2.3. Diniy ziyoratgohlarda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
Darhaqiqat, O’zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda diniyturizm, ya’ni aziz qadamjolarni ziyorat qilish
maskanlariga juda boy hisoblanadi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa
jonajon O’zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar,
ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ko’pgina avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari qaytadan ta’mirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga
Bahoviddin Naqshbandiy, G’ijduvoniy, Imom al-Buxariy, Mahtumi
A’zam, Shohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz
avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go’zal ziyorat
qiladigan va ma’naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom
Al-Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro ahamiyatga
egadir. Chunki, bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina
shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat
qilish uchun qulay shartsharoit yaratish, ya’ni infratuzilmani shakllantirish
bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu yerda asosiy vazifa
xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib
ketishlariga erishishimizdir. Buning uchun Samarqand shahri aeroportini
jahon andozalariga yarasha bo’lishi, masalani asosiy yechimidir. Mustaqallik
yillarida diniy qadamjolarga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz qo’nim topgan maskanlarni qayta tiklash,
obodonlashtirish, ta’mirlashga jiddiy e’tibor berganligi tufayli ziyoratgoh
maskanlar 1.5 mlrd. Musulmon dunyosini o’ziga tortmoqda. Hozirgi kunda
mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga
jiddiy e’tibor qaratish lozim. Xususan, Janubi – Sharqiy Osiyo va G’arbiy
Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida tadbirlar ishlab
chiqish kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar
tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash,
umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini
yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, yo’l qurish,
transport imkoniyatlarni o’rganish maqsadida muvofiq deb hisoblaymiz.
Diniy ziyoratgohlar kam mablag’ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi
shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o’nlab, yuzlab diniy
qadamjolar mavjud. Ammo ularni ziyorat etish marshrutlari aniq tuzilmagan.
Achinarli holati shundaki, islom dunyosida katta xizmat qilgan,
avliyo darajasiga ko’tarilgan siymolarimiz abadiy qo’nim topgan
maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqyosidagi
bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika
va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh obyektlariga aylantirish mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, diniy turizm hamma vaqt sayohatning eng
aktiv turi bo’lib kelgan. Insoniyat borki, u e’tiqod qiladi, sig’inadi, ruhan va ma’naviy jihatdan poklanishga harakat qiladi. Shuning uchun u diniy
ziyoratni hoxlaydi. Buning uchun muqaddas ziyoratgoh bo’lishi shart.
Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib,
kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat
kasb etadi. 2019-yilning 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida yilning turizm sohasiga doir eng muhim tadbirlaridan biri - Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan forumning maqsadi - mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonning islom dunyosidagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga erishish, deya qayd etiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida. Ziyorat, ya'ni muqaddas joylarni ziyorat qilish ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: ekskursiyaviy-ma'rifiy va diniy turizm. Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur'oni karim namunalaridan biri - Xalifa Usmon Qur'on kitobi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi, buyuk islom imomi Mahammad Al-Buxoriy maqbarasi, Naqshbandiyya tariqati izdoshlari qabrlari va shu kabi ko‘plab boshqa diniy markazlar mavjud. Bunday tarixiy va muqaddas qadamjolarga ziyorat va sayohat qilish uchun har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Ta'kidlash joizki, hukumat tomonidan O‘zbekistonning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi jozibasini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning 5611-sonli farmoniga ko‘ra, joriy yilning 5 yanvar kunidan O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi va an'analarini o‘rganish uchun tashrif buyuruvchi xorij fuqarolariga 2 oygacha bo‘lgan muddat bilan beriluvchi Pilgrim visa joriy etildi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida e'tirof etilishi umumiy ma'noda mamlakatda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va turistlar oqimini sezilarli darajada oshirishga turtki beradi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forumda Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asriy bin Zayn-ul Obiddin hamda Islom turistik markazi, Halol tadqiqotlar va menejment instituti, Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi rahbariyati ishtiroki kutilmoqda. [8]
8..Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006
XULOSA
Turizmdagi maxsus turlarning ob’ektlari - xalqimizning tarixiy davrlardan buyon shakllanib, sayqallanib kelayotganligi, bu madaniyat va san’at, loydan gul yasaydigan, milliy to`n, atlas, do`ppi tikadigan qo`li gul hunarmandchiligi, temirdan san’at asari yaratadigan ustachiligi, jahondagi davlatlarda yashayotgan xalqlarda uchramaydigan, jasurlik-mardlikni kuylovchi milliy o`yinlari, e’zozli mehmondorchiligi, saxovatli to`yu- tomoshalari borligiga asoslanganligi uchun ham, xalqimizning milliy g‘ururini jahonga ko`z-ko`z qilishimiz va bundan faxrlanishimiz uchun ham xalqaro turizmda maxsus turlarni rivojlantirishimiz shart.
Turizmning maxsus turlarining respublikamizdagi hamma resurslarini ro`yxatga olish, tavsiflash va turizm sohasidagi o`rnini, ahamiyatini belgilash;
• Turizmdagi maxsus turlar resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqishni, marshrutlarda talab qilinadigan xizmatlar majmuasini yaratish, maxsus turizm turlari haqida jahon andozalari, talablariga javob beradigan reklama tizimini ishlab chiqishni va dunyo mamlakatlari bo`ylab doimiy ravishda tarqatib, targ`ibot qilishni ta’minlash;
• Respublikamizda turizmga ixtisoslashgan barcha kollejlarda, O`zbekiston Milliy Universitetining «O‘lkashunoslik va turizm» fakultetida, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Turizm» fakultetida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Servis va turizm» fakultetida turizmning maxsus turlari kursini talabalarga o`qitish talim tizimiga kiritishni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus talim vazirligiga taklif qilishni asoslash bu sohada yetuk mutaxassislar yetishtirib beradi;
. • Respublikamizda turizmning maxsus turlarini rivojlantirish uchun ilmiy va iqtisodiy jihatdan asoslangan grant loyihalar ishlab chiqish bu grant loyihalarni bajarish uchun davlatimiz tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish maxsus turlarni turizmda rivojlantirishda tub burilish bo`ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |