Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Suyak-bo‘g‘im sili 
Suyak-bo‘g‘im 
silining epidemiologiyasi oxirgi paytlarda ancha 
o‘zgarishlarga uchradi. Oldingi davrlarda suyak-bo‘g‘im sili bilan ko‘pincha 
bolalar og‘rigan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib bu kasallik keksa yoshli odamlarda 
ko‘proq uchramoqda. Qariya yoshli bemorlarda suyak-bo‘g‘im sili boshqa sil 
kasalliklarining 72-75% tashkil qilmoqda. Suyak-bo‘g‘im sili asosan ko‘krak va 
bel umurtqalarini zararlaydi. Suyak-bo‘g‘im sili ichida sil spondiliti 40% tashkil 
qiladi. 20 % hollarda chanoq son bo‘g‘imi sili, 15% hollarda esa tizza bo‘g‘imi sili 


267 
uchraydi. Yassi suyaklar (qorvurg‘alar, to‘sh suyagi, kalla suyagi) sili, kaft va 
barmoq suyaklari sili, elka va boldir panja bo‘g‘imi sili esa nisbatan kam uchraydi. 
Suyak-bo‘g‘im sili har-xil turlarining rivojlanishiga shikastlanishlar va 
infeksiyaning virulentligi ta’sir ko‘rsatadi, ammo organizmning himoya kuchlari 
asosiy o‘rinni egallaydi. Agarda himoya kuchlari birdaniga susaysa (masalan 
yuqumli kasalliklardan keyin), unda jarayon faollashishi mumkin. Suyak-bo‘g‘im 
sili spetsifik osteomielit rivojlanishi bilan kechadi va bemorlarning yuqori darajada 
sensibilizatsiyalanishi va allergizatsiyalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Jarayon dastlab 
naysimon suyaklarning metafizi va epifizini qamrab olib to‘qimalarning kazeoz 
parchalanishi kuzatiladi. Suyaklarda eriyotgan qandni eslatuvchi, saqlovchi uncha 
katta bo‘lmagan bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Atrof to‘qimalarda esa reaktiv 
yallig‘lanish rivojlanadi. 
Sil osteomielitida umurtqa suyaklarining g‘ovaksimon moddasi nekrozga uchraydi 
va to‘qimalarning kazeoz parchalanishi kuzatiladi. Nekroz sohasida sovuq abssess 
kelib chiqadi. Patologik jarayonga ko‘pincha umurtqa tanalarining oldingi qismi 
jalb bo‘ladi va suyakning zararlangan qismi pastki umurtqa tomon ezilib borishi 
natijasida umurtqa pog‘onasi deformatsiyaga uchrab – bukr paydo bo‘ladi. 
Umurtqa pog‘onasining deformatsiyasi ponasimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Sovuq abssess birlamchi o‘choqdan ancha uzoqqacha tarqalishi, bel va yonbosh 
mushaklar bo‘ylab, hatto chov sohasidan o‘tib, son sohasigacha tushishi mumkin. 
Qopsimon granulema deyiluvchi sovuq abssessda – bir vaqtning o‘zida 
biriktiruvchi to‘qima va uning bo‘shliqlarida ham yallig‘lanish jarayoni kuzatiladi.
Suyak-bo‘g‘im silining quyidagi shakllari tafovut qilinadi (109-rasm):
birlamchi 
ostit preartritik, ikkilamchi artrit artritik shakli (bunda jarayon bo‘g‘im bo‘shlig‘iga 
o‘tishi mumkin). Bo‘g‘im sili birlamchi ostitga o‘xshab boshlanadi, ammo bunda 
jarayonga bo‘g‘im atrofidagi suyakning g‘ovaksimon qatlami ham jalb bo‘ladi.
Bo‘g‘im silining
quyidagi shakllari tafovut qilinadi: sinovial, fungoz, suyak. 
Sinovial turi.
 
Kasallikning bu turi bo‘g‘im sinovial pardalaridan ekssudatning ko‘p 
ajralishi bilan kechadi. Ekssudat to‘la to‘kis so‘rilib ketishi yoki oyoqlarda 
harakatning cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 


268 
109-rasm. Suyak va bo‘g‘im sili joylashadigan sohalar. 
 
Fungoz turi. 
Produktiv yallig‘lanish jarayonlari ustun bo‘lganida kelib chiqadi. 
Granulyasion to‘qima bo‘g‘im bo‘shlig‘ini to‘la to‘ldiradi va bo‘g‘im kapsulasi va 
atrof to‘qamalarga o‘sib kiradi. Natijada bo‘g‘im o‘lchamlari yaqqol kattalashadi, 
teri esa yupqalashib, oqish tusga kiradi va “oq o‘sma” kelib chiqadi. Granulyasion 
to‘qima suyakka ham o‘sishi mumkin; suyaklar chekkalarining bir biriga 
yaqinlashuvi natijasida bo‘g‘im bo‘shlig‘i torayadi.
Suyak turi. 
Bo‘g‘im silining bu turi bo‘g‘imning reaktiv yallig‘lanishi zaminida 
birlamchi ostit ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni ko‘pincha 
infiltrativ tus oladi bo‘g‘imlar kontrakturasi, patologik chiqishlar (vыvixi) 
chaqiradi va ikkilamchi infeksiya rivojlanishi mumkin. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish