Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


 Kredit statistikasi ko’rsatkichlari



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

 
5. Kredit statistikasi ko’rsatkichlari 
 
Kredit deb bir sub’ekt ikkinchi sub’ektdan pul yoki tovarni ma’lum bir 
muddatga mukofot to’lash yoki qaytarib berish sharti bilan olishiga aytiladi.
Kredit munosabatlarini baholashda statistika hajm, tarkibiy, o’rtacha, 
dinamik, xavf-xatar va samaradorlik ko’rsatkichlaridan foydalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit statistikasi ko’rsatkichlari orasida kredit 
xavf-xatari ko’rsatkichi eng muhim ko’rsatkichdir. Berilgan kredit summasi bilan 
uni o’z vaqtida qaytarmaslik va kapitaldan ajralish xavf-xatarlari yonma-yon 


268 
yuradi. O’z muddatida qaytarilmagan summa kredit boqimandasidir. U asosiy qarz 
va kredit foizlaridan tashkil topadi.
Qaytarilmagan asosiy qarzlar va ular bo’yicha foizlar summasi bu qo’ldan 
berilgan kapital. Ko’ldan berilgan kapital, odatda, yalpi zarar sifatida qaraladi.
Kredit boqimandasi summasini kreditni kechikkan kunlari soniga 
ko’paytmasi qarzni mutloq miqdorini (so’m-kuponlar) beradi. Bu ko’rsatkich 
moliya bozorida kredit g’azabi nomini olgan.
Kredit tizimida kredit resurslari va kredit qo’yilmalari ko’rsatkichlari muhim 
ahamiyatga ega. Kredit resurslari banklar, xalq xo’jalik tarmoqlari, sug’urta 
kompaniyalari, chet el faoliyati va aholi resurslaridan tashkil topadi. Kredit 
qo’yilmalari korxona, tashkilot va aholiga haqiqiy berilgan mablag’lardir.
Kredit bozorining markaziy ko’rsatkichi – kredit oboroti (aylanmasi) 
ko’rsatkichidir. Kredit oboroti uning hajmi va muddatiga bog’liq. Agar ikkita bank 
bir xil summada kredit bersa, qaysi birida kredit muddati qisqa bo’lsa, o’sha 
bankda kredit aylanmasi yuqori bo’ladi. Masalan, 40 mln. so’m o’rtacha 20 kunlik 
muddat bilan bir chorakka kredit berilsa, kredit oboroti 180 mln. so’mni 
(40x90/20) tashkil qiladi. Agar o’rtacha muddat 30 kunni tashkil qilsa kredit 
oboroti – 120 mln. so’m. Bu ko’rsatkichni inflyatsiya darajasini o’zgarishini hisob 
olib hisoblagan ma’qul.
Bank yalpi daromadi, kredit hajmi va o’rtacha yillik stavka ko’rsatkichlari 
o’zaro bog’liq ko’rsatkichlardir. Bank daromadi kredit hajmi, foiz stavkasi va 
kredit muddatiga bog’liq. 

=Q

i

t bu erdan har bir omilni ta’sirini baholash uchun 
indeks metodidan foydalaniladi, ya’ni o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tarkibiy 
siljish indekslari aniqlaniladi.
Kredit beruvchilarni kapitalni qo’ldan bermasdan, hech bo’lmaganda 
minimal daromad olishi uchun «oltin» qoidaga rioya qilish kerak, kreditni o’z 
muddatida qaytarish, mablag’ beruvchining har bir operatsiyasi daromadliligini 
kafolatlash talabi hammaga deyarli bir xil darajada bo’lishi kerak. Aytganlarni bir 
shartli misolda ko’rib chiqaylik. Bank o’zining ishonchli mijozlariga 6% li kredit 
berdi. Bu guruh bo’yicha xavf-xatar darajasi 0,01 ga teng. Ishonchsiz mijozlar 
uchun qanday foiz o’rnatish kerak (ularning kreditni qoplash ehtimoli 0,95). 
Shartli parametrlar: V=0,06; L=0,01; L2=1-0,95=0,05 
X=
1046
,
0
05
,
0
1
05
,
0
)
06
,
0
1
(
01
,
0
06
,
0





Olingan natija shuni ko’rsatmoqdaki, banklar ikkinchi guruh mijozlardan 
tushgan arizalarning 10,46 foizini qondirishi mumkin. Demak, 100ta mijozdan 
10tasiga kredit berish mumkin. Ishonchsiz va ishonchli mijozlarni o’rganishda 
klaster tahlili keng qo’llanishi bizga ma’lum. Lekin bu ishni darslik doirasida 
bajara olmaymiz.
Banklarning oliy maqsadi – kredit resurslaridan foydalanishning yuqori 
darajadagi samaradorligini ta’minlashdir.


269 
Mamlakat miqyosida kredit samaradorligi yalpi mahsulot hajmining kredit 
resurslarining o’rtacha qoldig’iga nisbati bilan, bank darajasida esa bank sof 
daromadini bankning shaxsiy resurslariga nisbati bilan o’rganiladi.
Kreditning samaradorligi kreditning aylanuvchanligi ko’rsatkichi orqali ham 
tahlil qilinadi. Kreditning aylanuvchanligi ikki ko’rsatkich, ya’ni kreditdan 
foydalanish vaqti (muddati) va kreditni aylanishi soni bilan o’lchanadi.
Kreditdan foydalanish vaqti (t) o’rtacha kredit qoliqlarini bir kunlik oborotga 
nisbati bilan hisoblanadi:
t=K:m=k: 
D
Q
bu erda: K - o’rtacha kredit qoldiqlari; m – bir kunlik oborot; Q – kredit 
oboroti; D – kunlar soni. 
Kredit oboroti soni (n) quyidagi formula bilan o’lchanadi: 
N=Q:K 
Bu ko’rsatkichlar o’zaro bog’liq ko’rsatkichlardir, ya’ni:
n

t
=D, n=D:t 
Bu ko’rsatkichlarni vaqt bo’yicha o’zgarishini o’rganish va bu o’zgarishga 
ta’sir qiluvchi omillarni baholash statistikaning bir qancha metodlari yordamida 
bajariladi.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish