Abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar



Download 310,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana10.06.2022
Hajmi310,48 Kb.
#652627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar

Antroponimlar: “Shajarayi turk” tili antroponimlarga juda boy bo’lib, ular 
quyidagi shakl, ko’rinishda uchraydi: 
1. Yakka holda qo’llangan ismlar: Arslon. 
2. Laqab bilan birgalikda kelgan ismlar: Hoji Qo’tas, Ortuqbo’ka. 


39 
3. Urug’, qabila yoki xalq nomi (etnomlar) bilan birgalikda kelgan ismlar: 
Turumchi turkman, Hofiz qo’ng’irot, Edigey mang’it. 
4. Turli xil mansab, unvon nomlari bilan birga kelgan ismlar: Sherg’ozi 
Sulton, Zuhra Xonim, Temur Ko’ragoniy. 
5. Kishini ota tomonidan nomlashning arabcha shakli: qozon Sulton bin 
Yasur bi o’rak Temur bin Bug’a Temur bin qudag’oy bin Buzay bin Mutokon bin 
Chig’atoy, Sottibek xotun binti Sulton Muhammad kabi. 
6. Laqablar: Buyruq, Gurxon, Qo’niqqimor, Chingiz, G’oyirxon, Sulton 
G’iyosiddin (Barofxon laqabi), Eson Bug’a, Shayx Hasan Buzurg (Shayx Jaloyir 
laqabi), Ichon, Xo’jagum tentak va boshqalar. 
“Shajarayi turk” tilida turkiy xalqlarning qadimiy tarixidan tortib to XVII 
asrgacha bo’lgan ismlarining namunalari mavjud. Bu nomlarni nom egasi bo’lmish 
shaxslarning real, tarixiy shaxs ekanligi yoki afsonaviy ekaniga ko’ra ikkiga 
bo’lish mumkin: 
1. Tarixiy, ya’ni real shaxslar nomi: Turk, Kuyukxon, Chingizxon, Temur 
Malik, Yodgorxon, Jonibekxon, O’zbekxon;
2. Afsonaviy shaxslarning nomlari: Jabroil alayhissalom, Mikoil 
alayhissalom, Nuh, Mahloyil, Xom, Som kabilar. 
Asar tilidagi antroponimlarni genetik xususiyatiga ko’ra turkiy ismlar, 
mo’g’ulcha ismlar, arabcha ismlar, forscha ismlar, qadimiy yahudiycha ismlarga 
tasniflash mumkin. 
“Shajarayi turk”dagi nomlarning aksariyati qismini qadimiy turkiy va 
mo’g’ulcha nomlar tashkil qiladi. Bu ismlar ikki guruhga ajratiladi: turkiy ismlar 
va turkiy hamda mog’ul tillari uchun mushtarak bo’lgan ismlar. Keyingi guruh 
ismlar antik jihatdan ham turkiy, ham mo’g‘ul bo’lgan kishilarning atoqli oti 
sifatida uchraydi, ya’ni shaxs mo’g’ul bo’lgani holda ismi turkiydir. Bunday 
nomlar Chingiz avlodlarning atoqli otlari orasida mavjud: Kuchluk, Ko’kcha, 
Temurtosh, Menglixo’ja, Yulduz, Elxon, Tengizxon, Manglayxon, Oyxon, 
Qoraxon, Erkaqora, Boytemir, Temurxon va boshqalar. 


40 
Sof turkiy ismlar ma’nosi umuman olganda tushunarli, asos leksemlari 
aksariyat holda hozirgi turkiy tillarda funksional bo’lgan lug’aviy birliklardir: 
Turk, Sevinchxon, Qoraxon, Kun, Oyxon, Yulduzxon, Ko’kxon, Tog’xon, 
Tengizxon, Elxon, Tug’rul, Boytemir, Mongu qoon, Otsiz, To’ktabegi, Menglik, 
Qishliq, Qilichqora, Arslon, Qoracha Hojib, Bormas, Turkon Xotun, Toshtemir, 
Qutluqqiyo, Temurbiy, To’xtamishxon, O’rusxon, Sottibek Xotun, Berdibekxon, 
Bayram o’g’lon, Kuntug’or Bahodir, Esh, Chiqibli Pahlavon, Yo’linboy, 
Turumchi, Otaboy, Eshimbiy, Sari o’g’lon Tangriberdi, Tursunxon va boshqalar. 
“Shajarayi turk”da ba’zi turkiy ismlarning qo’yilish sababi va ma’nosiga doir 
Abulg’ozining Bahodirxon talqinlari uchraydi. Ushbu talqinlarni muallif bergan 
izohga ko’ra ikkiga bo’lish mumkin: 1) Nom turkiy ekanligi aniq ko’rsatilgan 
ismlar: 2) Nom turkiyligi Abulg’ozi tomonidan aniq ko’rsatilmagan, ammo aslida 
turkiy bo’lgan ismlar.
Birinchi turkum, ismlarga Abulg’ozi izohlagan quyidagi nomlar keltirish 
mumkin: Uyg’ur “Uyg’ur turkiy tili turur, ma’nosi barcha ma’lum turur, 
yopishg’ur ma’nosida turur. Ayturlar sut uyudi. Sut ekaninda bir-biridin ayrilur 
erdi. Qattiq bo’lg’ondin so’ng bir-biriga yopish turur”. 

Download 310,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish