Keltirib chiqaradigan omillar.
Bu qorin ichida bosimni oshiradigan
omillardir, chunonchi: og’ir jismoniy mehnat, tug’ruqning qiyin o’tishi, juda og’ir
yuklarni ko’tarish yoki og’ir narsani tutib turish uchun ko’p kuch sarflab zo’riqish
shular jumlasiga kiradi. Churraning shu taxlitda hosil bo’lishiga «zo’riqishdan
bo’ladigan churra» deyiladi.
Qorin devori muskullari sustlashganda va yetishmovchiligida churralar asta-
sekin va bemor uchun sezilarsiz, biror jismoniy kuch ishlatmay va zo’riqmay hosil
bo’lishi ham mumkin. Ularni «holsizlikdan paydo bo’ladigan churra» deyiladi
(masalan, umurtqa pog’onasi, orqa miya va nervlar shikastlangandan keyin
to’qimalar trofikasi pasayganda, tez oriqlab ketishda).
Churralar kelib chiqishida ahamiyatli bo’lgan boshqa omillardan musiqa
asboblarini chalgandagi zo’riqish, emfizema va o’pka sili, ko’kyo’taldagi yo’talish,
qabziyat va uretra strikturasidagi, prostata bezi adenomasida buzilishlar, takroriy
va qiyin tug’ruqlar, assit va boshqalarni eslatib o’tish mumkin.
Churralarning hosil bo’lish mexanizmi ularning kelib chiqishiga bog’liq xolda
(tug’ma yoki orttirilgan) xar xil bo’ladi.
Tug’ma churrada churra darvozalari va churra xaltachasi avval shakllanadi,
so’ngra jismoniy zo’riqish natijasida ichki organlar churra xaltachasiga kiradi.
Orttirilgan churralarda esa qorin ichidagi bosim oshganda ichki opranlar qorin
292
devori qatlamlarini surib, pariyetal qorin pardasini cho’zib yuboradi va churra
xaltachasi shakllanadi.
QORIN ChURRALARINI ANIQLASh SIMPTOMLARI.
Simptomlari bo’yicha asoratlanmagan churralar (to’g’rilanadigan, joyiga
solinadigan), xronik asoratlangan (to’g’rilanmaydigan) va o’tkir asoratlangan
churralarn farq qilish lozim.
Asoratlanmagan tashqi churralar sub’yektiv turli-tuman namoyon bo’ladi.
Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan
simillagan qattiq, og’riqdan noliydilar, og’riq, masalan, to’sh osti soxasini
boshlang’ich chov churrasida — moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga
beriladi. Og’riq jismoniy zo’riqishda, og’ir yuk ko’tarishda, vertikal vaziyatda
kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig’ildon
Q
aynashi, ko’ngil aynishi,
ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi.
Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi.
Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob’yektiv belgilari:
a) churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish
b) churra ichidagini qorin bo’shlig’iga kiritishga bog’liq bo’lgan shish
ko’rinishi va xajmining tez va ocon o’zgaruvchanligi;
v) qorin bo’shlig’iga kiritilgan joyda qorin devorining bo’rtib chiqish nuqsoni
— «churra darvozasi» borligi
g) «yo’tal turtkisi» fenomeni borligi.
To’g’rilashdan keyin, ehtimol, paypaslash yordamida churra darvozasi va
kanalining ko’rinishini, o’lchamlarini ularning atrofidagi to’qimalar sifatini, churra
darvozasining churra pardasi va churra xaltachasi bilan o’zaro munosabatini,
suriluvchanligini, bitishmalarini aniqlash mumkin:
— churrada ichak qovuzlog’i borligi bo’rtma yuzasining silliqligi va
elastik yumshoq konsistensiyasidan, peristal’tikaning teri orqali bilinishidan,
perkussiyada timpanit paydo bo’lishidan aniqlanadi;
293
— churrada ko’p ichak qismi borligi (ayniqsa sirpanuvchan churra
ko’rinishida) paypaslashdan tashqari, yo’g’on ichakni rentgenografiya qilishda
aniqlanadi;
— churradagi qovuq, devorini (sirpanuvchan churra) dizuriya
borligidan va qovuqni sistoskopiya yoki rentgenografiya qilish yordamida
(sergozin) aniqlashga muvaffaq, bo’linadi;
— churrada ayol ichki organlari borligini ba’zan hayz ko’rish davrida
bo’rtmaning shishib chiqishidan bilsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |