78
transport va boshqa toifalar yerlardan foydalanish samaradorligini baholash amalga
oshirilyapti. Tuproq unumdorligini qayta tiklash muammosi o‘tkir bo‘lib qolmoqda,
respublika bo‘yicha yagona yer siyosatini yuritishga yo‘naltirilgan
davlat Dasturi
mavjud emas, yer resurslarini qayta tiklash Dasturi mavjud emas, yer bozori va yerga
ijara huquqining bozori mavjud emas, sug‘oriladigan
yerdan foydalanishda bozor
tamoyillari etarli darajada tadbiq qilinmagan.
O‘zimizning hamda chet el mutaxassislar va olimlarning fikrlariga qaraganda,
yerlardan foydalanishning samaradorlik darajasini pasayishiga hamda ularni
degradatsiyaga uchrashiga asosiy sabab-meliorativ
ishlarni etarli darajada
moliyalanmaganligi hamda Respublikada yer resurslaridan foydalanishni past
samarali boshqarishdan iborat [50.60 va boshq]. Ma’lumki,boshqarish
obyekti
qanchalik murakkab bo‘lsa undan foydalanishni boshqarish usullari va uslublari
shunchalik murakkablashadi. Mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlar,
yer islohatini
amalga
oshirilishi,
yerdan
foydalanish
va
suvdan
foydalanishda
bozor
munosabatlarini qo‘llanilishi hamda boshqa innovatsiyalarni kiritilishi sharoitida yer
resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida yerdan
foydalanishni boshqarish muammosi murakkablashadi.
Shuning uchun ushbu
muammoni hal qilishning mumkin bo‘ladigan imkoniyatlaridan biri-bu boshqarishni
o‘zining tizimli tashkil etishini talab qiladigan yerdan foydalanishni murakkab tizim
sifatida qarashdir.
Bilimni aniqlash uchun savollar:
1.Yerdan foydalanish sohasida keyingi yillari qanday institutsional o‘zgarishlar
yuz beradi?
2.1998 yilga qadar yerdan foydalanishni boshqarish
qaysi idora tomonidan
amalga oshirilgan?
3.Nima uchun 1998 yilga qadar yerdan foydalanish va yer tuzish Boshqarmasi
O‘zbekiston respublikasi QSXV tasarrufida bo‘lgan?
4. O‘zbekiston respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi
qachon tashkil
etilgan?
5.Qanday omillar yer resurslari Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi
qarorni qabul qilinishida muhim rol o‘ynagan?
6.Yer resurslari Davlat qo‘mitasining tarkibi qanday bo‘lgan?
7.Yer resurslari Davlat qo‘mitasi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
8.”Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi qachon tashkil etilgan?
9.”Yergeodezkadastr”ning asosiy funksiyasi nimadan iborat?
10.Turli hududiy darajalarda boshqarish funksiyasini ajratishning mohiyati
nima?
11.Mintaqal darajasida “Yergeodezkadastr” qanday tarkibga ega?
12. “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining
hududiy tarkibi kimning
bo‘ysunuvida bo‘ladi?