S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika


I bob. TEXNIK DIAGNOSTIKANING VAZIFASI



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

I bob. TEXNIK DIAGNOSTIKANING VAZIFASI,
DASTURI VA TEXNIK DIAGNOSTIKASI
Defektoskopiya va diagnostika – yangi fan bo‘lib, u yangi 
texnologiyalar qo‘llanila boshlagandan buyon oxirgi 10 yillikda pay-
do bo‘ldi. Konlarni qazib olishda, ularni tashishda neft va gazni 
qayta ishlashda texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda to‘xtovsiz va 
ko‘p muddatlarda ishlay oladigan hamda ishonchli bo‘la oladigan, 
talablarga javob bera oladigan holatda qo‘llaniladigan murakkab va 
qimmatbaho texnik tizimlar ahamiyati oshib bormoqda. 
Ushbu texnikalarning xavfsizlik darajasi qayta ishlanayotgan 
moddalarning xossalari, jihozlardan foydalanish sharoitlari va 
texnik holatlari bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida sa-
noat xavfsizligini boshqarishda asosiy elementlardan biridir. Diag-
nostika, shu bilan birga buzi lishga olib kelmaydigan nazorat usul-
laridan foydalanish ayni texnik obyektlarni ishga tushiruvchi 
birlashmalar orqali hamda tarkibida ekspertiza guruhi bo‘lgan 
(maxsus litsenziyasi bo‘lgan) maxsus tashkilotlarni jalb qilgan hol-
da amalga oshirilishi mumkin.
Texnik diagnostika – texnik holatini o‘rganuvchi fan bo‘lib 
unga muammolarning atroflicha jihatlari kiritilgan bo‘lib, bular 
ham o‘z navbatida qimmatbaho ma’lumotlar olish bilan bog‘liqdir. 
Diagnostika termini grekchadan kelib chiqqan bo‘lib, [diagnosis]- 
diagnostika – tekshirish, aniqlash degan ma’nolarni bildiradi. Di-
agnostika jarayonida ma’lum obyekt diagnosti aniqlanadi, ya’ni, 
kasal odamning holati (tibbiyot nuqtayi nazaridan) yoki texnik 
qurilma-tizimning soz yoki nosoz ekanligining natijasi (texnik di-
agnostika) aniqlanadi.
Texnik diagnostikaning maqsadi – diagnostika qilinayotgan ji-
hozlarning keyingi ishlatilishi mumkinligi imkoniyati aniqlanadi 
va oxir-oqibatda uning sanoat va ekologik xavfsizliligini oshirish 
ko‘zda tutiladi. Maqsadga qo‘yilgan vazifani hal qilishda amalga 
oshirilishi kerak bo‘lgan texnik diagnostikaning vazifalari quyi-
dagilardir:
– nomutanosibliklarni (bir-biriga mos kelmasliklarni) va nuq-
sonlarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va ular asosida 
jihozlarning texnik holatini aniqlash;


5
– texnik holatni va qoldiq resurslarni aniqlashtirish (jihozlar-
ning qancha vaqt mobaynida ish qobiliyatini saqlay olishini aniq-
lash).
Shunday qilib, texnik diagnostika keng miqyosdagi masalalar 
yechimini topishga imkon beradi, ularning ko‘pchiligi esa boshqa 
ilmiy soha bilan qo‘shilgan masalalar qatoriga kiradi. Texnik di-
agnostikaning asosiy muammosi ma’lumotlar cheklangan sharoit-
larda texnik tizimning holatini aniqlash hisoblanadi. Aniqlangan 
nuqsonlarning avvalgi ma’lumotiga asosan texnik diagnostikada 
jihozlarning birdaniga ishlamasdan qolishining oldi olinadi va 
natijada sanoat ishlab chiqarishning samarali ishlab chiqarishi va 
xavfsizligini oshiradi, shuningdek, texnik tizim amaldagi texnik 
holatiga asosan ishlatilish imkonini beradi. Texnik holatiga ko‘ra 
ishlatish yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, mashina parki umumiy 
tannarxining 30% ga ekvivalent miqdorda samara berishi mum-
kin.


6

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish