74
ish ko‗rilganda vaqtdan yutqaziladi.
Uchinchidan,
yozuv maxsus
vositasiz, ya‘ni yozuv asbobisiz amalga oshmaydi.
To„rtinchidan,
yozuv savodi yo‗q kishi uchun, shuningdek, tegishli sharoit bo‗lmagan
taqdirda (masalan, qorong‗ida) ahamiyatini yo‗qotadi. Bundan
tashqari, til jamiyatning barcha a‘zolariga baravar xizmat qilganidek,
jamiyat taraqqiyoti davomida o‗z shaklini keskin o‗zgartirmagan
holda o‗sib, mukammallashib boradi.
Yozuv esa, bir tomondan, tilga
nisbatan kam o‗zgaradi, ikkinchidan, u aloqa vositasining shartli
shakli sifatida o‗z tusini yangi ijtimoiy-siyosiy o‗zgarish yoki
jamiyatning talabiga muvofiq nisbatan
tezroq yoki butunlay
o‗zgartirishi ham mumkin. Qisqasi, yozuv ko‗p jihatdan tilga yaqin
bo‗lib, ba‘zi holda uning o‗rnini bosa olsa ham, lekin funksiyasi
jihatdan unga nisbatan ancha chegaralangan.
Yozuvning asosiy xususiyatidan yana biri uning grafik belgi
bo‗lib xizmat qilishi. Kishilk jamiyatida
yozuv uchun grafik belgi
qabul qilinganiga qadar kishilar har xil jonli va jonsiz predmetlardan
simvolik tarzda foydalanar edi. (Masalan, olov yoqib, toshlarni har xil
shaklda qo‗yib, daraxtlarni o‗yib va ularga belgi qo‗yib, qushlar yoki
itlar orqali xabarlashish va b.).
Yozuv o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmay, balki ma‘lum bir ehtiyoj va
zarurat asosida fikrni uzoq masofaga yetkazish talabi bilan yaratilgan.
Shu bilan birga, yozuvning tovush tilidan farqli o‗laroq o‗ziga xos
xarakterli belgilari bor.
Birinchidan, yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‗lolmaydi.
U asosiy aloqa vositasi bo‗lgan til uchun yordamchi hisoblanadi.
Shuning uchun ham yozuv jamiyat taraqqiyotining keyingi davrida
paydo bo‗lgan. Buning ustiga yozuv o‗tmishda jamiyat a‘zolarining
barchasiga emas, balki uning faqat bir qismigagina xizmat qilar edi.
Ikkinchidan, yozuvning asosiy vazifasi
nutqni uzoq masofaga
yetkazish va keyingi davrlarga o‗zgarishsiz qoldirish uchun xizmat
qilishdan iborat.
Uchinchidan, ko‗z bilan qabul qilinadigan grafik belgi yozuvning
asosiy quroli hisoblanadi.
Demak, yozuv ko‗z bilan ko‗radigan va kishilar o‗rtasida o‗ziga
xos aloqa vositasi bo‗lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi
bo‗lib, uning jamiyatda o‗ziga xos katta o‗rni va xizmati bor, ya‘ni
yozuv ma‘lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqani
yaxshilashda, yozma adabiyotni va yozma adabiy tilni yuzaga
75
keltirishda, ma‘lum bir davrda yaratilgan madaniy-adabiy yodgorlikni
keyingi davrga yetkazib berishda
nihoyat darajada muhim rol
o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: