davlat sirlariga daxldor ishlar, shuningdek, harbiy xizmat davrida harbiy
xizmatchilar tomonidan sodir etilgan, biroq ish sudda ko‘riladigan paytga
kelib harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar sodir etgan jinoyatlar
to‘g’risidagi ishlar taalluqlidir.
Shuning uchun ham sudlar sudloviga taalluqlilik haqidagi qonun
talablariga qat’iy rioya etishlari lozim».
1-§. Bo‘ysunmaslik (JK 279-moddasi)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘rnatilgan bo‘ysunish
tartibi jinoyatning
asosiy bevosita obyekti
hisoblanadi.
Qo‘shimcha
bevosita obyekt
bo‘lib esa, insonlar hayoti va salomatligining xavfsizligi,
o‘zgalar mol-mulkining saqlanishini ta’minlovchi jamoat munosabatlari
xizmat qiladi (JK 279-moddasi 2-qismi).
Buysunish tartibi
harbiy nizomlar bilan tartibga solinadi. Harbiy
xizmatda boshliq va unga bo‘ysunuvchi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar
asosi «yakkaboshchilik» prinsipi hisoblanib, u komandir (boshliq)ning o‘z
qo‘l ostidagilarni boshqarishda yagona mas’ulligini va bo‘ysu-
nuvchilarning komandirning buyrug’ini so‘zsiz bajarishini tushuniladi.
Obyektiv tomondan
bo‘ysunmaslik, buyruqni bajarishdan ochiqdan-
ochiq
bosh tortish demakdir, bu esa, buyruqni qasddan bajarmaslik bilan
barobar.
NOTA BENE !
Buyruq
– qonun talablariga muvofiq, bajarilishi majburiy bo‘lgan,
komandir (boshliq)ning qo‘l ostidagilarga qaratilgan farmoyishi.
NOTA BENE !
Boshliq
– qo‘l ostida boshqa harbiy xizmatchilar bo‘lgan, ularga
buyruq, farmoyish berish va uning ijrosini nazorat qilish huquqiga ega
bo‘lgan harbiy xizmatchi.
274
Harbiy xizmatchi lavozimi yoki harbiy unvoni bo‘yicha
boshliq
bo‘lishi mumkin. Harbiy lavozimlar harbiy nizomlar va boshqa hujjatlarda
belgilangan. Bu – bo‘limlar, vzvodlar, rotalar, batal’on va boshqa jangovar
bo‘linmalar komandirlari, bo‘limlar va xizmatlar, sutkali naryadning
alohida turlari (qorovul, nazorat-o‘tkazish shoxobchalari va boshq.)
boshliqlarining shtat lavozimlaridir.
Boshliq lavozimi shtatdan tashqari bo‘lishi ham mumkin, u ma’lum
bir vaqtga, ma’lum vazifani bajarish uchun (masalan, otish mashqlari,
xo‘jalik ishlari, o‘quv mashg’ulotlari va boshq.) tashkil etilishi mumkin.
Harbiy xizmatchi boshliq lavozimini doimiy ravishda
yoki vaqtinchalik
egallashi mumkin. Boshliqning vazifalarini, shuningdek, uning o‘rinbosari
yoki maxsus ko‘rsatma bo‘yicha boshqa harbiy xizmatchi bajarishi
mumkin.
Harbiy xizmatchining unvon bo‘yicha bo‘ysunishi Qurolli Kuchlar
ichki xizmat Nizomi bilan belgilanadi. Unga muvofiq, misol
uchun ofitser
oddiy askar va serjantlik tarkibidagi barcha shaxslar uchun boshliq
hisoblanadi, serjant – o‘zi bilan bir harbiy qismdagi oddiy askarlar uchun
boshliq hisoblanadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: