Turkiy xalqlar yashaydigan bepoyon hududlarni bosib olish Rossiya podshohlarining azaliy orzusi bo‘lib, bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy zamonidan boshlangan edi



Download 19,92 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi19,92 Kb.
#56046
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)


Turkiy xalqlar yashaydigan bepoyon hududlarni bosib olish Rossiya podshohlarining azaliy orzusi bo‘lib, bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy zamonidan boshlangan edi. U Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581–1590) xonliklarini bosib oladi va endi o‘zbek xon liklari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga kirishadi. Shu maq sad da, 1558–1559-yillarda Antoni Jenkinson boshliq elchilarni Buxo roga yuborilib, josuslik ma’lumotlari to‘plangani tarixdan ma’lum. Rossiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xon liklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o‘rganadi. 1864-yil may oyida Qo‘qon xonligi hududiga sharq tomondan polkovnik Chernyayev qo‘mondonligidagi Rossiya qo‘ shinlari, g‘arbdan polkovnik Verevkin qo‘shinlari bostirib kirdi. Ular tomonidan Qo‘qon xonligining muhim va tayanch shaharlari Avliyoota, So‘zoq, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchilar 1864-yil 14-iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada, Qo‘qon xoni Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini to‘p lab, Chimkent atrofida jangga tayyorlandilar. 1864-yil 14-sentabrda Chernyaev Chimkentga yangidan yurish uyushtirib, 22-sentabrda shaharni bosib oladi. 28-ap rel kuni Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi Niyozbek qal’asini egal lab, Toshkentni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq dar yosidan suv chiqarib beruvchi to‘g‘onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi. 15-iyun kuni Chernya yev Toshkentni zabt etdi.
Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligi ga qarshi yurish boshladi. 1866-yil may oyida Erjarda bo‘lgan jangda Amir Muzaf far qo‘shinlari yengildi, amir Jizzaxga qochdi. Roma novskiy

yurishni Xo‘jand tomonga yo‘naltirdi, 1866-yil 19–22-may kunlari bo‘lgan qattiq janglar natijasida Xo‘jandni egalladi. 1866-yil avgustda Oren burg dan general-gubernator Krijanov skiy Tosh kentga keldi va

Roma novskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini bosh lay di. Katta qo‘shin tortib, 1866-yil oktabrda O‘ratepa viloyati Zomin qal’asini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang bo‘ldi. 11–18 oktabr kunlari bo‘lgan jang natijasida bosqinchilar Jizzaxni egalladi. Rossiya imperatori Aleksandr II ning 1867-yil 11-iyuldagi farmoniga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tar kibida Turkiston harbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va ok rug qo‘mondoni etib general-adyutant K.P. fon Kaufman tayinlandi.

Buxoro amiri o‘z qo‘shinlarini to‘plab, dushmanni daf etish uchun Samarqand tomon yurdi. Fon Kaufman bu xabarni eshitib Bu xo ro tomon yurdi. Ikki tomon qo‘shinlari Zirabuloqda 1868-yil 2-iyunda to‘q nashdi, qattiq jang bo‘ldi, amir qo‘shinlari tor-mor etildi. 1868-yil 23-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o‘rtasida sulh bitimi imzolandi. Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining vassaliga, ya’ni xorijiy mam lakatlar bilan mustaqil aloqalar qila olmaydigan davlatga aylan tirildi.


Fon Kaufman 1873-yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va askar, 56 ta to‘p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga yurish boshladi. Ayni paytda, Xivaga qarshi Orenburg, Mang‘ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo‘shinlari ham yurishga kirishgan ediXon Rossiya qo‘shinlariga bas kelol masligini anglab yetgan edi. Amudaryo bo‘ylarida qirg‘in-barot jang lar bo‘ldi. 1873-yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o‘tib Hazoraspni egalladi, Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli shaharlari, Mang‘it qal’ asi zabt etilib, ayovsiz talandi. 1873-yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog‘ida Kauf man bilan Rahimxon uchrashuvi bo‘ladi va tarixda Gandimiyon shart nomasi deb nom olgan shartnoma imzolanadi. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi.
1876-yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus far moni bilan Qo‘qon xonligi tugatildi, uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga

M.D. Skobelev harbiy-gubernator etib tayinlandi.


Rossiya Turkistonni o‘z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyo siy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi xalq noroziligi, nafrati oshib, qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olonning harakat lan tiruv chi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kam bag‘allar bo‘ldi.

Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qot magan boy-zamindorlar ham ishtirok etdilar.

1879-yilda 600 ga yaqin g‘alayonchi Farg‘ona viloyat bosh qarmasi binosini qurshab olib, harbiy-gubernatordan Marg‘ilon tumanidan olina yotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G‘alayonchilar avzoidan cho‘chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyatharbiy-gubernatori bo‘lajak katta janjalning oldini olish maqsadida

xalqqa yon bosib, ularning talablarini o‘rganib chiqishga va’da beradi va g‘ayriqonuniy soliq yig‘uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlashtirishga majbur bo‘ladi. 1880–1883-yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqish lar bo‘lib o‘tdi. Xo‘jand, O‘ratepa, Namangan, O‘sh va Chust da ko‘ tarilgan qo‘zg‘olon lar bunga misol bo‘la oladi. Manbalarda 1885–1892-yillarda Farg‘ona viloyatida xalqning 205 marta si yo siy

chi qishlari, harakatlari ko‘tarilgani qayd etilgan.

Turkistonda Sovet hokimiyatini o‘rnatish g‘oyat da murakkab jarayonda kechdi. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o‘zgarishlar orqali hamma nar sani umum lashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o‘zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida

shakllangan o‘ziga xos tur mush tarzini, yashash sharoitini, xo‘jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o‘zgartirishni xohlamasdi. Ayniqsa, bol sheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi,

uning hujumkor yo‘nalishi islom qadriyatlari doimo e’zozlanib kelinganbu yurt odam larining ruhiyati va dunyoqarashi bilan singisha olmasdi. Biroq begona maslak va g‘oyalar bolsheviklar partiyasi hamda uning Turkis tondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo‘rlik bilan o‘lka xalq lariga majbur qilindi. Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan, asosiy tarkibi yevropalik aho li vakillaridan iborat harbiy qismlar, ishchi otryadlari mahalliy bol shevistik tashkilotlar boshchiligida qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan Sovet hokimiyatini qaror toptirishga kirishdilar. Bolshevik V.S. Lyapin boshchiligida inqilobiy qo‘mita tuzildi va qo‘zg‘olon bosh landi. 1917-yil 27-oktabr oqshomida Toshkentda boshlangan qo‘zg‘o lonna ti jasida 1-noyabrga kelib Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo‘mitasi ag‘darildi. General Korovichenko va Muvaq qat hukumatning

Turkiston qo‘mitasi a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet hokimiyati o‘rnatildi. Turkiston o‘lkasida Sovet hokimiyatini o‘rnatish jarayoni qonli, fojiali voqealar bilan bog‘liq holda kech di.

Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan sahifalari mavjud bo`lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag`onlik siyosatidir.XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma`lum bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi. Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini mehnat qilib biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.

Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.

1934 yildan boshlab qatag`onlar partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni, «Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua davlat tarafdori», «Antisovet markaz tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi aybnomalar ostida boshlanib ketdi. Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi, partiya MK va Leningrad shahar komitetining sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi bahona bo`ldi. Bu ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor bo`lgan barcha guvohlar yo`qotildi.

Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b) MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar suddan tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila boshlandi. 1934 yil OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi (NKVD-ruscha-muallif).

1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937 yilning 2 iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar: M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi va ular shu kunning o`zidayoq otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil Armiya safini podsho zabitlaridan, generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin, «Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi soxta ayblovlar bilan almashgan edi.

1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng qo`lamda amalga oshirildi.

1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.

1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev, A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada otib tashlanadi.

XX asrning 20-40 yillarda Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo`natildi.

O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari, balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi.

XX asrning buyuk burilishlar davrida o`zbek xalqi oldida bir necha asrlik inqirozdan chiqish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Bu bevosita jadidlar faoliyati bilan bog`liq edi. Sovet zamonasida ham milliy taraqqiyparvarlarimiz o`lka xalqlari mustaqilligi uchun goh oshkora, goh yashirin faoliyat yuritdilar. Biroq, mustabid tuzumning mash`um qatag`onlik siyosati XX asrning 30-yillarida Vatan va millat istiqboli uchun kurashuvchi barcha fidoyi insonlarni deyarli qatag`on qildi. Ularni «Vatan xoini», «Xalq dushmani», «Panturkist», «Panislomist», «Angliya josusi» kabi o`ylab topilgan sohta nomlar bilan badnom qilindi.



II-jaxon urushidan so`ng qatag`onlarning yangi oqimi boshlandi. Bu davrda asosan, shoir va yozuvchilar, fan va madaniyat xodimlari ayblov ishlariga tortildilar. Atoqli shoir va yozuvchilarimizdan M.Shayxzoda, Mirtemir, Sayyid Ahmad va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Stalinning o`limidan so`nggina nohaq qatag`on qilinganlarni oqlash jaryoni o`z ishini boshladi. 1980 yillarga kelib «paxta ishi», «o`zbeklar ishi» deb nom olgan sohta atamalar bilan qatag`onlarning navbatdagi to`lqini mamlakatimiz siyosiy hayotida amalga oshirildi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash joizki, ushbu o`ylab topilgan jinoiy ishlar ortidan xalqimiz nomini butun dunyoga yomonotliq qilib ko`rsatish, milliy g`urur va sha`nimizni yerga urish maqsad qilingan edi. Shu bahonada xalqimiz ichidan yetishib chiqqan minglab ilg`or paxtakorlar, zahmatkash insonlar siyosiy tizimning qurboniga aylantirildilar. Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina ularning nomlarini xaqiqiy ma`noda xalqqa qaytarishni, tarix haqiqatini ochib berishni, imkoniyati tug`ildi. Afsuski, bu insonlarning barchasi O`zbekistonimizning bugungi istiqloli, mustaqilligini ko`ra olmay bevaqt nobud bo`lishdi. Shu mstaqillik davrida qatag`on qilingan yurtdoshlarimizni pok nomlarini tiklash, ularning asarlarini izlab topish, kitob holida chop etish ancha yo`lga qo`yildi. Bugun Respublikamizda shu maqsad yo`lida tashkil etilgan «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg`armasi ishlab turibdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda qatag`on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun «Shahidlar hiyoboni» majmuasi tashkil etildi.


Download 19,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish