20-
§. Yozuvning tarixiy ahamiyati
Yozuvning kelib chiqishi hamda takomillashuvi jamiyat
taraqqiyoti va uning madaniy darajasi bilan bog‗liq. Yozuv
jamiyatning eng buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri, kishilik
jamiyatining intellektual salohiyatini yozuvsiz tasavvur
etib
bo‗lmaydi.
Xalqlarning qadimiy yozuvini o‗rganish juda katta nazariy va
amaliy ahamiyatga ega. Yozuvni o‗rganish va ilgarigi davrda
yaratilgan yozma yodgorlikni o‗qish qadimda amal qilgan tilning
leksik-grammatik xususiyatini, o‗sha yodgorlik egasi bo‗lgan xalqning
tarixiy urf-odati va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini
beradi.
Agar yozuv bo‗lmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan
yuksak madaniyat namunalari bizgacha yetib kelmagan bo‗lar edi.
Homer, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Firdavsiy, Nizomiy, Ulug‗bek,
Navoiy, Bobur, Pushkin kabi buyuk siymolarning ajoyib fikrlaridan
bahramand bo‗la olmas edik.
Jamiyatda kitob, gazeta, jurnal va umuman matbuotning ta‘lim-
tarbiyaviy ahamiyati yuksak darajaga ko‗tarila borayotgan hozirgi
paytda yozuvning, yozma nutqning roli ham o‗sib, ta‘sir doirasi
kengayib bormoqda.
21-
§. O„zbek yozuvi tarixidan qisqacha ma‟lumot
Stаtistik mа‘lumоtlаrgа ko‗rа, dunyoda tахminаn 5621tа til vа
shеvа mаvjud bo‗lib, hоzirgаchа ulаrdаn 500 tаsiginа o‗rgаnilgаn,
хоlоs. Hаr uch tildаn bittаsining yozuvi bo‗lmаy, ularning aksariyati
fаqаt оg‗zаki nutq shаkligа egа. Dunyo tillаridаn fаqаt 40tаsiginа
оg‗zаki vа yozmа jihаtdаn mukаmmаl shаkllаngаn dеb hisоblаnаdi.
Faxrlansak arziydiki, o‗shа 40ta tilning оrаsidа o‗zbеk tili hаm bоr.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‗zbek xalqi ham qadimdan
turli yozuvlardan foydalanib kelgan. O‗zbek yozuvlari tarixida amalda
ishlatib kelingan asosiy yozuv sistemasini fonografik, ya‘ni tovush
yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‗zbek xalqi Markaziy
Osiyoning boshqa xalqlari singari
oromiy, yunon, karoshta, sug„d,
xorazm, qo„shan, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg„ur,
77
arab
yozuvi kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. O‗rxun-runik
yozuvi turkiy xalqlarning o‗z yozuvi sifatida e‘tirof etiladi.
Sobiq sho‗ro davrida boshqa sharq xalqlari bilan bir qatorda avval
lotin, keyinchalik esa rus grafikasiga asoslangan yozuvni qabul qilish
o‗zbek xalqi hayotida o‗ziga xos hodisa bo‗ldi.
Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga
yaqin hududida rasmiy yozuv sifatida klinopis, ya‘ni mix yozuvi
ishlatilar, ayrim joylarda esa xalqaro diplomatik muomalada oromiy
yozuvi qo‗llanilib, klinopisdan birmuncha oddiy va qulay edi. Turli
yodgorliklarda qayd etilishicha, eramizdan oldingi III-I asrlarda
oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvi ham
ishlatilgan.
Hozirgi eramizdan boshlab so‗g‗d yozuvi qo‗llanila boshladi. Bu
yozuv taxminan VI asrgacha davom etdi. II asrning oxiri va III asrning
boshida Xorazm shohi chiqargan pullarda xorazm yozuvi uchraydi.
Bu yozuv Markaziy Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‗lib, u oromiy
yozuviga yaqin edi.
V–VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O‗rxun-Yenisey yozuvidan
keng foydalangan. Bu yozuv runik yozuv deb ham yuritiladi. Enisey
daryosi havzasidan topilgan O‗rxun yozuvi yodgorliklari haqida
dastlab XVIII asrning boshida rus xizmatchisi Remezov xabar berdi.
Кeyinroq shved zobiti Iogann Stralenberg shu daryo havzasida
noma‘lum yozuvli tosh borligini qayd etadi. Bu haqda olim
Messershmidt ham o‗z asarlarida ma‘lumot berib o‗tadi. Ammo uzoq
vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o‗qishga, uning qaysi xalqqa
tegishli ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‗la olmadilar.
XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» («Sibir
axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari
haqidagi maqolasi bosildi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, u
ko‗plab mamlakatlarning olimlariga yetib bordi. Lekin turli mamlakat
olimlari uni turlicha talqin qila boshladilar.
1890-yilda Fin-Ugor ilmiy jamiyati O‗rxun daryosiga arxeologik
ekspeditsiya uyushtirdi. 1891-yil esa Rossiya Fanlar akademiyasi
akademik V.V.Radlov boshchiligida O‗rxunga katta ekspeditsiya
yubordi. 1892-yilda bu ekspeditsiyaning ish natijalari ikkita atlas
holida nashr qilinib, ularda noma‘lum yozuv yodgorliklarining surati,
ular topilgan joylarning plani, xaritasi va boshqa ma‘lumotlar berilgan
edi. Yodgorliklarni birinchi bo‗lib daniyalik Vilgelm Tomsen o‗qishga
78
muvaffaq bo‗ldi. U o‗qishda turli alfavitlarga tayanmay, ishni
harflarning o‗zaro nisbati va o‗xshashliklarini aniqlashdan boshladi.
Turkiy tillardagi ba‘zi bir tovushlarning qator kelish yoki kelmaslik
holatini aniqlab, uni yodgorlikka solishtirib ko‗rdi. Yodgorlik
yozuvini chapdan o‗ngga qarab emas, balki o‗ngdan chapga qarab
o‗qish kerakligini aniqladi. V.Tomsen birinchi bo‗lib
Do'stlaringiz bilan baham: |