13
noaniqlik choralaridan iborat (Brillyuen).
Genetikada
axborot tushunchasi, DNKning polimerli zanjirlari bilan moddiy
tasvirlangan beloklarning biosintezi dasturi sifatida aniqlanadi.
1.3.
Bilimlar va ilmiy axborot
.
«Axborot» tushunchasini inson-mashina va ijtimoiy tizimlardagi ahamiyatini
qarash uchun «bilim» tushunchasini uning «axborot» va «ma’lumot» tushunchalari
bilan munosabatini aniqlash zarur.
Bilimning прагматик ma’nosini ko‘rsatish shunga olib keladiki, «bilish»-bu
individual aktlar bilan bog‘liq vaziyatlarda adekvat obrazda o‘zini tuta bilish
demakdir. «Bilim» tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: «Ilmiy bilish - bu inson
ongidagi moddiy va nomoddiy haqiqatni aks etish natijasidan iborat barcha xabarlar
yig‘indisidir. Boshqa axborotli-texnologik nuqtai-nazardan [Muranivskiy, 1982]da
ilmiy texnik axborot
bu
«hujjatlashtirilgan ilmiy bilish
-
muomilaga kiritilgan va
jamiyatning ishlab turishi va rivojlanishida qatnashadigan
» deb ta’riflanadi. Bu
ta’rif shuni ta’kidlaydiki, jamiyatda sirkulyatsiyaga «turtki» olmagan bilim, axborot
sifatida qaralishi mumkin emas. Bu yerdan ham, axborot uni uzatilishi
ta’minlanmagan moddiy tashuvchisiz mavjud emasligi, kelib chiqadi.
Bu yerda
axborotning mavjud bo‘lishi uni tashuvchisining turidan va taqdim etish usulidan
bog‘liq bo‘lmasdan, lekin axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi
bundan bog‘liqdir. Misol uchun, axborot, qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lmagan,
belgili tizimda taqdim qilingan bo‘lsa, yoki ma’lumotlar o‘qish qurilmasi mavjud
bo‘lmaganligi sababli uni o‘qish mumkin bo‘lmasa ham ishlatilmaydi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ilmiy texnik axborot ta’rifda ijtimoiy
axborotning organik asosiy qismi sifatida unda quyidagi
xususiyat va talablar aks
etgan:
•
agar bilim olimlar, muxandislar va boshqa mutaxassislar tomonidan ularning
amaliy foydali faoliyatlarida yaratilsa va foydalanilsa uni ilmiy texnik axborot
sifatida qarash kerak;
•
bilimni ijtimoiy-kommunikativ jarayonga qo‘shish sharti bilan uni «birinchi
qo‘lga kiritgan» boshqalarga qulay holga keltira olsa, u axborotga aylanadi;
14
•
axborot, uni ijtimoiy-kommunikativ jarayonga qo‘shish va muomilaga kiritishni
ta’minlash vositalarisiz ishlamaydi va mavjud bo‘lmaydi, ya’ni hech qanday belgi
ko‘rinishidagi
moddiy tashuvchi, buymdan ibotat material yoki texnik qurilmadan
iborat bo‘lmasligi kerak;
•
axborotni
taqdim
qilishning
shakliga
o‘zgarmas
talab,
ijtimoiylik,
ommaviylik,uning boshqa kishilarga qulayligi(Dostupnost)dan iborat;
•
faqat bilimning axborotga aylanishi uni fazo va vaqtda uzatilishini va amaliyotda
foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, natijada fannig bevosita ishlab chiqarish
kuchlariga aylanish eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot bilimning shakli sifatida namoyon bo'ladi. Axborot- bilim mavjud
bo‘lishi va ijtimoiy amal qilishi hamda tarqalishini ta’minlovchi dinamik shaklidir.
Axborotni olish orqali foydalanuvchi uni интеллектуал o‘zlashtirish orqali o‘zining
yangi shaxsiy bilimlariga aylantiradi, ya’ni axborot asosida bilimni qaytadan
yaratish paydo bo‘ladi. Bu bilimni axborotga va axborotni
bilimga aylantirishning
shartliligini ta’kidlaydi.
Axborot aniq masalalarni yechish jarayonida ma’lumotlarni ishlatish orqali
paydo bo‘ladi, bunda sub’ektning yangi shaxsiy bilimi shakllanadi. Masala
yechimining natijalarini alohida sub’ektlar orqali olingan qonunlar, nazariyalar,
qarashlar va tushunchalar majmuasi ko‘rinishida umumlashtirib, bu vaqtda haqiqiy,
tekshirilgan sifatida chiquvchi axborot, uni tashkil qilgan sub’ektdan
uzoqlashib,
umumlashtirilgan bilimni tashkil qiladi. Bunday bilimlar odatda hujjatlar va
xabarlar shaklida taqdim qilinib, bular ularni qabul qilish kontekstdan ob’ektiv va
bog‘liq bo‘lmay mavjud bo‘ladi va o‘z navbatida ma’lumot sifatida, shuningdek
boshqa predmet sohasida boshqa kontekst bilan qaralishi mumkin.
Bu tushunchalarning funksional munosabatlari quyidagi chizmada keltirilgan.
Ma’lumotlar
Bilimlar
Kognitiv jarayon
15
1-rasm. Tushunchalar funksional munosabati
Bir turdagi ma’lumotlar ularga o‘zaro ta’sir qiluvchi usullardan bog‘liq har xil
axborotni ifodalashi mumkin. Ya’ni axborot ob’ektiv ma’lumotlar va sub’ektiv
usullar o‘zaro ta’siri paytida mavjud va paydo bo‘ladi. Boshqa hamma vaqtlarda
«potensial» holatda va ma’lumot ko‘rinishida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: