Tarixi Mas’udiy



Download 38 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi38 Kb.
#549043
Bog'liq
Tarixi Mas\'udiy maqola


Tarixi Mas’udiy” asarining XI asr manbashunoslikdagi o’rni.
O’zbek xalqi tarixiga nazar solar ekanmiz, u asrlar davomida shakllanib sayqallana borgan. Turli davrlarda moddiy va yozma manbalar asosida o’rganilgan. Vatanimiz tarixini o’rganishda yozma manbalarning ahamiyati kattadir. Xususan XI asr siyosiy hayotini aks ettirgan manbalarning ham o’rni alohida. Chunki, XI asr O’rta Osiyoning siyosiy hayotini asosan yozma manbalar oraligina o’rgana olish mumkin. Ushbu davrda O,rta Osiyo hududida bir qancha turkiy sulolalar tomonidan asos solingan davlatlar hukmronlik qildilar.
XI asr birinchi yarmi O’rta Osiyoning siyosiy hayoti tarixini o’rganishda “Tarixi Mas’udiy” asarining o’rni beqiyosdir. Bu asar muallifi Abulfayz Muhammad ibn al-Husayin al-kotib al-Bayhaqiydir (995-1077). U Eronning Nishopur shahrida badavlat mansabdor oilada dunyoga kelgan va ko’p yillar davomida G’aznaviylar davlatida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatgan.
Abulfayz Bayhaqiyning “Tarixi Oliy Mahmud” asari 30 jilddan iborat bo’lgan. Lekin bizgacha uning faqat kichik qismi (6-jildning ikkinchi qismi, 7, 8, 9 jildlari hamda 10-jildning bir qismi) yetib kelgan xolos. Bu qismlar Sulton Mas’ud (1030-1041) hukmronligi davri tarixini o’z ichiga olgan va “Tarixi Mas’udiy” nomi bilan ham ma’lum*. Lekin, muallifning o’z asarini qanday nomlagani esa bizga noma’lumdir. Muallif va uning asari haqida uning vatandoshi Abul Hasan Bayhaqi o’z asarida o’zining “Tarixi Bayhaq” asarida ma’lumot bergan. Ammo Abul Hasan asarining birorta to’liq nusxasini emas balki alohida bir qisminigina ko’rgan xolos. Asarning birinchi jildidagi (Sulton Mahmud haqidagi) ma’lumotlarni XV asrga oid Xofizi Abruning asarida ham uchratishimiz mumkin.*.
“Tarixi Mas’udiy” muallif o’zi ko’rgan va ishonchli kishilardan eshitgan ma’lumotlar, shuningdek, hukumat mahkamalarida salanayotgan rasmiy hujjatlar asosida yozilgan. Asar daliliy ma’lumotlarga boyligi, voqealarning chuqur va atroflicha bayon etilishi va nihoyat, zo’r badiiy mahorat bilan yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda G’aznaviylar davlatining ijtimoiy-siyosiy hayotiga alohida to’xtalib o’tilgan. Bundam tashqari G’aznaviylar bilan qo;shni davlatar o’rtasidagi munosabatlar jumladan,Xorazm, Saljuqiylar, Qoraxoniylar bilanbo’lgan siyosiy aloqalar mohirlik bilan yoritib berilgan.
“ Tarixi Mas’udiy” asarining bir qancha qo’lyozma nusxalari mavjud. Ular orasidagi eng muhimi XVI asrda Hindistonda ko’chirilganidir. Bu qo’lyozma bugungi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ilk bor “Tarixi Mas’udiy” asarining forsiy matnini ingliz sharqshunosi U. H. Morley nashrga tayyorlagan. “Tarixi Mas’udiy” asarining matni Tehronda toshbosma usulda yana nashrdan chiqdi(1886). Ushbu matn Adib Peshovariy nomi bilan mashhur eronlik olim Ahmad Peshovariy tomonidan sharhlanib nashr etildi. Asar matni nasx xatida bosmaga tayyorlangan*. Forscha matnning tahliliy nashri to’ldirishlar bilan birga 1945-yilda Tehron universiteti professorlari G’ani va Fayoz tomonidan chop etganlar*. “Tarixi Mas’udiy” ning tahliliy matni olti marotaba nashdan chiqqan, bu esa manbaning muhim ahmiyatga ega ekanligidan guvohlik beradi. Eronlik tadqiqodchilar Rahbar va Fayoz Tomonidan tayyorlangan so’ngi ikki nashr keng tahliliy-ilmiy nashr talablariga to’liq javob bera oladi*.
_____________
*B. Ahmedov “O’zbekiston tarixi manbalari”T. “O’qituvchi”. 2001.152-bet.
*B. B. Бартолъд “Работы по источниковедению”. Соч т. VIII. Изд. “Наука”M, 1973, C. 583

*http//www.vostlit.Info/Texts


*K.C.Mulladjonov. “Tarixi Mas’udiy” Dushanbe,2000.c7-8.
“Tarixi Mas’udiy” asari sovet davri tarixchilarning ham qozongan edi. Asar manbashunos olim A. K. Arends tomonidan rus tilida ikki marotaba nashrdan chiqarildi*.
“Tarixi Mas’udiy ” dan o’z ilmiy tadqiqotlarida manba sifatida foydalangan dastlabki tadqiqotchilardan biri bu taniqli sharqshunos olim V. V. Bartold hisoblanadi. U o’zining “Turkiston mo’g’ul bosqini davrida”* deb nomlangan mashhur asarini yozishda “Tarixi Mas’udiy” dan asosiy manbalardan biri sifatida foydalanildi.
“Tarixi Mas’udiy” nafaqat tarixcilarning balki, tilshunos olimlarning ham e’tiboriga sazovor bo’lgan asardir. Bu asar ustida lingvistik tadqiqotlar olib brogan Maxtamqul Solihov o’zining nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan*. M. Solihov nafaqat asarni lingvistik nuqtai-nazardan o’rgandi balki, u asar qo’lyozma nusxalari, turli davrlarga oid nashrlar, asarni o’rganilish tarixiga ham e’tibor qaratib o’tgan.
“Tarixi Mas’udiy” asari ustida olib borilgan so’ngi yirik tadqiqotni Tojikistonlik tarixchi Sayfulla Mullajonov amalgam oshirdi. U asarni tadqiq etish arqali G’aznaviylar davlatining ichki siyosati, qo’shni davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarni, davlat qurulishi masalalarini ochib berdi. Bundan tashqari “Tarixi Mas’udiy” asarining o’rganilish tarixini ham tadqiq etganligi alohida e’tiborga loyiqdir. S. Mullajonov “Tarixi Mas’udiy ” asari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan*.
Abulfayz al-Bayhaqiyning “Tarixi Mas’udiy” asari butun dunyo sharqshunos, tarixchi olimlarning doimo diqqatini tortib kelgan qimmatli manbadir va bundan keyin ham uning ahamiyati also kamaymaydi. G’aznaviylar davlati tarixi bilan bog’liq savollarga javob topishda, ushbu davlat tarixini tadqiq etishda, hamda o’sha davr siyosiy hayotini to’g’ri mushohada qilishda “Tarixi Mas’udiy” asariga murojaat qilmaslikning deyarli iloji yo’q. Chunki muallif o’z asarida bevosita o’zi guvoh bo’lgan hodisalarni ham bayon etganligi bilan u yanada qadrlidir.

XULOSA:
TerDU Tarix fakulteti 2-bosqich 201-guruh


talabalari S.Po’latov va F.Safarov

_________


*Bayhaqi Abulfazl. “Tarixi Mas’udiy” Tashkent.1962
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish