), bu vaqtda esa kuzatiladi: tishlangan joy shishadi,
tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda nevralgiya, umumiy madorsizlik, tana 
haroratining oshganligi, uyquning buzilishi. Keyin esa kasallikning avj olish 
bosqichi boshlanadi: suvdan qo‘rqish, tamoq va hiqildoq mushaklarining og‘riqli 
qisqarishlari, ba’zan suv ichishga harakat qilganida nafasning to‘xtashi, 
keyinchalik esa oqayotgan suvni ko‘rganda yoki ovozini eshitganda, yoki suv 
haqida gapirganda mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha soniya davom etadi va 
so‘nadi. Shu jumladan psixomotor qo‘zg‘alish xurujlari kuzatiladi: bemorlar 
agressiv bo‘lib qoladilar, baqiradi, mebellarni sindirib odamga xos bo‘lmagan 
kuchlar ishlatadi.


276 
Diagnostikasi.
 
Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon so‘lagining 
shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri 
bu suvdan qo‘rqish, suv yoki ovqatlarni ko‘rganda yutish mushaklarining spazmi 
yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning 
bir ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab bo‘ladi – aerofobiya. So‘lak 
oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan bo‘lib, so‘lagi og‘iz 
burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiklash talab 
qilinmaydi.
Davolash.
 
Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni qutqarib 
bo‘lmaydi. Davolashning samarali usullari yo‘qligi bemorlar hayotini qutqarish 
muammosini tug‘diradi. Bemorlar ahvolini engillashtirish uchun simptomatik 
muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni qorong‘i va tinch palatalarga 
joylashtiriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarini to‘xtatish uchun sedativ vositalar 
buyuriladi, tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar yordamida bartaraf qilinadi. 
Nafas buzilishlarini trexeotomiya va sun’iy nafas olish apparatiga ulash bilan 
bartaraf qilinadi.
Profilaktikasi.
 
Kuchuklarda quturishni yo‘qotish maqsadida daydi kuchuklar 
yo‘qotiladi. Kasal yoki gumonli kuchuk tishlagan odamlar jarohati tezlik bilan 
qaynatilgan iliq 20% li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki 
yodning spirtli damlamasi bilan ishlov beriladi. Iloji boricha tezroq vaksinatsiya 
o‘tkazilishi zarur. Bunda antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jarohat 
devorlariga va atrof to‘qimalarga yuboriladi. Shuni bilish kerakki emlash kuchuk 
tishlaganidan keyin 14 kun ichida va qat’iyan emlash qoidalari bilan qilinsagina 
samarali bo‘ladi, bu muddatdan keyin esa emlashning xojati qolmaydi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish