Abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar


 “Shajarayi turk” onomastikasining lug’aviy tarkibi



Download 310,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana10.06.2022
Hajmi310,48 Kb.
#652627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar

3. “Shajarayi turk” onomastikasining lug’aviy tarkibi 
Abulg’ozining “Shajarayi turk” asari onomastik materialga juda boy bo’lib, 
unda turkiy xalqlar, jumladan, o’zbeklarning onomastik tizimiga xos tarixiy 
xususiyatlar o’z ifodasini topgan, ikkinchidan esa, unda atoqli otlarning deyarli 
barcha tiplari mujassamlashgan, uchinchidan, ko’pgina ismlar, etnonimlar va 
toponimlarning hosil bo’lish asosi va sabablariga oid xarakterli lisoniy, etnografik 
va tarixiy talqinlar mavjud. 
“Shajarayi turk” onomastikasining lug’aviy tarkibi va uning yaratilishi. 
“Shajarayi turk” bilan tanishib chiqqan, Venger olimi Germon Vamberi uning 
mualllifiga shunday baho bergan edi: “Abulg’ozi Bahodirxonning ko’pgina ishlari 
Boburni xotiraga tushiradi. Jahon uning “Shajarayi turk” nomli tarixiy asari uchun 
minnatdordir”. Abulg’ozi tarixchi, adib, shoir sifatida bir qator asarlar yozgan 
taniqli siymodir. Ularning ba’zilari qimmatli tarixiy yozma yodgorliklar sifatida 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 
Bular “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”, “Manofe’-ul inson” bitiklaridir. 
Abulg’ozining yozishicha, “Shajarayi turk”ning yozilishi muallifning 
sog’lig’i yomonlashgan paytda to’g’ri kelgan va uning har sahifasi ulkan iroda 
bilan qog’ozga tushurilgan. Ammo, Abulg’ozi Bahodirxon asarini oxiriga yetkaza 
olmaydi (Abulg’ozi 1603-yil asad oyining dushanba (15-avgust) kuni tavallud 
topadi). Asarning yozilmay qolgan 21 sahifasini uning vafotidan so’ng 
Anushaxonning (Abulg’ozixonning o’g’li) topshirig’iga binoan Urganch 
mullalaridan Mahmud ibn Muhammad Urganjiy yozib tugallaydi.
“Shajarayi turk” 9 bobdan iborat bo’lib, asarning nega shunday tuzilishda 
ekanini Abulg’ozining o’zi quyidagicha izohlagan: “Bu to’qqiz bob ajoyib, 
munosib tushdi. Aning uchun muhokamalar aytib tururlar: “hech narsaning 
martabasi to’qquzdan yuqori bo’lmas, nihoyat to’qquz tutur”. Ushbu mulohazalar 
oxirida to’qqiz raqami haqida aytilgan fikrning o’zi yo’q. Abulg’ozining turkiy 
xalqlar tarixi va etnografiyasini bilganidan dalolat beradi. Chunki, 9 raqami turkiy 
xalqlarda qadimdan muqaddas raqam sifatida qadrlab kelingan”[26]. 


37 
“Shajarayi turk” yozma obidasi XVII asrga oid tarixiy asar bo’lgani uchun 
eski o’zbek (chig’atoy) tiliga xos xususiyat mavjud. Bu asarda turkiy tillarga xos 
o’nta unli fonema hamda undosh tovushlar qo’llangan. Bu yozma obida 
umumturkiy tillarga xos singarmonizm qonuni asosida bitilgan, tarixan va hozirga 
qadar qo’llanib kelayotgan so’zlar anchaginadir. Turkiy tilning fonetik qonuniga 
ko’ra, -g’, -q, -x undosh tovushlaridan oldin yoki keyin qattiq aytiluvchi –a unli 
bilan talaffuz qilinadi, -g, -k undosh tovushlaridan so’ng –a unlisi yumshoq 
aytiladi. 
Ushbu tarixiy yozma obidada ba’zi jug’rofiy, etnik, shaxs nomlarida ikki xil 
yozilishlar uchraydi, masalan Berka nomli xon nomi Burka deb atash ham 
ko’rsatilgan, Xivaq yoki Xiva kabi so’zlarda ham ikki xil yozish qo’llangan. Biz 
jug’rofiy, shaxs nomlarini yozilish, talaffuz xususiyatiga rioya qildik. 
Yozma obida matnida qo’llangan so’zlardagi Grammatik ko’rsatkichlar; -liq, 
-lik, lug’, -luk, -raq, -g’ay, -gay, -kay kabi qator qo’shimchalar singarmonizm 
qonuniga ko’ra saqlandi. 
O’sha bir yoshar o’g’lon ravon,
Kelib tilga tede bilinglar ayon 
Otimdur o’g’uz Hisravi nomvor 
Bilinglar yaqin barcha ahli hunar. 
To’yga kelgan ulug’ va kichik barcha o’g’lonning o’zi otini aytatur, mundin 
yaxshi ot bo’lurmu teb, otini o’g’uz qo’ydilar Taqi aytdilarkim, bir yashar 
o’g’lonning mundoq so’zlaganini hech zamonda hech kim eshitgan va ko’rgan 
yo’q turur teb, ani irim etib aytdilarkim bu uzoq umrli va ulug’ davlatli va uchi 
uzag’on va yoni yoyilg’an bo’lg’usi turur, tedilar. Og’uzning tili chiqib yurganida 
olloh-olloh, teb hamisha aytur erdi. 
Nomshunoslikda biror bir tildagi atoqli otlarning jamiki ko’rinishlari majmui 
“onomastik ko’lam” (“onomasticheskoye prastronstiva”) deb yuritilmoqda. 
Ma’lum tilning onomastik ko’lami va adadi uning sinxromik, ya’ni zamonaviy 
holatidan kelib chiqib baholanadi. Har qanday tildagi atoqli otlar tizimi, uning 
umumiy majmuini uch xil yo’sinda baholash mumkin.


38 
1. Sinxromik – zamonaviy holati asosida. 
2. Diaxromik, ya’ni tarixiy holatiga ko’ra; 
3. Ham sixronik, ham diaxronik holatga ko’ra ya’ni umumiy tarzda olingan 
holatda.
Onomastik ko’lamni baholashning eng qiyin usuli tarixiy (diaxromik) 
holatini baholashdir. Bunga sabab o’tmish davr onomastikasining jonli real holati 
endilikda intilgan bo’ladi, ularning barcha tiplari har qanday yozma manbada ham 
to’liq aks etmaydi. Shu sababli ham, biror til tarixiy onomastikasining ko’lami va 
holatini baholashning birdan-bir yo’li tarixiy yozma obidalar tilida saqlangan 
atoqli otlar bo’lib qolmoqda. “Shajarayi turk” onomastikasining qimmatli 
tomonlaridan biri ham mana shundaydir. Bizning kuzatishimizcha, “Shajarayi 
turk” asarida 1357 ta atoqli ot mavjud. Ulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi 
toponimlar, 118 tasi etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi oronimlardir. 
“Shajarayi turk”ning tilida uchraydigan onomastik materialni lug’aviy – 
nominativ nuqtayi nazardan tasniflash unda atoqli otlarning quyidagi tiplari 
mavjudligini ko’rsatdi:
1.Antoponimlar: ismlar, laqablar, arabcha kunyalar, patronomik nomlar. 
2. Etnonimlar: urug’, qabila va elotlar nomi.
3. Toponimlar: qishloq va shaharlar nomi, ba’zi jug’rofiy hududlar, 
joylarning atoqli otlari.
4. Gidronimika: dengizlar, daryolar, soylar, ko’llar, quduqlar, buloqlar va 
boshqa nomi.
5. Teonimlar: ilohiy tushunchalarning atoqli otlari. 
Ishda “Shajarayi turk” asarida uchraydigan onomastik birliklar nom qanday 
obyektini anglatishga ko’ra tasniflandi. 

Download 310,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish