11
Bu ta’rif ma’lumotlarning ob’ektiv va shartsiz mavjud bo‘lishlik asosiy
xossasini ta’kidlaydi. Ular kuzatish sub’ektlaridan yoki boshqaruvidan bog‘liq emas
va kelajak bilan bog‘lanishga hech bir aniq shart qilinmagan: bir marta olingan
ma’lumotlar hech qachon ishlatilmasligi yoki ularning paydo bo‘lishida taxmin
qilinganidan umuman boshqa narsaga ishlatilishi mumkin.
Shu
bilan bir vaqtda
ma’lumotlarning signalga nisbatan takrorlanishi ularning sun’iyligini aks ettiradi va
demak, ayrim darajada sub’ektiv tabiatni ham: signallarni ro‘yxatga olish mos
tashuvchidagi maxsus qurilma bilan amalga oshirilib, har biri ayrim sub’ektlar
tomonidan aniq vaqtda, aniq masalani yechish uchun tanlanadi yoki yaratiladi.
Lekin agar ma’lumotlarning mavjudligi ularning qachonlardir
ishlatilishi yoki
ishlatilmasligidan bog‘liq bo‘lmasa, u holda ko‘p jarayonlarning ishlab turish
samaradorligi shartsiz ma’lumotlardan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, oldingi holatini
xarakterlovchi faktlar asosidagi prognozni tuzish orqali asosiy faoliyat jarayonini
o‘zgartirish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar,
oxirgi
natijani
olishni
optimallashtirishga imkon beradi va bu boshqaruv axboroti sifatida qatnashadi.
Ma’lumotlar-faktlardan tashqari muammo yoki gipotezalar masalalarini tasvirlovchi
alohida ma’lumotlar sinfini ajratish mumkin.
Insonning maqsadga yonaltirilgan faoliyatida funksional jarayonni aniqlovchi
masalalarni ifodalash ma’lumotlar sifatida qatnashishi mumkin bo‘lib, bu yerda
resurs sifatida materiya yoki energiya hamda ma’lumotlar qatnashishi mumkin.
Funksionalligi muammoli kontekst (tekstning to‘la ma’noni
anglatuvchi bir butun
qismi) bilan shartlangan resursni o‘zgartirish tizimi axborotni ham haqiqatda
o‘zgartirishi mumkin. Masalaning kontekstiga mos kelgan umumiy to‘plam ichidan
ajratib olingan potensial foydali ma’lumotlar foydalanish natijasida chiqadigan
axborotlarni vujudga keltiradi. Boshqaruv sub’ekti uchun chiqadigan axborot
dolzarbligi yoki foydaliligi resurs-sub’ekt yoki jamiyat faoliyatini o‘zgartirish
jarayoni bilan tasdiqlangan
shaxsiy yoki ijtimoiy
bilim –
ma’lumotni shakllantirish
asosi sifatida qatnashadi. Bu ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, ular jarayonni xarakterlovchi dalillardan farqli ravishda ma’lumotlarning
maxsus uzoqni ko‘ruvchi-yangi paydo bo‘lgan masalalardagi va hosil bo‘lgan
12
muammolardagi «signallar»ni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ma’lumotlarning boshqa ta’riflarini ham keltirish mumkin, ma’lumotlar-bu:
•
aniq va abstract shaxslar, predmetlar, ob’ektlar,
hodisa va voqealar, dalillar,
raqamlar va va boshqa xabarlar, raqamlarda, belgilarda grafiklarda, ovoz va boshqa
ixtiyoriy formatlarda berilgan mos aniq predmet sohasi;
•
axborot - avtomatik va avtomatlashgan vositalarda uni uzatish va qayta ishlashga
yaroqli korinishda taqdim etiladi.
Bu ta’riflar hisoblash texnikasi vositalari yordamida avtomatlashgan qayta
ishlash nuqtai nazarini aniq ifodalaydi. Bu yerda har xil ta’riflardagi «ma’lumotlar»
ta’rifi signallarni taqdim qilish va o‘zgartirishning shakli-sintaktikasi bilan bog‘liq
bo‘lib, ularning ishlatilish xarakteri va amaliy ahamiyatini aniqlovchi semantic (so‘z
ma’nosi) va pragmatic - ma’lumotlar tarkibidan bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: