KIRISH.
Kurs ishi dolzarbligi. Hozirgacha davlat tilida yaratilgan ilmiy manbalarda turizmdagi turlarga qisman tavsif berildi. Bu tavsiflar ham Rossiya davlatida chop qilingan adabiyotlar bo`yicha amalga oshirildiki, milliy turizmni rivojlantirish nuqtai nazaridan qayd qilingan tavsiflar bizning sharoitimizda hali kutilganidek to`liq moslashgan emas.
Mamlakatimizda turistik resurslarni to`liq ro`yxatga olishga, ularning mohiyatini yozishga jadal kirishilmayotganligining bosh sababi ham ana shunday holatda ekanligimizda.
Prezidentimizning qayd qilingan farmonidagi talablar bo`yicha ishlaganimizda shu narsa malum bo`ldiki, xalqimizning boy tarixiy, madaniy, ijodkorlik va yaratuvchilik merosi, tabiatimizdagi tabiiy-tarixiy ko`rinishlar, xalqlarimizning o`tmish madaniyatini, hayotini aks ettirgan bitiklar, hunarmandchilik ijodlari kabi ishlab chiqish sohalarini ham ichki va xalqaro turistik resurslarga aylantirishning juda katta imkoniyatlari mavjud ekan.
Respublikamizda turizmning keng qamrovli va salohiyatli turlari bilan birga - nazarimizda, kichik, noananaviy bo`lib ko`ringan resurslaridan ham turizmda muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatlari beqiyos darajada salohiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respu blikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyat hokimligi, Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO), Butunjahon turizm tashkiloti (WTO), xalqaro tashkilotlar, universitetlar, turizm sohasi vakillari, Halol va Ziyorat turizmi yo‘nalishi ekspertlari, shuningdek, Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumida ishtirok etgan diniy arboblar ushbu deklaratsiyani tuzib, tasdiqladilar. Ushbu Forum ISESCO shafeligi ostida, WTOning qo‘llab-quvvatlashi hamda WTO Bosh Assambleyasining 13-sessiyasida (1999 yil Santyago shahri (Chili) qabul qilingan “Butunjahon turizm axloq kodeksi”ning “Diniy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniy va tillar almashinuvi maqsadlariga qaratilgan sayohat turizmning rag‘batlantirilishi lozim bo‘lgan foydali shakllaridir” tamoyili asosida tashkil etildi. 2015 yil 2-4 noyabr kunlari Maskat shahrida (Oman) o‘tkazilgan Madaniyat vazirlarining to‘qqizinchi Islom konferentsiyasida Buxoro shahrini 2020 yil uchun uchta islom madaniyati poytaxtlaridan biri sifatida e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan. ISESCO tomonidan 2018 yil 27-29 noyabr kunlari Manama shahrida (Bahrayn) tashkil etilgan Islomiy Vazirlar Konferentsiyasida 2019 yil “Islomiy meros” yili deb e’lon qilindi va barcha vakolatli muassasalardan ushbu muhim tashabbusda faol qatnashishlari so‘ralgan. O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini turizm orqali o‘rganish madaniyatlararo aloqalar, tinchlik va millatlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ziyorat turizmi - turizm sohasining jadal rivojlanib borayotgan va XXI asrning yetakchi trendiga aylanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqlar orasida tinchlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |