Denov tadbirkorlik va pedagogika



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/231
Sana12.06.2022
Hajmi5,99 Mb.
#657758
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR

strategiyani tanlash
amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar 
yordamida tashkilot qanday qilib o‘z maqsadlariga erishishi va o‘z missiyasini 
amalga oshirishi belgilanadi, ya‘ni uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi 
tomonlarini rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi. 
Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga 
nisbatan qanday qaror qabul qilinishiga bog‘liqdir: belgilanggan biznesni 
to‘xtatish yoki davom ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shug‘ullanish. 
Bunda korxona asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi: 
-
xarajatlarni kamaytirishda yetakchilik; 
-
mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish; 
-
bozorning ma‘lum segmentini qayd etish. 


87 
SHuni ta‘kidlash kerakki, yirik va o‘rta ko‘p tarmoqli kompaniyalarda 
ko‘pincha 
biznesning strategik birligi - ( BSB ) 
deb ataluvchi ajratiladi. Bu 
bozorning bir yoki bir necha segmentlardagi strategiyani ishlab chiqish va ba‘zida 
esa amalga oshirish uchun javob beruvchi firma ichidagi tashkiliy birliklardir. 
Ushbu ish kompaniya mahsulotlari portfelini tahlil qilish, keyin bozorni 
segmentlarga bo‘lish, tovarlarni pozitsiyalarga joylashtirishdan boshlanadi. BSB 
ba‘zan ishlab chiqarish birliklaridan farqlanadilar, ular ham bir va ham o‘xshash 
ehtiyojlarini qonoatlantiruvchi bir necha mahsulotlarni qamrab olishlari mumkin. 
Kompaniyalar ko‘pincha xo‘jalik bo‘linmalari ko‘rinishidagi BSBni tashkiliy 
rasmiylashtirish- lari mumkin. 
Keyin quyidagi masalalarni hal qilishga qaratiladigan strategiya bajarilishi 
kerak:

nisbiy mazmun tashkilot amalga oshiradigan strategiyaga mos kelishi uchun 
ma‘muriy vazifalar orasidagi ustivorlikni belgilash; 

korxona faoliyatini strategiyani bajarishga qaratish uchun tanlangan 
strategiya va tashkilot ichidagi jarayonlar orasidagi moslikni belgilash; 

etakchilik uslubi va tashkilotni boshqarishga yondoshuvni tanlash va uni 
amalga oshirilayotgan strategiya bilan moslikka keltirish. 
Bu vazifalar strategik deb ataluvchi o‘zgarishlar vositasida hal qilinadilar. 
O‘zgarishning zarurligi va darajasini belgilab beruvchi asosiy omillar holatiga 
(soha, tashkilot, mahsulot, bozorning holatiga) ko‘ra o‘zgarishlarning to‘rtta turini
ajratish mumkin: 
-
tashilotni qayta qurish- tashkilotning missiyasi va madaniyatiga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi asosli o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi. Tashkilot o‘zining sohasi va 
shunga ko‘ra mahsuloti va bozordagi o‘rni o‘zgartirilganda vuju- ga keladi. 
Bunda yangi tashkiliy madaniyat yaratiladi, texnoligik soha va ishchi kuchlari 
bozorida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; 
-
tashkilotni keskin o‘zgartirilishi- agar tashkilot sohasini o‘zgartirmasayu, 
amma unda keskin o‘zgarishlar (madaniyatlarni birlashishi, yangi mahsulotlar va 
bozorlarni o‘zlashtirish) sodir bo‘lsa, u strategiyani bajarish bosqichida o‘tkaziladi 
va tashkilot ichidagi o‘zgarishlarni talab qiladi; 
-
o‘rtacha o‘zgarish tashkilot yangi mahsulot bilan bozorga chiqqan va unga 
xaridorlarni jalb qilgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda o‘zgarishlar ishlab 
chiqarish jarayoni va marketingga tegishli bo‘ladi; 
-
odatdagi o‘zgarishlar- tashkilot mahsulotiga sho‘‘baiqishni qo‘llab 
quvvatlash maqsadida marketing sohasida o‘zgarishlar o‘tkazish bilan bog‘liq. 
Tashkilotni o‘zgarmasdan faoliyat yuritishi u bittagina stategiyani 
o‘zgartirmasdan amalga oshiralayotgan vaqtda sodir bo‘ladi. 
Resurslarni jalb qilish jarayoni resurslarni samarali taqsimlash bilan bir 
qatorda sarmoyalarni kelib tushish manbalarini baholash va ularni saqlab qolishni 
ham ko‘zda tutadi. 


88 
Strategik boshqaruvda asosiy rolь tashkilotning rahbariyatiga, hammadan 
avval uning yuqori darajasiga tegishli bo‘ladi, u nafaqat uning strategiyasini 
belgilashi, balki tashkilot resurslarini safarbar qilgan holda, kerakli o‘zgarishlarni 
o‘tkazishi kerak. 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish