Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
NEKROZLAR VA GANGRENALAR
To‘qimalarning mahalliy o‘lishi nekroz deyiladi. Gangrena – bu nekrozning bir 
turi bo‘lib, to‘qimalarning yiringli parchalanishi, qon pigmentlari bilan tuyinishi va 
shuning natijasida to‘qimalar rangining qorayishi bilan kechadi.


277 
Nekrozning quyidagi sabablari mavjud:
to‘qimalarning bevosita parchalanishi, qon 
aylanishining kamayishi natijasida to‘qimalar oziqlanishining buzilishi, modda 
almashinuvi kasalliklari, nerv tizimining zararlanishi. 
To‘qimalarning bevosita parchalanish sabablari:
mexanik (ezilish, yirtilish, 
jarohatlar), 
termik 
(kuyishlar 
va 
sovuq 
urishlari), 
elektrik, 
kimyoviy 
(konsentratsiyalashgan kislotalar, ishqorlar va boshqa moddalar, a’zolarning 
sekretlari), toksik, ayniqsa mikroblar toksinlari (gazli gangrena), nur energiyasi 
(rentgen nurlari bilan kuyishlar va radioaktiv kuyishlar). 
To‘qimalar oziqlanishi buzilishining sabablari:
o‘tkir yurak etishmovchiligi, 
moddalar bo‘lakchalari bilan (ko‘pincha) va gazlar bilan (ba’zan) emboliya, qon 
tomirlarning uzoq vaqt torayishi yoki obliteratsiyasi (Reyno kasalligi, 
obliteratsiyalovchi endarteriitlar), tomirlarning uzilishi yoki siqilib qolishi, 
magistral qon tomirlarning shikastlanishi, ichaklarning siqilishi, qon ivishi va 
reologik xususiyatlarining buzilishi, qon tomir intimasi strukturasining buzilishi 
(arteriya va venalar trombozi), nekroz va gangrenalar modda almashinuv 
kasalliklarida (qandli diabet, singa), markaziy nerv tizimi kasalliklari (o‘smalar, 
neyrosifilis, siringomieliya va boshqalar), markaziy nerv tizimi va periferik nervlar 
(uzilish va siqilishlari) shikastlarida ham kuzatiladi. 
Nekroz va gangrenalarning (113-rasm) 
rivojlanishi va kechishiga ta’sir qiluvchi 
omillar
: shikastlangan a’zolarning anatomo-fiziologik xususiyatlari, infeksiyalar va 
intoksikatsiyalar – chekish, alkogol, tashqi muhitning noqulay omillari (uzoq vaqt 
sovuq qotish). 
Organizmning anatomo-fiziologik xususiyatlari umumiy yoki mahalliy bo‘lishi 
mumkin. Organizmning umumiy anatomo-fiziologik xususiyatlari: organizmning 
reaktivligi, nerv tizimining turi, anemiya, yurak etishmovchiligi, modda 
almashinuvi kasalliklari, gipovitaminozlar. 


278 
113-rasm. Nekroz va gangrenalar. 
Organizmning mahalliy anatomo-fiziologik xususiyatlari: qon tomir tizimi 
tuzilishining magistral yoki tarqoq turdaligi, kollaterallarning holati, qon aylanishi 
buzilishining rivojlanish darajasi, tomirlarida patologik o‘zgarishlar bor yoki 
yo‘qligi (ateroskleroz, endarteriit). 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish