7
1. Kirish. Ishning umumiy tavsifi.
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol xalqimizga o’zini anglash baxtini berdi.
Shu bilan birga milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarni tiklash,
asriy
an’analarga qayta hayot bag’ishlash imkoniyatini yaratdi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning “Ma’naviyat o’z xalqining
tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga
suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq
xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi
bo’lmaganidek o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”,
- degan
so’zlari fikrimizning dalilidir.
Xalq xotirasi, madaniyati va ma’naviyatining tarkibiy qismini o’tmishda
o’zbek tilida bitilgan tarixiy yozma manbalar tashkil qiladi. Ushbu manbalarni har
tomonlama, jumladan lisoniy nuqtayi nazardan ham tadqiq qilish, ulardan istiqlol
davri mafkurasini yaratish yo’lida foydalanish muhim vazifadir.
O’zbek nomshunosligi (onomistikasi) sohasining chinakam ilmiy yo’nalish
sifatida rivojlana boshlanganiga chorak asrdan ortiq vaqt o’tdi.
Bu davrda joy
nomlari, o’zbek ismlarini, o’zbek etnonimiyasini o’rganish bo’yicha anchagina
ishlar amalga oshirildi.
Shunga qaramasdan, o’zbek tilidagi atoqli otlarning barcha turlari, guruhlari
bir xilda o’rganilgan deb bo’lmaydi. Mavjud ishlarning aksariyatida, asosan,
o’zbek ismlari va joy nomlari tadqiq qilingan bo’lib, ular ham hozirgi davr o’zbek
materiallarini tashkil qiladi. O’zbek nomshunosligida ikki kamchilik ko’zga
tashlanadi, birinchisi, o’zbek tilidagi tarixiy nomlarning ba’zi tiplari hali tamoman
tadqiq
qilingan emas; ikinchisi, o’zbek tilidagi tarixiy nomlar nihoyatda kam
o’rganilgan. Ma’lumki, o’zbek tili turkiy tillar orasida eski yozuvli til bo’lib,
tarixiy yozma yodgorliklarga nihoyatda boydir. Ushbu munosabat bilan yozma
manbalarda atoqli otlarning boy lisoniy materiallari mavjud.
Ushbu qimmatli
materialni tadqiq qilishning g’oyatda muhimligi tadqiqotchilar tomonidan qayd
qilib kelinadi.
8
Ushbu munosabat bilan bir guruh o’zbek nomshunoslarining quyidagi
fikrlarini eslash o’rinlidir: “O’zbek tilidagi tarixiy nomlarning materiallari shu
kunga qadar deyarli tadqiq qilingan emas. Bu fikr o’zbek
tilidagi tarixiy joy
nomlariga, shaxs atoqli otlari va nomlarning boshqa xil tiplariga to’lig’icha
tegishlidir. Natijada, o’zbek tili tarixida mavjud bo’lgan va ko’plab tarixiy yozma
yodgorliklar hamda tarixiy asarlar tilida saqlanib turgan sanoqsiz atoqli otlar.
Ularning paydo bo’lishi, yasalishi va shakllanishi, ma’no va vazifaviy
xususiyatlari, boshqa xil lisoniy hamda tarixiy-madaniy, ma’rifiy
tomonlari fan
uchun qorong’uligicha qolmoqda.” Ushbu mulohazalar Abulg’ozi Bahodirxonning
“Shajarayi turk”asari onomastikasi uchun ham to’lig’icha tegishlidir.
Yuqorida qayd qilingan ilmiy fikrlar ushbu ish mavzusining dolzarbligidan
dalolat bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: