77
arab
yozuvi kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. O‗rxun-runik
yozuvi turkiy xalqlarning o‗z yozuvi sifatida e‘tirof etiladi.
Sobiq sho‗ro davrida boshqa sharq xalqlari bilan bir qatorda avval
lotin, keyinchalik esa rus grafikasiga asoslangan yozuvni qabul qilish
o‗zbek xalqi hayotida o‗ziga xos hodisa bo‗ldi.
Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda
Markaziy Osiyoning Eronga
yaqin hududida rasmiy yozuv sifatida klinopis, ya‘ni mix yozuvi
ishlatilar, ayrim joylarda esa xalqaro diplomatik muomalada oromiy
yozuvi qo‗llanilib, klinopisdan birmuncha oddiy va qulay edi. Turli
yodgorliklarda
qayd etilishicha, eramizdan oldingi III-I asrlarda
oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvi ham
ishlatilgan.
Hozirgi eramizdan boshlab so‗g‗d yozuvi qo‗llanila boshladi. Bu
yozuv taxminan VI asrgacha davom etdi. II asrning oxiri va III asrning
boshida Xorazm shohi chiqargan pullarda xorazm yozuvi uchraydi.
Bu yozuv Markaziy Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‗lib, u oromiy
yozuviga yaqin edi.
V–VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O‗rxun-Yenisey yozuvidan
keng foydalangan. Bu yozuv runik yozuv deb ham yuritiladi. Enisey
daryosi havzasidan topilgan O‗rxun
yozuvi yodgorliklari haqida
dastlab XVIII asrning boshida rus xizmatchisi Remezov xabar berdi.
Кeyinroq shved zobiti Iogann Stralenberg shu daryo havzasida
noma‘lum yozuvli tosh borligini qayd etadi. Bu haqda olim
Messershmidt ham o‗z asarlarida ma‘lumot berib o‗tadi. Ammo uzoq
vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o‗qishga, uning qaysi xalqqa
tegishli ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‗la olmadilar.
XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» («Sibir
axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari
haqidagi maqolasi bosildi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, u
ko‗plab mamlakatlarning olimlariga yetib bordi. Lekin turli mamlakat
olimlari uni turlicha talqin qila boshladilar.
1890-yilda Fin-Ugor ilmiy jamiyati O‗rxun
daryosiga arxeologik
ekspeditsiya uyushtirdi. 1891-yil esa Rossiya Fanlar akademiyasi
akademik V.V.Radlov boshchiligida O‗rxunga katta ekspeditsiya
yubordi. 1892-yilda bu ekspeditsiyaning ish natijalari ikkita atlas
holida nashr qilinib, ularda noma‘lum yozuv yodgorliklarining surati,
ular topilgan joylarning plani, xaritasi va boshqa ma‘lumotlar berilgan
edi. Yodgorliklarni birinchi bo‗lib daniyalik Vilgelm Tomsen o‗qishga
78
muvaffaq bo‗ldi. U o‗qishda turli alfavitlarga tayanmay,
ishni
harflarning o‗zaro nisbati va o‗xshashliklarini aniqlashdan boshladi.
Turkiy tillardagi ba‘zi bir tovushlarning qator kelish yoki kelmaslik
holatini aniqlab, uni yodgorlikka solishtirib ko‗rdi. Yodgorlik
yozuvini chapdan o‗ngga qarab emas, balki o‗ngdan chapga qarab
o‗qish kerakligini aniqladi. V.Tomsen birinchi bo‗lib
Do'stlaringiz bilan baham: