Kirish. Kurs ishi dolzarbligi


O`zbekistondagi diniy turistik rayonlar



Download 189,12 Kb.
bet4/9
Sana05.07.2022
Hajmi189,12 Kb.
#739525
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Karimov J

O`zbekistondagi diniy turistik rayonlar

O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda. Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda. Meros O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi. Toshkent Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir. Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi. Samarqand Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o’ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi” deb nom oldi. Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo’mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o’z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to’pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go’zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo’lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko’targan.
Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.

Buxoro. Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo’lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo’lib qolaveradi. Huddi to’r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo’rg’on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko’plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridan bo’lib qoladi. Xiva


Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.
Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O’zbekistondagi eng uzun minora Islom-Xo’jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko’k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib ulardan eng mashxuri marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir. Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko’chalarini o’rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.
Termiz Ko’p qirrali O’zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi. Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o’ng tomonida karvon yo’lida asos solingan bo’lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga o’yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashxur joy. Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud. Qoraqolpog`iston Bugunda Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o’zining afsona va sirlarini bo’lishishga tayyor Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma’daniy qiziqishni uyg’otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. An’analar Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida yashovchi o’zbek xalqining an’ana va odatlari ko’plab asrlar davomida zaroastritlar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va ko’chmanchi qabilalar urf odatlari va shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida shakllandi.
O’zbekiston bo’ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy yodgorliklarni ko’rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok etishlari mumkin. (Misol uchun Navro’z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng bo’lgan vaqt). Har bir yo’nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko’rish, milliy taomlarni tatib ko’rish va falklor shou dasturlarini ko’rish uchun mahalliy xonadonlarga tashrifni o’z ichiga oladi. Ayniqsa turli tumanligi bilan o’zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o’zbek xalqining xayot tarzi va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo’rranda ham zirovarlar isi bilan to’lgan o’zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi. Bozorlar Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to’kin-sochinlilik, xushmanzaralilik, shovqunlilikni O’zbekiston bozorlarida yaqqol ko’rish mumkin. Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to’lib toshishi, rang barang, baland ovoz va hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo’lishi kerak. Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o’tayotgan har qanday odam mo’l-ko’llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va kuzda hayratlanarli tusga kiradi. Bozorning qizg’in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi. Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi, zirovorlar isi va qovurilgan go’sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi. Mehmonxonalar Qadimdagi karvonsaroylar o’rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi. Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini qondirishi mumkin. Yagona ”qiyinchilik” didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni tanlashda bo’lishi mumkin. Yevropa uslubini hush ko’ruvchilar uchun zamonaviy interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma’nodagi sharqona muhitni hohlovchilarga esa o’zining naqshli eshiklari, rang–barang gilamlardan tortib sharqona ayvonlargacha ega bo’lgan mexmonxonalar ham muhayyodir. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch kabi katta shaharlardagi birinchi darajali mehmonhonalardan foydalanishingiz mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 350 dan ortiq mehmonhonalar sayyohlarni qabul qilib xalqaro standartlarga mos ravishda xizmatlar ko’rsatmoqda. Transport
O’zbekiston hozirda rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Manzilga yetib olishingiz uchun sizga Buyuk Ipak Yo’li davridagidek bir oy kerak emas. O’zbekiston bo’ylab katta shaxarlarga aviatsiya yordamida yetib olish tez va qulay.
Sayyohlar mamlakatning chiroyli manzaradan qulay va tez bo’lgan transport vositasi mashina yoki avtobuslardan foydalanadilar. Aktiv sayohatlar O’zbekiston faqatgina tarixiy va afsonaviy me’morchiligi bilan mashxur bo’lib qolmasdan, aktiv sayyohlik yo’nalishlariga ham ega. Mamlakatimizning geografik jihatdan qulay joylashganligi bu yerda zamonaviy qulaylik va yovvoyi tabiatning uyg’unlikka kirisha olishiga inkoniyat beradi. O’zbekiston hududida har qanday tabiat landshaftlarini; tog’, vodiy, cho’l, daryo va ko’lni uchratish mumkin.Trekking O’zbekistonning turfa xil maftunkor tabiati G’arbiy Tyan-Shan tog’i bo’ylab piyoda yurish va tog’ning butun go’zalligini his qilishni imkoniyatini beradi. Ko’plab alpinistlar va chang’ichilar ekstrimal hissiyotlar qidirib balandligi 3309 metr bo’lgan Chimyon tog’lariga intilishadi. Otda sayr Otda yurish har qanday yoshdagi va har qanday temperamentdagi odamga zavq bag’ishlaydi. Va bu bilan yil bo’yi betakror iqlim sharoitlarida shug’illanish mumkin. Otda yurishning eng mashxur yo’nalishlaridan biri bu o’zining flora va faunasi bilan mashxur bo’lgan Ugam-Chotqol milliy bog’idir. Toshkentdan go’zal vodiy dengiz sathidan 1600 metr balandligda bo’lgan katta va kichik Chimyon tog’lari etagida joylashgan dam olish maskani ”Chimyon oromgohi” ga 90 kilometrlik masofani otda bosib o’tishlari mumkin. Bu yerda mahalliy otlar zotidan qurama qorabair va shuningdek axaltek zotli otlarda sayr qilish mumkin. Tog’ havosining turli xil gullar va o’simliklarning isi bilan to’lgan musaffoligi, egarning g’ichrlashi, ot tiyoqlarining bir xilda taqillashi va ochiq osmon ostidagi hissiyotga to’la kechki nonushta bir umrga unutilmas taasurotlar qoldiradi. Tuyada sayohat Olis o’tmishdagi Buyuk Ipak Yo’lining harakatini his qilmoqchi bo’lsangiz Qizil-Qum cho’li bo’ylab sayohatga taklif qilamiz. Qum uyimlari, quyoshning ayovsiz jazirasi, har-har yerdagi saksavullar va tuya qo’ng’irog’ining ovozi va faqat cheksiz qumliklar... Bahorning boshida hayot baxsh etuvchi yomg’irlar cho’lni qirmizi lolalar va yashil maysalar gilami bilan qoplaydi lekin bu go’zallik juda qisqa vaqt davom etadi. Sayyohlar qulay avtomobillarini qoldirib tuyalarga minishadi va egzotik sayohatlarini boshlashadi. Bu unutilmas taasurotlar qoldiradi. Tasavvur qiling qondek qizil shafaq, yarqiragan qum uyimlari, o’tovdagi tunlar, egzotik milliy toamlar, falklor tomoshalari va issiq bundan yoqimli yana nima bo’lishi mumkin?! Xeli-ski va chang’ida uchish Birmuncha iliq ob-havo, butunlay shamolning yo’qligi, 300 kun quyoshning porlab turishi chang’i uchish mumkin bo’lgan qulayliklarnining, slalom, chang’i poygalari va tezlik bilan uchish turlarini borligi chang’i ishqibozlarini qishki dam olishlari uchun G’arbiy Tyan-Shanda juda qulay imkoniyatlar mavjud. So’ngi yillarda “Chimyon-Chorvok-Beldirsoy” oromgohi yangi lekin tezlik bilan rivojlanib borayotgan sport turlari heli-ski va free ride ishqibozlari uchun mashxur joylardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun dengiz sathidan 1600-2400 m yuqorida joylashgan oktyabr oyidan mayga qadar qor bilan qoplanib turadigan Chimyon tog’lar qiyaliklarida xalqaro tog’ chang’isi me’yorlarga mos keladigan tarzda sport ishqibozlari uchun qulayliklar yaratilgan.
Ko’plab heli-skiing ishqibozlari uchun dengiz sathidan 4000 m yuqorilikdan chang’i uchish boshlanib vodiyda tugaydi. U yerda kuniga 6 marotaba hali chang’i uchilmagan qorda uchish imkoniyati bor. Rafting Mahalliy tez oqar daryolarda rafting bilan shug’illlanuvchi ishqibozlar O’zbekistonni “Osiyoning Shvetsariyasi” deb ham atashadi. Chotqol daryosi bo’ylab rafting bilan shug’ullanish bu sportning ishqibozlari uchun sevimli mashg’ulot. Ular yo’nalishning ko’p kunliligi, qiyinchiligi jixatidan 5- darajada turishi va shuningdek landshaft, to’siqlarning ko’pligiga qiziqishadi. Bu yo’nalishda 50 dan kam bo’lmagan to’siqlar ishqibozlarni kutib oladi. Ulardan eng qiyinlari sharsharalar, tez oquvchi qiyaliklar, sayoz toshli, quyumlar, qoyali oqimlardir. Golf Qulay iqlim, toza havo, go’zal manzara va tabiiy landshaft. Toshkent ko’li Golf klubi 108 gektarli 18 chuqurchadan, doimiy yashil maysalardan, ko’plab daraxtlar va qiyaliklardan, ko’l va sharsharlardan iborat. Bular o’yinga ya’nada tabiiy to’siqlar yaratib qiziqarli tus beradi. Go’zal ko’l, atrofidagi maydon 18 chuqurchalarni har biriga alohida xususiyat beradi. Bu yerda shuningdek shug’ullanish maydonlari, tennis kortlari, suzish basseynlari va saunalar xizmat ko’rsatib turibdi. Hukumat va turizm O’zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo’lsada, u rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi. Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O’zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat. [3]
Bundan tashqari, milliy kompaniya respublikadagi barcha turistik tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo’nalishlarining rivoshlanishini rag’batlantiradi, kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb qiladi. 1993 yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” (UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak yo’lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni koordinatsiyasi bilan shug’ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda. Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O’zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o’ziga hos bo’lishini ko’rsatib berishda muhim ro’l o’ynaydi. Bundan tashqari O’zbekistonning turistik salohiyatini qo’llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o’tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo’lidagi turizm” yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o’zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o’rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri sifatida nom qozongan.

3. Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” Toshkent “O’zbekiston” 2006


Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi. Shoshtepa — qadimiy arxeologik yodgorlik. Bu joyda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda yashagan o'troq aholi turar-joylarining qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi 11-1 asrlarda atrofi aylanma devor bilan o'rab olingan doira shaklidagi qal'a-qo'rg'on qad rostlagan. Qalinligi 4 metrli qo'rg'on devori yirik xom g'ishtlardan bunyod etilgan. Qo'rg'onda shaharsozlik madaniyatining asosiy belgisi hisoblangan hunarmandchilik rivojlangan. Arxeologik qazishmalar chog'ida o'sha davrga oid hunarmandchilikning noyob buyumlari topilgan. Yangiqo’rg’on tumani Oq tom qishlog’idagi «Axtam Saxoba» ziyoratgohi Yangiqo’rg’on tumanidagi tabarruk ziyoratgohlardan biri hisoblanib, Oqtom qishlog’ida joylashgan. Qishloqning nomlanishi tarixi ham shu ulug’ zot nomi bilan bog’liq. Axtam sahobaning to’rt o’g’illari bo’lgan, deyishaji. Oqtom qabristonidagi muborak uch qabrning o’rtasida ota, ikki yonlarida esa ikki o’g’illari joy olishgan ekan.  Uychi tumani Fayziobod qishlog’idagi «Devonabuva» maqbarasi Namangan viloyati Uychi tumanidagi peshtoqli, gumbazli Devonabuva maqbarasi tashqi ko’rinishidan XVI asr oxirlarida yuzaga kelgan katta gumbaz - peshtoqli xajm ko’rinishiga kelgan qoidaga ko’ra, to’rt tomondan teshiklar bilan bo’lingan. Kirish peshtoqi qismlari va o’lchamlariga ko’ra maqbara xonaqoxini eslatadi. XVIII asr yodgorliklariga xos bo’lgan gumbaz abrisining past qismidagi tik sinish va gumbazning cho’qqisidagi uncha baland bo’lmagan ko’tarilishning mavjudligidir. Maqbara pishiq g’ishtdan qurilgan. Tomonlar xajmi 25 -27 sm, qalinligi 4,5 -5 sm ganchli qorishmadan 10 qatorga 10 choklidan 73 sm o’lchamda qo’yilgan. Peshtoq taxminan XIX asr oxirida rus g’ishti bilan ta’mirlangan. Binoning ichki ko’rinishi suvoq bo’ylab bir necha marotaba gul bilan bezalgan. Tasvirlar mavzusi o’simliklar (majnuntol shoxchalari, gulli gultuvaklar) va maxsus o’rganishni talab etuvchi epigrafikadan iborat. Xozirgacha o’rganilmagan Devonabobo maqbarasi o’zining me’moriy qiyofasi bilan serviqor va o’ziga xosdir.
Bibi Naima (sutli buloq) ziyoratgohi va masjidi
Mazkur ziyoratgoh Chortoq tuman sobiq Bobur shirkat xo’jaligi xududida joylashgan. Bibi Naima ona Sulton Uvays Karaniyning onalari bo’lib, qabrlari «baliqli mozor» ziyoratgohidan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Bibi Naima ona ziyoratgohiga XII - XIII asrlarda maqbara tiklanib, shundan beri bu joyga ziyoratchilar kelib turishadi. "Zirkmozor" ziyoratgohi Zirkmozor ziyoratgohi Chortoq tumanining Arbag’ish qishlog’ida joylashgan bo’lib, muqaddas qadamjolardan xisoblanadi. Xalq orasida boshqa ziyoratgohlar kabi bu joy xaqida xam turli rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan oldin o’zlarining qimmatbaho to’nlarini Sulton Voizga meros qilib qoldirganlar. Uni egasiga topshirishni o’z yaqinlariga vasiyat qilgan ekanlar. Ularning vafotlaridan keyin bu to’nni Sulton Voizga topshirish vazifasi Payg’ambarimizning kuyovlari Xazrati Aliga yuklatilibdi. Xazrati Ali Sulton Voizni axtarib Zikrmozorga kelibdilar va o’sha yerda nomoz o’qibdilar. Xazrati Ali namoz o’qiyotganda boshlarini qo’ygan joydan daraxt, hassalarini sanchib qo’ygan joydan esa buloq chiqqan emish. Shuning uchun bu joy Xazrati Alining qadamlari yetgan aziz joy hisoblanarmish. Jizzax vohasi qadamjolari Ona diyorimiz – O’zbekiston tarixi shu zaminda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan juda katta tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga arzigulikdir. Jizzax vohasi ham ana shu buyuk tarix shodasida avlodlar ardog’iga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o’ringa daxldor. Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganda, albatta jahon tarixiga daxldor sanalmish «Sayxonsoy qoyatoshlari»dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan «Peshag’or g’ori» madaniy qatlamlarini , ikki ming – ikki yarim ming yillik tarixga ega «Mozorsoy yodgorliklari»ni, «Jomonjar yer osti ehromlari»ni, qadimgi manbalarda tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq (1,2,3,4,5,6), Marsmanda, undanda qadimgiroq bo’lmish xitoy solnomalarida tilga olingan «Yecha shahri» qoldiqlari bo’lmish qadimgi qal’alar va shaharlar o’rinlarini faxr bilan tilga olamiz. Bundan ming yillar burun bobolarimiz o’z zamonasida butun O’rta Osiyoda eng qadimgi va eng mahobatli irrigatsiya inshooti sanalmish «Band to’g’oni»ni juda katta mahorat bilan bunyod etishgan-lari kishini lol qoldiradi.
Bu hududda yashagan el-nufus tomonidan ming yillardan berisiga aziz tutib kelingan «Temir darboza», “Sa’d ibn Abu Vaqqos”, “Parpi ota”, «Xo’jamushkent ota”, “Novqa ota”, “O’smat ota”, “Said Burxoniddin Qilich”, “Xo’jabog’bon ota” kabi ko’plab mo`’tabar ziyorat manzillari va qadamjolar borki, bugungi mustaqillik yillari sharofatidan yanada obod va ko’rkam manzillarga aylandi, o’z salobati va salovati bilan yurtimiz saodatiga shukuh bag’ishlab turibdi.
Har bir yurtning o’z tabarruk maskanlari, bosh uzra tutgan muqaddas ziyoratgohlari bo’lgani kabi Jizzax vohasining ham mo’tabar ziyoratgohlari bor.
«Archamozor ota» ziyoratgohi
«Beshbuloq ota» ziyorat manzili
«Boboyakka» qadamjosi
«Bog’i mozor» ziyoratgohi (Sayyid Mir Xalililloh ota ziyoratgohi)
«Jondahar ota» ziyoratgohi
«Ko’k to’nli ota» ziyoratgohi
«Narvon ota» ziyoratgohi
«Novqa ota» ziyoratgohi
«Parpi oyim» ziyoratgohi
«Sayfin ota» ziyoratgohi
«Sa’d ibn abu Vaqqos» ziyoratgohi
«Xoja Qahhor Vali» ziyoratgohi
«Xonbandi» suv ombori
«Xo’ja Bog’bon ota» ziyoratgohi
«Xo’jai Sarob ota» ziyoratgohi
«Xo’jamushkent ota» ziyoratgohi
«Changovul bobo» ziyoratgohi
«Cho’qmozor ota» ziyoratgohi
«O’smat ota» ziyoratgohi
«G’o’bdun ota» ziyoratgohi
«Qirqchilton» ziyoratgohi
«Qobulmozor» ziyoratgohi
«Qoplon ota» ziyoratgohi
«Qulfisar ota» ziyoratgohi
«Qum ota» ziyoratgohi



1.3.1-rasm. Islom olamida eng mashhur “Langar Ota” ziyoratgohi
HAQRAHNI TIKLAGAN USTA. Uning dadasi va akasi mohir ta’mirlovchi usta bo’lishsa ham bu kasb sirlarini Muzaffarga o’rgatishmadi. "Bizga orqa qilib, qo’l uchida ishlashi mumkin", degan fikrda yoshlarga nisbatan qattiqqo’l va talabchan usta, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Rabijon Qurbonovga shogirdlikka berishdi. O’sha kezlar 9-sinfda o’qiyotgan Muzaffar har kuni dars tugashi bilan yo’l-yo’lakay tushlik qilib, ustozining oldiga yugurardi. Qurilish chiqindilarini tashish, loy yoki ganch qorish, ustaga terish uchun ғisht uzatib turish singari oғir yumushlardan qochmadi, sabr-toqat bilan hunar o’rgandi. Hali maktabni bitirmay turib, Usto Shirin Murodov nomidagi yodgorliklarni ta’mirlash ilmiy-ishlab chiqarish ustaxonasi ishchisi bo’ldi.
Muzaffar Mirzaev binokorlik sirlarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida 1970 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti qurilish fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kirdi. Kunduzlari taniqli usta Ochil Bobomurodov brigadasida ishlab, qator masjid va madrasalarni ta’mirlashda ishtirok etdi. Bu orada harbiy xizmatga chaqirildi. Armiyadan qaytgach, qadimiy yodgorliklarning yillar o’tishi bilan turli xil ta’sirlar oqibatida qiyshaygan minoralarini tros simlari bilan tortib rost¬lash hamdapoydevorini mustahkamlash, yangilarini barpo etish texnologiyasini o’rgandi. Gavkushon madrasasi, Bolohovuz masjidi yonidagi oғayotgan minoralarni tiklash, Sayyid Mir Kulol me’moriy majmui va Sayfiddin Boxarziy masjidi oldida yangidan qurilgan naqshinkor kichik minoralar Muzaffar Mirzaev va uning shogirdlari zargarona mehnatining samarasi bo’ldi.
U 1997 yilda "Usto Mirzo" xususiy firmasini tashkil etgach, ta’mirlovchilik kasbiga mehri baland o’ғillari Ma’mur va Bahodir, shuningdek, Sharif Rahimov, Shuhrat Obidov singari hamkasblari va qator shogirdlaridan iborat 17 kishilik jamoaga boshchilik qildi. Bu firma ahli Abdullaxon timi, Xalifa Xudoydod, Volidai Abdulazizxon madrasalari, Chorbakr, Bahouddin Naqsh¬band me’moriy majmualarida olib borilgan ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etdi.
2008 yilda Buxoroda shahar qal’a devori va qadimiy darvozalarini tiklash bo’yicha sa’y-harakatlar boshlanganda Muzaffar Mirzaev boshliq ta’mirlovchilarga sho’rolar davrida — XX asrning 60-yillarida batamom buzib tashlangan Shayx Jalol darvozasini qayta qurish vazifasi topshirildi. Usta bu murakkab ishga kirishishdan avval me’morlar va tarixchi olimlar bilan birgalikda ko’hna darvozaning avvalgi joyini aniqlab, obidaning 30-yillarda aeroplan yordamida olingan fotosuratlarini, arxiv materiallarini qunt bilan o’rgandi. Shundan so’nggina qurilish ishlari boshlandi. "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilarining shijoatli mehnatlari tufayli tez orada Shayx Jalol darvozasi ko’kka bo’y cho’zib, boshqa ustalar qayta tiklagan ko’hna qal’a hamda Xo’ja Ismat Buxoriy me’moriy majmuasi chiroyiga uyg`unlashdi.
Abu Hafs Kabir tarixiy-me’moriy majmuini barpo etish loyihasida bu allomaning islom dini ravnaqi yo’lidagi xizmatlari e’tirofi hamda xotirasiga ehtirom sifatida uluғ fiqhshunos olim va ulamo dafn etilgan qabristonga tutash hududda qurilgan Hazrati Imom darvozasini yangidan tiklash ko’zda tutilgan edi.
Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.Bu ish ham viloyat rahbariyati tavsiyasiga ko’ra "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilariga topshirildi.
VIII asrgacha Xufra, Darvozai Nav nomlari bilan yuritilgan bu obidaga tutash qabristonga Abu Hafs Kabir dafn etilgandan so’ng buxoroliklar uni Hazrati Imom darvozasi deb atagani ko’pgina manbalarda qayd qilingan. Shuningdek, el orasida bu darvozaning Haqrah degan nomi ham bor. Chunki o’tmishda ko’pgina kishilar shaharning aynan shu darvozasidan chiqib, mushkullariga najot so’ragani Abu Hafs Kabir huzuriga yo’l olganlar. Avliyo bergan fatvolar to’ғri bo’lgani bois odamlar allomani Imomi Hojatbaror, ziyoratgohga borgan qayroq yo’lni Haqrah — Haqiqat yo’li deb ataganlar.
Abu Hafs Kabir me’moriy-yodgorlik majmuasi loyihasini tayyorlagan arxitektor Mahmud Ahmedov ana shu jihatlarni hisobga olib, qayta quriladigan Hazrati Imom darvozasini qutluғ ziyoratgohning boshla¬nish joyi sifatida belgiladi.
Darvozaning har biri diametri 8,5 metrni tashkil etgan ikki guldastasi poydevorini mustahkamlashda o’tmish ustalarining qadimiy usullaridan foydalanildi. Chunonchi, xarsangtoshlar ustiga avval qurigan qamish, keyin ohaktosh va yana qamish qatlamlari yotqizilgandan so’nggina ustalar loyihaga asosan ғisht terishga kirishgani yangi obidani zax suvlar va sho’r ta’siridan saqlash imkonini berdi. Balandligi 11, 10 metr, devorlari qalinligi 1,56 metr bo’lgan, 23 ta gultojdan iborat uch qavatli bu darvoza chizmalarini ko’zdan kechirgan Muzaffar Mirzaev uni tiklash uchun 365 ming dona oddiy salloti va 52 ming dona obi ғisht, 65 ming kubometr beton ketishini o’zicha hisob-kitob qilib berdi.
Ob’ekt nihoyasiga etgach, nafaqat uni barpo etishda qatnashgan Homid Jo’raev, Olim Sultonov, Shukur Jo’raev, Ma’mur va Bahodir Mirzaevlar, balki me’moriy majmua qurilishiga jalb etilgan barcha binokorlik tashkilotlari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlar ham ustaning hisob-kitoblari naqadar to’ғri kelganiga hayratdan yoqa ushladilar.
Bu shunchaki Muzaffar Mirzaev (suratda) bashorati yoki tavakkaliga aytgan raqamlarning sarflangan qurilish ashyolari hajmiga to’ғri kelgani emas, balki uning ta’mirlovchilik sohasidagi 40 yillik mehnat tajribasining hosilasi edi. Balki muqaddas qadamjolarni obod etgan ustalarga Yaratganning o’zi ana shunday ғayritabiiy xislatlarni ato etar...
Ko`hna tarix saxifalarini varoklar ekanmiz , kuz oldimizdan mo’jiza kabi ajoyib memorchilik obidalari utadi. Qadimiy imoratlar , inshootlar xar biri inson qo’li bilan tiklangan. ,uning xar bir g’ishtida bobolar nafasi seziladi. Yuksak maxorat , Yorqin daxo bilan ijod etilib barpo bulgan yodgorliklar xalkimizning madaniy boyligi faxri va g’ururidir . Ana shunday sanat durdonalarini yaratgan memorlarga , xalq farzandlariga oddiy ustalarga taxsinlar aytamiz Minorai kolonni eslaylik .Necha necha vokealar shoxidi, aziz va mutabar bobolarimiz kurgan tabarruk yodgorlik Minora 1127 yilda Arslonxon farmoni bilan kurilgan. Yaqinda memor nomi xam aniqlandi. G’ishtning bezaklar orasiga ustobako deb ezilgan ekan.
Buxoro minorasi memor Bako daxosining yuksak parvozidan darak beradi.
Buyuk allomalar katorida memorlar buned etgan edgorliklar kuxna tarix zaminida turli davrlarning ajoyib xaykalidir.
O’zbekistonning eng ko’hna va yodgorlik obidalariga boy bo’lgan shaxarlardan biri Buxorodir.
Buxoro ko’hna shaxar shoxidir, ajoyib obidalar shaxri xakida eshitmagan biror kimsa bulmasa kerak. Buxoro shaxri eng qadimiy shaxarlardan biri bo’lib , madaniyat markazi , din maskani va geografik jixatdan karvon yo’llari o’tadigan azim shaxar xisoblanadi. Buxoro fakat obidalar shaxrigina emas , bugungi Buxoro o’z kelajagini yarataetgan bunedkor shaxar Uzbekistonda sanoat va kishloq xujaligi rivojlangan yirik viloyat markazidir.
Buxoro –bir necha asrlarning( !X-XX ) arxitektura yodgorliklarini saklab kelayotgan shaxarldardan biridir. Bu erda o’sha davrda qurilgan binolarning deyarli xamma turlari bor. Memorchilikning ajoyib namunalari shu kunlarda xam xozirgi zamon arxitekturasi uchun xam kupgina kimmatli narsalar beradigan manba bulib xizmat kilmokda . Moddiy va madaniy yodgorliklari, memoriy durdonalari Buxoroga kelgan kuplab MXD va chet el turistlarini o’ziga oxangrabo kabi jalb etadi, ular moxir memor va ustalarning fayzli ijodkorlarini kurishga oshikadi.
Qadimiy Buxoroning xar bir g’ishtida utmish vaqt asari ko’zga tashlanib turadi.Buxoro musulmon olamida aloxida urin egallagan. Uzok yillar davomida shaxarda diniy obidalar xukm surib, jaxolat zulmatida saqlanib kelingan . Shuning uchun xam Buxoroning eng yirik diniy bilim dargoxlaridan biri bulgan Mir Arab madrasasi (1530-1536) bulakcha rejalashtirilgan. Ulkan kompozistili bino kurilishi xarakterli timsoli bulib, xovlisi turt ayvonli va old tomoni yuksak peshtoklidir. Abdulazizxon madrasasi esa (1652) bezaklarining serxashamligi bilan ajralib turadi.
Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, `oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan `musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.
Abdulazizxon madrasasi - Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo‘sh imorat ansamblning jan. tomonida me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652 yilda qurilgan. Ulug‘bek madrasasining (1419) qershisida.
Monumental Kukaldosh madrasasi (1568-1569) , Nodir Devonbegi madrasasi (1568-1622) xamda xonakoxni 16-20 uz ichiga olgan Labi xovuz ansambli shaxarning eng kurkam va ekimli joylaridan biri bulib kolgan 16 asrning boshlarida Buxoroni uzbeklarning ikkita kichik uruglaridan tashkil topgan dinastiyasi bosib olgan. Ular xukumronliklarinng birinchi yillari Samarkandni markaz kilib oldi. Bir necha vakt Buxoro uzining siesiy mavkesini yukotib kuydi,lekin 16 asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon Xukmronligi davrida (1557-1598) Buxoro yana siesiy markaz bulib. “Buxoro” nomi bilan yurishlar boshlandi. 16 asrning ikkinchi yarmida savdo-sotik va mol ayirboshlash avj olib ketdi. Buxoro xoni Abdulloxon Maskvada beshta elchisini savdo-sotik va diplamatik alokalar urnatishi uchun yubordi. Bundan tashkari kelgindi ruslar uchun mexmonxona tarikasida katta saroy kurdirdi.16-17 asr Buxoroning gullanish davri buldi. Shaxar kayta kurildi desa xam buladi. Uning kiefasi uzgardi. Yangi ansambllari paydo buldiki ular bizgacha etib keldi.Maxobashli arxitektura edgorliklari dalolash beradiki. Shaxarda me’morchilik maktabining gullagan davri bulgan Koraxoniylar sulolasining vayrona madrasa masjidlari urniga masjidi kalon (1514), MirArab madrasasi (1530-1536) undan keyin machiti Baland va Xuja Zayniddin Xonakosi kad kutardi.
Ruslar yahudiylar bilan - xalq, Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi (taxminan 120 mln. kishi). Ukrainada 11,35 mln. kishi, Qozogʻistonda 6,23 mln. kishi, Oʻzbekistonda 1,65 mln. kishi, Belorussiyada 1,34 mln.
Masjidi kalon (fors. - katta masjid) - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. 12-asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga 14-15-asrlarda qurila boshlanib, 16-asr boshlarida taʼmir etilgan. (masjid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqdangan).
Eskiing oldingi ansambllari remon kilindi, kupchiligi kayta kurildi. Shaxar chetida maxobatli Baxovuddin va chor bakr ansambllari kad kutardi. Buxoroda xalk me’morchiligining eng qadimiy arxitektura edgorliklari saklanib kolgan shaxarning eng qadimiy arxiologik edgorliklaridan biri Arkdir. U 20 metr baland tepalikustida kurilgan Ark maydoni 4,2 gektar keladi. Rejaga kura Arke pik kup burchak shaklidagi inshootdir. Uning tik devori bir vaktlar eppasiga blok bilan maxkamlangan edi. [4]
4..Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006
Qadimiy devorning kanday kurilganligi usti sal ochiklik kolgan shimoliy tomonidan yaxshirok kurish mumkin. Bu erda xar xil xayvonlarning suyak koldiklari, idish-tovok siniklari va boshka narsalar aralashgan tuprok katlamlari kurinib turibdi. Ark devori kup marta kayta kurilgan va remont kilingan . Arkning shimoliy devori unga mustaxkam emas. Bu devorda keyingi yillarda kup marta kayta kurilgan va remont kilingan joylarni kurish mumkin. Arablar jilolasiga kadar Arkda shaxar xokimlari Buxoro xudotlari yashagan. Samoniylar davrida (!X-X) Ark kaytadan kurilgan xamda devor va mezonlar bilan mustaxkamlangan. Koraxoniylar sulolasi davrida (X!-XP) asrlar va mugillar boskinchiligi davrida (XSh) asr Ark bir necha bor vayron kilingan. Arkning xozirgi kiefasi Shayboniylar sulolasi davrida tiklangan.
Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
Shayboniylar - Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500-1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15a. oxiri va 16-a. boshlarida tojtaxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar (q. Temuriylar)nhht oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. [5]
Juma majiddan (1919y) boshlangan tor tor kucha kushbegi xovlisi oldidan, kichkina gumbazga – chorsuvga olib chikadi. Bu erdan salomxonaga kiriladi. Salomxonada amir uz amaldorlarini va kelgan kishilarni kabul kilgan. Chorsuvning ung tomonida amirning oshxonalari bulgan . Chorsuvning chap tomonida tosh etkizilgan katta xovli kurinish xona bor. Bu erda elchilarni kabul kili shva amirlarni taxtga kutarish marosimlari utkazilgan xovlining uch tomoni ayvon kiraverishda nakshli peshtok bor. (1605) xovlining shark tomonidagi taxtiravon tagida marmar taxt turgan.

5..Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006


U nurato marmar toshidan kilingan ekan, Arkning butun Sharkiy kismi vayron kilingan shaxarchaga uxshaydi.
IX asrdan to xozirgi vaktgacha barcha tarixiy davrlarning edgorliklari bor. Shuning uchun Buxoroni «arxitektura muzey» shaxri deb atalishi bejiz emas. 1X asrda Buxoroda bolshevik katta er egalari –Samoniylar xukmronlik kila boshlaganlar. Bu sulolaning asoschisi Ismoil Somoniydir. Somoniylar xukmronligi davrida Buxoro shaxri gurkirab yuksalgan madaniyat xamda ilm fanning yirik markaziga aylangan. Bu davrda jaxonning buyuk mutaffakirlarni Shark Olimlari va shoirlarini etkazib berdi. Ular orasida Abu Abdullo Rudakiy (885-940) Abu Ali Ibn Sino (980-1037) xam bor.
Ismoil Samoniy makbarasi (!X-X asrlar ) Samoniy makbarasi xozirgi madaniyat va istiroxat bogidadir. U Kub shaklida bulib yarim sharsimon kuba bilan epilgan . Devori kalin bulganligi tufayli bu edgorlik ming yildan beri yaxshi saklanib kelmokda.
Makbaraning asosiy fasadi yuk, turt tomoni xam bir xil. Makbaraning tashki va ichki devorlariga jimjimador kilib pishgan gisht terilgan. Usha vaktlarda bino shunday bezatilgan. Ustalar kvadrat shaklidagi gishtlarni xar xil usulda terib devorni badiiy jixatdan goyat guzal kilib bezatganlar. Bu uziga xos shakllar makbaraning tekis devorini shunday nafis bezaganki , kuyosh tushgan sari , ertadan kechgacha makbaraning gishtlari xar xil rangda tovlanadi.Oy yorugida ayniksa chiroyli bulib kurinadi. Jaxon arxitekturasi bu usulda bezatilgan birorta boshka tarixiy edgorlikni uchratgan emas. Makbaraning jaxon axamiyatiga ega bulish sababi xam anna shunday, ezma manbalar va xalk rivoyatlariga kura bu edgorlikka Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy xaet bulgan vaktda u otasining kabri ustiga kurdirgan. Keyinchalik uzi xam shu erda dafn etilgan.
Minorai kalon (1127) Buxoroda Minorai kalondek baland va muxtasham birorta inshoot yuk. Bu minora bir vaktlar mavjud bulgan baxaybat kompleksning bir kismi edi. XV asrning boshlarida Koraxoniylar avlodidan biri Arslonxonning buyrugi bilan minorani ishgol etilgan. Buxoroda 1417 yillar Ulugbek tomonidan chiroyli machitlar Buxoro , Samarkand, Gijduvonda kurilgan. XU asrdan Buxoro Yangi shayboniylar sulolasining markaziga aylandi. 1500-1530 yillar Buxorodagi Qadimiy obidalar kurilishiga etibor berilgan. [6]

6..Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006



Download 189,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish