GRAFIКA. IMLO
Tayanch tushunchalar
grafika, og„zaki nutq, yozma nutq, yozuv, klinopis, mix
yozuvi,oromiy, karoshta, so„g„d, xorazm yozuvi, runik yozuvi, O„rxun-
Yenisey, uyg„ur yozuvi, arab yozuvi, «Xatti Bobur», lotin, kirill, imlo,
fonetik tamoyil, morfologik tamoyil,tarixiy-an‟anaviy yozuv, farqlash
tamoyili, shakliy tamoyili
19-
§. Grafiкa
Grafika
grekcha
graphikos
so‗zidan olingan bo‗lib, tilshunoslikda
«yozuv» degan ma‘noni anglatadi. Grafika tilning fonetik-fonologik,
leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun
shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining
har biri grafik tilshunoslikda grafema deyiladi. Yozuvning tovush tili
bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi.
Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy
strukturaviy va funksional birligi sanaladi.
Tilshunoslikda yozuvning piktografik, ideografik va fonografik
kabi turlari o‗rganilgan.
O‗zbek yozuvi hozirgi holatga kelgunicha uzoq tarixiy yo‗lni
bosib o‗tgan.
Til va yozuvning o„zaro munosabati.
Yozuv ijtimoiy talab
asosida jamiyatning muayyan taraqqiyot davrida paydo bo‗lgan va
uning rivojlanishi bilan bog‗liq ravishda mukammallasha borgan. U
tildan keyin jamiyat tomonidan qo‗lga kiritilgan eng katta madaniy
yutuqlardan biri va tilning ifodasi sifatida jamiyatga xizmat qiladi.
Ba‘zi hollarda esa tilda bo‗lmagan imkoniyat yozuv orqali yuzaga
chiqadi. Masalan, yozuv tufayli kishilarning uzoq masofadan ham bir-
birlari bilan, hatto avlodlar bilan ham aloqa bog‗lash imkoniyati
mavjud.
Biroq yozuvning tilga nisbatan o‗ziga xos kamchiliklari ham bor.
Birinchidan,
u tilning to‗liq aksi emas, balki yozuvdagi shartli va
sun‘iy aksi. Shuning uchun ham tilning xizmat doirasiga zid ravishda
yozuvning xizmat doirasi chegaralangan.
Ikkinchidan,
yozuv orqali
74
ish ko‗rilganda vaqtdan yutqaziladi.
Uchinchidan,
yozuv maxsus
vositasiz, ya‘ni yozuv asbobisiz amalga oshmaydi.
To„rtinchidan,
yozuv savodi yo‗q kishi uchun, shuningdek, tegishli sharoit bo‗lmagan
taqdirda (masalan, qorong‗ida) ahamiyatini yo‗qotadi. Bundan
tashqari, til jamiyatning barcha a‘zolariga baravar xizmat qilganidek,
jamiyat taraqqiyoti davomida o‗z shaklini keskin o‗zgartirmagan
holda o‗sib, mukammallashib boradi. Yozuv esa, bir tomondan, tilga
nisbatan kam o‗zgaradi, ikkinchidan, u aloqa vositasining shartli
shakli sifatida o‗z tusini yangi ijtimoiy-siyosiy o‗zgarish yoki
jamiyatning talabiga muvofiq nisbatan tezroq yoki butunlay
o‗zgartirishi ham mumkin. Qisqasi, yozuv ko‗p jihatdan tilga yaqin
bo‗lib, ba‘zi holda uning o‗rnini bosa olsa ham, lekin funksiyasi
jihatdan unga nisbatan ancha chegaralangan.
Yozuvning asosiy xususiyatidan yana biri uning grafik belgi
bo‗lib xizmat qilishi. Kishilk jamiyatida yozuv uchun grafik belgi
qabul qilinganiga qadar kishilar har xil jonli va jonsiz predmetlardan
simvolik tarzda foydalanar edi. (Masalan, olov yoqib, toshlarni har xil
shaklda qo‗yib, daraxtlarni o‗yib va ularga belgi qo‗yib, qushlar yoki
itlar orqali xabarlashish va b.).
Yozuv o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmay, balki ma‘lum bir ehtiyoj va
zarurat asosida fikrni uzoq masofaga yetkazish talabi bilan yaratilgan.
Shu bilan birga, yozuvning tovush tilidan farqli o‗laroq o‗ziga xos
xarakterli belgilari bor.
Birinchidan, yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‗lolmaydi.
U asosiy aloqa vositasi bo‗lgan til uchun yordamchi hisoblanadi.
Shuning uchun ham yozuv jamiyat taraqqiyotining keyingi davrida
paydo bo‗lgan. Buning ustiga yozuv o‗tmishda jamiyat a‘zolarining
barchasiga emas, balki uning faqat bir qismigagina xizmat qilar edi.
Ikkinchidan, yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga
yetkazish va keyingi davrlarga o‗zgarishsiz qoldirish uchun xizmat
qilishdan iborat.
Uchinchidan, ko‗z bilan qabul qilinadigan grafik belgi yozuvning
asosiy quroli hisoblanadi.
Demak, yozuv ko‗z bilan ko‗radigan va kishilar o‗rtasida o‗ziga
xos aloqa vositasi bo‗lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi
bo‗lib, uning jamiyatda o‗ziga xos katta o‗rni va xizmati bor, ya‘ni
yozuv ma‘lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqani
yaxshilashda, yozma adabiyotni va yozma adabiy tilni yuzaga
75
keltirishda, ma‘lum bir davrda yaratilgan madaniy-adabiy yodgorlikni
keyingi davrga yetkazib berishda nihoyat darajada muhim rol
o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |