Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Klinik manzarasi.
 
Suyak-bo‘g‘im sili asta sekinlik bilan boshlanadi. Uzoq 
vaqt o‘tganidan keyin mahalliy belgilar paydo bo‘lishi mumkin: og‘riqlar, oyoq 
qo‘llarda harakatlarning cheklanganligi va deformatsiya, gavda ko‘rinishining 
buzilishi, mushaklarning atrofiyasi. 
Jarayonning tarqalishi quyidagi omillarga bog‘liq:
jarayonning 
lokalizatsiyasiga, organizmning reaktivligiga, bemorlarning yoshiga. Og‘riqlar 
nerv tomirlarini toksik ta’sirlanishidan yoki ularning yallig‘lanish infiltrati bosimi 
ta’siridan kelib chiqadi. Og‘riqlar doimiy yoki ko‘chib yuruvchi tusda bo‘lib, oyoq 


269 
qo‘llarga jismoniy zo‘riqishning ortishidan kuchayadi. Ba’zan og‘riqlarning yirik 
nerv tolalari bo‘ylab reflektor tarqalishi kuzatiladi. Bunda og‘riqlar patologik 
o‘choqdan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin. Masalan, patologik jarayon chanoq son 
bo‘g‘imida bo‘lsa, son va yopqich nervlarining ta’sirlanishidan og‘riqlar tizza 
bo‘g‘imi sohasida kuzatilishi mumkin. Pastki umurtqalarning ostitida qorinning 
oldingi yuzasi va son sohasida aniq bo‘lmagan og‘riqlar kuzatiladi. Tungi og‘riqlar 
kuzatilishi mumkin. Oyoq qo‘llar harakatining chegaralanishi bo‘g‘im silining 
boshlang‘ich bosqichidayoq kuzatiladi. Bemorlar oyoq qo‘llarini og‘riq 
chaqirmaydigan holatida ushlab, avaylashga harakat qilishadi. Masalan, ko‘krak 
yoki bel spondiliti bo‘lgan bemor polda yotgan predmetni olish uchun oldiniga 
o‘tiradi va undan keyingina predmetni oladi. Oyoq qo‘llarning majburiy holati 
bo‘g‘imlarning turg‘un kontrakturalariga sabab bo‘ladi.
Oyoq qo‘llar harakatining uzoq vaqt chegaralanishi natijasida nerv trofikasi 
buzilishi va avj olib boruvchi mushaklar atrofiyasi kelib chiqadi. Mushaklar 
atrofiyasi bilan birga teri va teri osti to‘qimalari sklerozi va oyoq qo‘llar shishi 
kelib chiqadi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi sog‘lom tomonga nisbatan har 
doim qalinlashgan bo‘ladi – Aleksadrov simptomi. Teri burmalarining qalinlashuvi 
patologik jarayonning qaerda joylashganligiga qaramasdan oyoq qo‘llarning 
barcha uzunligi bo‘ylab tarqaladi. Bo‘g‘imlar konturlarining o‘zgarishi, oyoq 
qo‘llarning deformatsiyaga uchrashi esa kech bosqichlarida paydo bo‘ladi. Yuzaki 
joylashgan bo‘g‘imlarda suyuqliklar to‘planishini osongina payqash mumkin, 
flyuktuatsiya aniqlanadi, tizza bo‘g‘imi sohasida esa tizza qopqog‘i yirinlashi 
aniqlanadi. Noaniq bo‘lgan holatlarda bo‘g‘im bo‘shlig‘i punksiya qilib ko‘riladi. 
Ko‘pincha bo‘g‘imlar urchuqsimon qalinlashgan bo‘lib, ustidagi terisi 
yupqalashgan va oqish rang bo‘ladi. Suyuq yiring, kazeoz parchalanish 
maxsulotlari, ba’zan esa suyaklari ajralib turadigan oqma yaralar paydo bo‘ladi. 
Oqma yara teshigi oqish sust granulyasiya bilan qoplangan bo‘ladi. Ba’zan ko‘plab 
oqmalar ikkilamchi infeksiya rivojlanishi mukinligi tufayli muayyan bir xavf 
tug‘diradi. Sovuq abssesslar chov sohasida, ba’zan esa son sohasida shish va 
bo‘rtish paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi, flyuktuatsiya rivojlanadi. Hosila 


270 
ustida teri odatdagi rangda va harorati o‘zgarmagan. Punksiya qilinganida yiring 
chiqadi. Bakteriologik tekshiruvda sil tayoqchalari topiladi; biologik usul esa 
dengiz cho‘chqalariga yiring suspenziyasini in’eksion usulda kirtishdan iborat 
bo‘lib, 6 haftadan keyin sil disseminatsiyasi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan hosila 
ustidagi teri yallig‘lanadi, ko‘p miqdorda yiring ajraluvchi oqma yaralar paydo 
bo‘ladi.
Kasallikning boshlang‘ich boqichida umumiy simptomatika sust ifodalangan 
bo‘ladi. Tana harorati subfebril, sekinlik bilan kuchayuvchi holsizlik, anemiya 
kuzatiladi. Yiringli asoratlar yoki ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilishi bemorlar 
ahvolining yomonlashuviga, tana haroratining keskin oshishiga, kuchli og‘riqlar 
paydo bo‘lishiga, leykotsiitoz va EChT ning oshishiga olib keladi.
Suyak-bo‘g‘im silining asoratlari
: parenximatoz a’zolar amiloidozi, 
silning miliar turlari rivojlanishi. 
Kech postartritich bosqichida: 
umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlarining deformatsiyasi 
(110-rasm), oyoq qo‘llarning kaltalanishi, gavdaning o‘zgarishi, patologik 
sinishlar, chiqishlar. 
Sil spondilitida jarayon orqa miyaga o‘tib parez va paralichlar rivojlanishi 
mumkin.
Diagnostikasi.
 
Tashxis qo‘yish uchun rentgenologik tekshiruv usuli asosiy o‘rinni 
egallaydi. Suyaklarning qayta tomogrammalari va yo‘naltirilgan rentgen suratlari 
qilinadi.
110-rasm. Sil spondilitidagi umurtqalar destruksiyasi. 
 


271 
Differensial diagnoz. 
Suyak-bo‘g‘im silini quyidagi kasalliklardan farqlab olish 
zarur: o‘tkir osti va birlamchi nospetsifik surunkali osteomielitlardan, suyak va 
bo‘g‘imlar zaxmidan, suyak o‘smalaridan, infeksion artritlardan (gonoreyali, tifli, 
skarlatinali, postgrippoz), posttravmatik, revmatik va endokrin artritlaridan.
Davolash.
 
Davo muolajalari mahalliy va umumiy turlarga bo‘linadi. Suyak-
bo‘g‘im sili ixtisoslashgan silga qarshi kasalxonalarda, sanatoriya va 
dispanserlarda 
davolanadi. 
Umumiy 
davo:
organizmning 
himoya 
va 
immunobiologik xususiyatlarini ko‘tarish, regenerativ jarayonlarni faollashtirish, 
etarlicha ovqatlantirish, davo badan tarbiyasi, klimatoterapiya (toza havo va 
quyosh radiatsiyasi), antibakterial terapiya. 
Suyak-bo‘g‘im silini davolashda ishlatiladigan antibakterial vositalar: kanamitsin, 
PASK (paraaminobenzoy kislotasi), ftivazid, rifadin, etambutol, streptomitsin, 
tubazid, izoniazid.
Mahalliy konservativ davo:
suyak va bo‘g‘imlarni engillashtirish, oyoq qo‘llarni 
immobilizatsiyasi (gipsli bog‘lamlar va krovatlar), fizioterapevtik muolajalar. 
Mahalliy operativ davo:
abssessni punksiyalash (111-rasm), ochish, bo‘g‘imlarni 
rezeksiya, suyak va bo‘g‘imlarni amputatsiya, plastika qilish, korrigirlovchi 
osteotomiya, umurtqa pog‘onasini fiksatsiyalash, bo‘g‘imdan tashqari artrodez 
qilish.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish