Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


Buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik
, bu bo‘ysunuvchi 
tomonidan avvaliga boshliq buyrug’iga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslikni 
bildirmay, go‘yo buyruqni qabul qilib, so‘ngra ataylab yoki bila turib uni 
bajarmaslik ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. 
Bunday holatda, aybdor shaxs olingan buyruqda man etilgan xatti-
harakatlarni bajaradi yoki buyruqda aytilgan harakatlarni bajarmaydi yoki 
bo‘lmasa o‘z irodasini boshliq irodasiga qarshi qo‘yib, buyruqda 
ko‘rsatilgan harakat vaqti, joyi va mazmun-mohiyatini o‘zboshimchalik 
bilan o‘zgartiradi, ortga chekinadi (qat’iy belgilangan harakatlanish 
yo‘nalishini, topshiriqni bajarish uchun kerakli vositalar hisob-kitobini 
o‘zgartiradi yoki boshqa yo‘l bilan buyruqni bajarishdan chekinadi). 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining bu borada 
ta’kidlashicha, «Harbiy xizmat vazifalarini o‘tashdan bosh tortish – harbiy 
xizmatchi tomonidan ochiqdan-ochiq, yolg’on ishlatmasdan, og’zaki, 
yozma yoki boshqa yo‘l bilan harbiy xizmatni o‘tash yoki uning ba’zi 
majburiyatlarini bajarishni istamaslikda va amalda ularni bajarmay 
qo‘yishda namoyon bo‘ladi. 
276 


Tobe shaxsning o‘z qo‘mondonining muayyan topshiriqlarini baja-
rishdan bosh tortishi (masalan, xizmat safariga jo‘nash, sutkalik naryadga 
kirishish va hokazo) harbiy xizmatdan umuman bosh tortish sifatida 
ko‘rilishi mumkin emas. Bunday harakatlar bo‘ysunmaslik jinoyati 
tarkibini tashkil qiladi, chunki bunday holda qo‘mondon talabi buyruq 
xususiyatiga ega bo‘lib, harakat esa, harbiy xizmatni o‘tashdan bosh 
tortishga emas, balki buyruqni ochiqdan-ochiq bajarmaslikka qaratilgan». 
Jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun buyruqni bajarmaslik sabablari 
ahamiyatga ega emas, biroq bo‘ysunuvchi haqiqatan ham, unga berilgan 
buyruqni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Harbiy nizomlar, ko‘rsatmalar, qoidalarda ko‘rsatilgan, barcha harbiy 
xizmatchilar uchun majburiy, lekin umumiy talablarni bajarmaslik 
ko‘rsatmalar berish va mashg’ulotlar chog’ida barcha tinglovchilarga 
berilgan umumiy ko‘rsatmalarni bajarmaslik bilan barobardir, lekin ularga 
buyruqni bajarmaslik sifatida qarash mumkin emas. Ma’lum sharoitlarda 
bunday umumiy buyruqlarni bajarmaslik bir qator boshqa jinoyatlarni, 
xususan, qorovul xizmatini o‘tash qoidalarining buzilishi (JK 291-
moddasi)ni keltirib chiqarishi mumkin. 
Agar harbiy xizmatchi biron-bir harakatni bajarish uchun buyruq 
olib, boshliq boshqa harbiy xizmatchiga emas, aynan unga murojaat 
qilganligidan norozilik bildirsa yoki ko‘rsatmani muhokama qilsa, biron-
bir bahona bilan uni bajarishdan qutulishga harakat qilsa, lekin buyruq 
berilganda uni bajarsa, bunday gap talashish bo‘ysunmaslik sanalmaydi. 
Ular harbiy xizmatchining intizomiy xatti-harakati deb qabul qilinishi 
mumkin. 
Bo‘ysunuvchi, bajarilishi natijasida xizmat manfaatlariga zarar 
yetish-yetmasligidan qat’i nazar, belgilangan muddatda unga berilgan 
buyruqni bajarish bo‘yicha hech qanday harakatlar bajarmagan vaqtdan 
boshlab, bo‘ysunmaslik 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish