30
tog`ida sеl bo`lib bir ikki soatda har qaysisi 3000—4000 m
3
shag`al-va loyqani
chiqarib tashlagan. 1969 yili huddi shunday hodisa
Chirchiq daryosi va uning
irmoqlarida may oyida bo`lib o`tgan. Oqsoqota irmog`ida 2 soat davom etgan sel
o`zan usti terrasasidagi ekin maydonlarini, tegirmonlarni oqizib ketgan. Shu qisqa
vaqt ichida bir necha yuz tup mevali daraxt va ming m
3
shag`al Chirchiq daryosiga
quyilgan.
Sel yotqiziqlari odatda tog` etaklariga yoyilib prolyuviy yotqizig`ini hosil
qiladi. Yonbag`irlardagi elyuviy, delyuviylar yog`in suviga to`yingandan so`ng
harakatga kelgan mahsulotlarni pastga oqizib tushadi. Sel faqat gil va katta-katta
toshlarnigina emas, balki ildizi bo`shroq daraxtlarni ham oqizib ketadi. O`rta
Osiyodagi tog`larning etaklarida hosil bo`lgan prolyuvial yotqiziqlar vaqtincha
o`zanli oqar suvlar mahsulidir. Sel halokatli jarayonlardan bo`lib, xalq xo`jaligiga
katta zarar keltiradi. Selga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Eng foydali
tadbirlardan biri tog` yonbag`irlarida daraxtzorlar tashkil etish va selning tezligini
kamaytiradigan sun’iy g`ovlar qurishdan iborat.
Toshkent yaqinidagi Oqtosh
daraxtzorlari va Samarqand janubidagi Omonqo`ton yaqinidagi ihotazorlar bunga
misoldir. Yonbag`irlarga daraxtlar ekilishi bilan Oqtosh vodiysida yuz berishi
mumkin bo`lgan xavfning oldi olindi.
Karst
hodisasi (
Bu nom Bolqon yarim orolidagi
Dinara togʻligining
shimoli-gʻarbiy chekkasidagi ohaktoshli Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari
(ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan
hodisa. Karst hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. km
2
ga
yaqin
maydonni egallaydi. Karstning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bo`lishi
shart. Karst yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. Karstlar ochiq va
yopiq turlarga bulinadi. Karstlanuvchi togʻ jinslari yer ustida yotsa, Karstning karr,
voronka, quduq, gʻorlar kabi shakllari ochiq (yalangʻoch) karst deyiladi. Bunday
karstlar Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning
baʼzi joylarida bor. Karstlanuvchi togʻ jinslarining usti qum va boshqa jinslar bilan
qoplangan boʻlsa, yopiq karst deyiladi. Karst Gʻarbiy Yevropa, Amerika,
Avstraliyada,
Qrim yarim orolda, Kavkazda, Sharqiy Yevropa tekisligining
31
ko`pgina qismida, Sibir va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Karst tarqalgan joylarda
yer usti suvlari juda kam. Yogʻinlarning hammasi karstga yoki togʻ jinslaridagi
yoriqlarga singib ketadi. Karstlanuvchi togʻ jinslariga singigan suv vodiylarda yer
yuziga buloq shaklida chiqadi. Bunday buloqlar Oʻzbekiston hududida (Nurota,
Tomdi, Zarafshon, Chatqol, Turkiston togʻlari etaklarida) keng tarqalgan boʻlib,
aholini suv bilan taʼminlashda ahamiyatli. Karst tarqalgan
joylarda gidrotexnik
inshoot, koʻp qavatli imorat, temir yoʻl qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot
(Norak, Chorvoq va b. GES) lar, binolar, yullar qurishdan oldin Karst hodisasi
sinchiklab oʻrganiladi. Karst turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha
qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda togʻ jinslari mustahkamligini boʻshashtiradi,
shaxtalarni suv bosib ketadi) tugʻdiradi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: