Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Diniy turizm tasnifi o’rganish ob’ekti bo’lsa, turizmni rivojlantirish usullari kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi turizmda diniy turizmni rivojlantirish va uni mukammal o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
Diniy turizmni o’rganish;
Diniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari o’rganish;
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 31bet, shundan asosiy matn 26 bet. Matnda jadval, 1 ta rasm joy olgan, 20 nomdagi adabiyotlar va 5 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.
I.BOB. DINIY TURIZM MOHIYATI VA AHAMIYATI
Diniy turizmining aholi turmush darajasini yuksaltirish va jamiyatning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir
Biz diniy turizmining aholi turmush darajasini yuksaltirish va jamiyatning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish jihatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, diniy turizmining barqaror rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab madaniy va insonparvarlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekanligini e’tirof etamiz. Biz axborot texnologiyalarining Ziyorat turizmiga, ayniqsa reklama, marketing, turizm mahsulotlarini differentsiatsiya qilish va ixtisoslashtirish sohasiga o‘zgarishlar olib kirishini alohida ta’kidlaymiz. Bundan tashqari, Ziyorat turizmi shaxslarning individual o‘sishi hamda asosiy ijtimoiy normalar va milliy qadriyatlarni mustahkamlashiga qat’iy ishonishimizni yana bir bor ta’kidlaymiz.
Biz quyidagi qoidalar asosidagi kelishuvimizni tasdiqlaymiz:
1. Xavfsizlik, turistlarni himoya qilish va ularning qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zaruriy shartlaridandir. Sayohatni yengillashtirish, turistlarning safarlari va turar-joylari, ularning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Xalqaro reyting agentliklari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik va baxtiyorlik reytingida dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichga ega besh davlat qatoriga kiradi.
2. O‘zbekiston aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi, turli e’tiqod va madaniyatlar vakillari tinchlik va o‘zaro hurmat muhitida yashaydigan dunyoviy davlatdir. O‘zbekiston ko‘p asrlik bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik an’analari bilan maqtana oladi. Ko‘pchilik etnik va diniy xilma-xillikni Buyuk Ipak yo‘lining madaniyat va sivilizatsiyalar o‘chog‘i sifatidagi merosi deb tan oladi. O‘zbekiston 2018 yil 12 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasida “Ma’naviy va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. [1]
1..Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006
3. Ziyorat turizmining markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston ma’naviy islomning haqiqiy qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda islomning qonuniy, ilmiy, uslubiy va falsafiy asoslarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
4. O‘zbekistonning yuzlab madaniy va tarixiy obidalari UNESCOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga olingan bo‘lib, yosh avlod qalbida O‘zbekistonning bebaho tarixiy merosi, milliyligi va yuksak ma‘naviyatiga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishga yordam beradi.
5. Milodiy 644-646 yillarda yozilgan Xalifa Usmon Qur’oni (Mus’haf) kitobi musulmon madaniyatining ko‘p asrlik madaniy va tarixiy merosining muhim va noyob manbasi sifatida e’tirof etiladi. Toshkent shahridagi “Mo‘yi-Mubarak” madrasasining maxsus xonasida saqlanayotgan Xalifa Usmon Mus’hafi butun dunyodan kelgan olimlar, din arboblari, ziyoratchilar va turistlarni o‘ziga tortib kelmoqda.
6. Jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy tarixi, noyob ilmiy va ma‘naviy merosi hamda mamlakatimizning jahonga mashhur tarixiy shaharlariga butun dunyodan turistlarni islom va boshqa sivilizatsiya markazlariga ziyorat qilishga chorlaydi.
7. Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Abu Mansur Al-Moturidiy, Bahouddin Naqshbandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, Shamsuddin As-Samarqandiy kabi olim va mutafakkirlarning tarixiy me’rosi va boshqa ko‘plab olimlar va O‘zbekistonning muqaddas so‘fiylari butun insoniyatning mulki hisoblanadi va millionlab turistlarni O‘zbekistonga tashrif buyurishga undaydi.
8. O‘zbekiston Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash an’anasini davom ettirmoqda. Turli millat va dinlarning ko‘p asrlar davomida tinch-totuvlikda yashab kelayotganligi tufayli o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik an’analari qon-qonimizga singib ketgan. Shunday qilib, Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi ishtirokchilari yanada tinch, insonparvar, barqaror, birodar va birlashgan dunyoni qurishga o‘z hissalarini qo‘shish bilan bir qatorda, O‘zbekistonni Ziyorat turizmining markazlaridan biri deb tan olishadi va Butunjahon turizm tashkiloti, hukumatlar va xususiy sektor vakillarini “Buxoro deklaratsiyasi”ning qoidalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqiradi.
Turistik oqimlarga diniy motivasiyalar sezilarli ta’sir o’tkazadi. Diniy turizm ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Ilk sayohatlar to’g’risida ma’lumotlar Antik davrga taaluqlidir. Eng mashhur ilohiy
markaz Ollada Delfada joylashgan. U o’z diniy peshvolari bilan umumiy Gresiya
ahamiyatiga ega bo’lgan. Ko’p sonli zohidlar, sayyohlar bu yerga bashoratchi Pifiyaning karomatlarini kutish uchun kelishgan. Diniy motivlar bo’yicha migrasiya O’rta asrlar davriga to’g’ri keladi, u taraqqiy etish davom qildi, yangi qirralar paydo bo’ldi. Ziyorat Solb yurishi shaklida o’ziga xos ommaviy xarakater kasb etadi. U shakkoklarga (musulmonlar) qarshi kurash bayrog’i ostida, xristianlarning muqaddas joylarini ulardan ozod qilish shiori ostida o’tkazilgan. Ziyorat harakatlari XV va XVI asrlarda sezilarli kengaygan. Uning ko’lami kengayishi bilan oqimlari har xilligi ham kuchaydi. Muqaddas yerga borayotganlarning ko’pchiligi o’z maqsadlari va qiziqishlarini diniy ziyorat bilan niqoblashgan. Ular orasida quddusda Xudo qabriga o’zini bag’ishlagan aslzodalar ham, avliyolik bilimlarni egallashni orzu qilganlar ham, ijod ahlilari ham bo’lgan masalan, Yustus Tepellus va Velgelm Postel – Fransiya qiroli Fransiska II topshirishga ko’ra, Falastinda Parij kutubxonasi uchun qo’lyozmalar yig’ilgan, savdo-sotiq maqsadida sayohatga chiqqan savdogarlar ham bo’lgan. XIX asrda «Muqaddas sayohatlar» tashkiliy shakl kasb etdi. 1861 yildan boshlab har yili Fransiyada respublika hukumatining cherkovga qarshi jinoyatlari uchun tavba-tazarri qilish belgisi ostida ziyoratchilar karvoni tashkil qilingan. Uning ishtirokchilari soni 300-400 kishiga yetgan. 1870 yillar oxiridan fransiskachilar Venadan va Myunxendan ham xuddi shunday karvonlar jo’nata boshladilar. Bugun ham ko’p asrlar avvalgidek diniy e’tiqod sayohat bosh motivlaridan biri hisoblanadi. Har yili 200 mln. kishi dunyo bo’ylab ziyoratga boradi. Ulardan 150 mln. xristianlar, 20-30 mln. hindlar, 40 mln. buddistlar, musulmonlar, sintoistlar va boshqalardan, ziyoratchilar ruhiy xotirjamlik, og’ir iztiroblardan xolos bo’lish, ma’naviy yaqin kishilari bilan bir bo’lish umidida muqaddas joylarni tavob qiladilar. Ular yashash va hayot mazmunini ato etgan yaratganga shukrona aytish uchun yo’lga otlanadilar. Bu bilan o’z imon – e’tiqodlariga sodiq ekanliklarini izhor qiladilar. Ziyoratchining keng va xilma-xil geografiyasini o’rganish uchun rayonlashtirishdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |