79
asarlar uyg‗ur yozuvida ko‗chirilgan. Hatto 1469-yilda tuzilgan Umar
Shayx yorlig‗i uyg‗urcha yozilgan.
Qadimgi uyg‗ur yozuvi bilan ish ko‗rish ayrim yozma adabiy
tillarga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazdi va sezilarli iz qoldirdi. Masalan,
qadimgi uyg‗ur tiliga xos bo‗lgan bir qancha morfologik, leksik,
fonetik unsurlarni mir Alisher Navoiy yashab, ijod etgan davrgacha
yaratilgan barcha yozma manbalarda uchratamiz.
VII–VIII asrlarda O‗rta Osiyo arablar
tomonidan bosib olingach
o‗zbek xalqi ham ―Qur‘on‖ tili sifatida arab yozuvi bilan ish ko‗ra
boshladi. Shuning uchun bu davrdan boshlab, o‗zbek olimlarining
deyarli barcha asarlari, asosan, arab alifbosida yozilgan.
Arab yozuvi o‗zbek tili xususiyatlariga ko‗p jihatdan muvofiq
kelmaydi. Arab alifbosi, yozilishi jihatidan murakkab bo‗lishi
bilan
birga, u o‗zbek tilining maxsus tovushlarini ifoda eta olmas edi. Arab
yozuvidan o‗zbek xalqi doimiy yozuv sifatida foydalana olmasligini
o‗z vaqtida anglab yetgan ayrim mutaxassislar munosabat bildirdilar,
amaliy faoliyatga o‗tdilar. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur
o‗zining «Xatti Bobur» yozuvini yaratdi, lekin bunday ilg‗or tadbirlar
o‗sha zamonda amalga oshmay, e‘tiborsiz qolib ketdi.
Arab yozuvi Oktabr to‗ntarishidan keyin ham bir necha yillar
davomida amalda bo‗ldi. Biroq arab yozuvi, ayniqsa,
madaniyatning
talablariga to‗la javob bera olmay qoldi. Xalqni tez orada yoppasiga
savodli qilish, ilmiy, badiiy, siyosiy adabiyotlarni ko‗plab chop etish,
gazeta, jurnallarni xalq orasiga tezda tarqatish ishiga to‗sqinlik qila
boshladi. Shuning uchun ham 1929-yildan boshlab jadid ziyolilarining
sa‘y-harakatlari bilan o‗zbek yozuvi lotinlashtirilgan alfavitga
ko‗chirildi. Bu hodisa o‗zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy va madaniy
hayotida tub burilish yasadi. Lotin yozuvi turkiy tillardagi tovushlar
xususiyatini, xususan, ularga xos
fonetik hodisalarni berishda,
umuman, o‗rganishda ham, o‗rgatishda ham arab yozuviga nisbatan
qator qulayliklarga ega edi. Xalqimiz lotin alfavitidan 1940-yilgacha
foydalandi. Sovetlarning 1940-yilda sobiq sho‗ro hududida yoppasiga
kirill alifbosiga o‗tish qarori qabul qilindi. O‗zbekistonda ham kirill
yozuvi joriy qilindi va rasman undan 1991-yilgacha foydalandik.
1993-yil O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi lotin alifbosini
milliy yozuv sifatida qabul qilishga va bu yozuvga o‗tishga qaror
qildi. Lotin alifbosi o‗zbek xalqi mustaqilligining
bir belgisi sifatida
namoyon bo‗ldi.