32
turli muammolari bilan shug’ullandilar. Natijada karstning genetik-litologik,
geomorfologik turlari, gidrologik, gidrogeologik xususiyati ilmiy va xo’jalik
ahamiyati kabi ko’plab muammolari yoritildi. Jumladan M. Mamatqulov
tomonidan karstlarni ilmiy o`rganish natijasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
-O‘rta Osiyoda tarqalgan karst jarayonlari va karst relyef shakllarining
morfologenetik klassifikatsiyasi yaratilgan;
- O‘rta Osiyo misolida karst jarayonlarining
tarqalish va taraqqiy etish
qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
- O‘rta Osiyo hududida 1800 ga yaqin yer osti karst bo‘shliqlari (karst g‘orlari,
quduqlari, shaxtalari) mavjudligi aniqlangan;
- O‘zbekistonning tog‘oldi va tekislik qismlarida yer yuzasidan turli chuqurliklarda
shakllangan bir qancha karstlangan suvli gorizontlar borligi aniqlangan va ularning
tarqalish xaritasi tuzilib, bu borada ish olib boruvchi tashkilotlarga tavsiyanomalar
berilgan;
- O‘rta Osiyoning tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida ko‘plab yer osti karst
bo‘shliqlaridan chiqayotgan buloqlar borligi aniqlangan, ularning joylanishi,
suvining sarfi, rejimi, harorati, kimyoviy tarkibi
va boshqa xususiyatlari
o‘rganilgan va ulardan foydalanish maqsadida tegishli tashkilotlarga
tavsiyanomalar berilgan;
- O‘rta Osiyo hududida topilgan va tekshirilgan bir qancha yer osti karst
bo‘shliqlarida marmar oniksi,
oltingugurt, aragonit, boksit, mumiyo singari kelib
chiqishi karst jarayonlari bilan bog‘liq foydali qazilmalar borligi aniqlangan va
ulardan foydalanish tavsiyanomalari ishlanib,
bunday foydali qazilmalarni
qidiruvchi tashkilotlarga topshirilgan;
- O‘zbekiston yer osti karst bo‘shliqlaridan turizm va boshqa maqsadlarda
foydalanish va ulardan foydalanishda muhofaza qilish ishlariga asosiy e’tiborni
jalb etish masalalari ishlab chiqilgan;
Karbonatli (oxaktosh, dolomit, mergel), sulfatli (gips, angidrid), xloridli
(tuz, tosh tuz) kabi jinslar karst jarayoni davomida tektonik yoki qisman mexanik
yoriqlar bo`ylab harakatlanayotgan yer usti va yer osti suvlari ta`sirida oson eriydi.
33
Natijada yer usti va yer ostida turli shakllarda bo`shliqlar hosil bo`ladi. Ularni
ilmiy va amaliy jihatdan o`rganish juda muhimdir.
Karst jarayoni shakllanish
hususiyatlariga qarab ochiq hamda yopiq karst jarayonlariga bo`lib o`rganiladi.
Suvda eriydigan jinslar bevosita yer yuzasiga chiqib yotgan joylardagi karst
ochiq karst deyiladi. Yog`inlar miqdori katta va karstlashishga xalaqit beruvchi
jinslar tez yuvilib ketishi natijasida doim ochiqligicha qoladi. Ochiq karstning
ko`payishiga o`rmonlarni kesish, tuproq qoplamini yuvilib ketishiga imkon
yaratilishi asosiy sabablardan biridir. Bunday karstlar Oʻrta dengiz atrofi
mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning baʼzi joylarida bor.
Ochiq
karst relyefiga karrlar, karst, voronkalari, karst quduqlari, soyliklar,
qoldiq balandliklar kiradi.
Karrlar- yong`ir va qor suvlarining eroziya ishi va karstlanuvchi tog`
jinslarining eritilishi natijasida hosil bo`lgan chuqur (1-2 m gacha) va tor, bir-
biriga parallel bo`lgan jo`yaklar hisoblanadi. Ular yoriqli jinslar qoplagan tik
yonbag`irlarda hosil bo`ladi. Bunday shakllarni Shoximardon xavzasida
Yordondagi Qiziltog`ning tik qoyasida kuzatish mumkin.
Karrlar ko`p uchraydigan joylarni karr dalalari deyiladi. Ushbu hududlar esa
eng noquloy yerlar hisoblanadi. Vaqtlar o`tishi bilan karrlar nurash natijasida o`z
qiyofasini o`zgartiradi.
A.
Nizomov tomonidan karrlar quyidagi guruhlarga bo`lib o`ragnilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: