A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

11-rasm.
Yerdan foydalanishga tasir ko’rsatayotgan iqtisodiy va boshqaruv 
muammolari 
 
Mavjud yerdan foydalanish jamiyatni moddiy boyliklarga bo‘lgan doimiy o‘sib 
boruvchi talablari hamda tuproq unumdorligini qayta tiklashga bo‘lgan obyektiv 
zaruriyat singari iqtisodiy qonunlarga asoslanmagan.
Nainki tuproq unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, balki, oddiy 
takror ishlab chiqarish ham mavjud emas
,
bu esa qishloq xo‘jalik yerlarini buzilishiga 
olib keldi.Sanab o‘tilgan iqtisodiy va boshqaruv muammolari ilmiy bilimlarning 
alohida sohasi sifatida qaralmaydigan yerdan foydalanishning tizimsizligidan 
guvohlik beradi.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan oqilona va samarali yerdan foydalanish 
muammosi qator qirralarni, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, rekreatsion-
sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofazalash, tashkiliy-hududiy, axborotli, texnologik, 
tadbirkorlikni o‘z ichiga olgan kompleks echimdan iboratdir. Oqilona yerdan 
foydalanish ko‘p jihatdan tizim sifatidagi yerdan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish va 
boshqarishga 
bog‘liqdir hamda ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion, ekologik 
samaradorliklarning to‘plami sifatida gavdalanadi. Shuning uchun murakkab 
Ye
rd
an
 f
oyd
alan
ish
ga t
asir k
o’
rsatayot
gan
 
iq
tisod
iy va 
b
osh
q
ar
u

m
u
amm
olari
 
Bozor iqtisodiyoti tamoyillari yerdan foydalanishda etarli darajada chuqur 
tadbiq qilinmadi 
yer ijarasining huquqi va yer bozorining iqtisodiy mazmuni mavjud emas 
yer-suv resurslarini bozor qiymati baholanmagan; yer solig‘i yerdan 
foydalanishda manfaatdorlik rolini o‘ynamayapti 
yerlardan samarali foydalanishga iqtisodiy samaradorlik tamoyili tadbiq 
etilmagan 
samarali foydalanishga iqtisodiy samaradorlik tamoyili tadbiq etilmagan; 
yerdan foydalanishni boshqarishda ekinlarni ekish, sug‘orish va o‘rim-
yig‘im davrlarida tashkiliy-ishlab chiqarish masalalarini hal qilish uchun 
xo‘jaliklarga jalb qilinadigan ko‘p sonli vakillik institutlari singari 
ma’muriy usullar mavjudligi 


83 
ijtimoiy-iqtisodiy hamda tabiiy voqeilik sifatidagi yerdan foydalanishga konseptual 
iqtisodiy asosga tayangan tizimli yondashuv zarur. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilganlar asosida yerdan foydalanishga quydagicha ta’rif 
beriladi. Yerdan foydalanish-bu tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlaridan ongli 
ravishda foydalanish asosida rivojlanayotgan jamiyat tomonidan yer resurslaridan 
doimiy, davriy, ko‘p maqsadli foydalanish usullari hamda ushbu jarayonni boshqarish 
uslublarining majmuasidir. 
Yerdan foydalanish tizim sifatida yaxlitlik, elementlilik, kichik tizimlar, 
aloqalar, munosabatlar, tarkiblar va boshqa tushunchalar bilan organik bog‘liqdir. 
Uning uchun tizim sifatida nainki uni tashkil etuvchi elementlari o‘rtasidagi, balki 
yerdan foydalanish o‘zining yaxlitligini aks ettiruvchi muhit bilan birlikda va o‘zaro 
munosabatlardagi aloqalar va munosabatlarning mavjudligi xarakterlidir. Har qanday 
tizim ancha yuqori tartibdagi tizimning elementi sifatida qaralishi mumkin. Shu 
jihatdan yerdan foydalanish tizimi tabiatdan foydalanishning kichik tizimi sifatida 
mavjud bo‘ladi hamda boshqariladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik aloqalar va 
munosabatlar orqali aks etadigan Yerdan foydalanishning mohiyati boshqa 
tizimlardan uni moddiy-abstrakt tizim sifatida farqlaydi hamda o‘ziga xos yagona 
sifatda tavsiflaydi. 
Tadqiqotlarda tizimli tahlil va yondashuvni qo‘llanish murakkab tashkiliy 
tizimlarni, shu jumladan sug‘oriladigan yerdan foydalanishni tadqiq qilishda 
maqsadga muvofiq hamda anchagina samarali uslub hisoblanadi. Tizimli yerdan 
foydalanishning iqtisodiy asoslari qatorida yer resurslarini qayta ishlab chiqarish 
davri, yerdan foydalanish qirralari hamda iqtisodiy qirraning ustunligi, yerdan 
foydalanishni iqtisodiy mexanizmi va boshqalar o‘rganilgan [66]. 
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan foydalanish ikkinchi darajadagi ikkita 
kichik tizimni o‘z ichiga olgan tizim sifatida qaraladi (13-rasm). Birinchi kichik tizim 
o‘z ichiga quyidagi uchinchi darajali tizimni oladi: jamiyat tomonidan yerdan 
funksional foydalanish turlari (shu jumladan, asosiy ishlab chiqarish vositasi, 
kenglik-operatsion asos, yer-tovar-4-chi darajadagi kichik tizim), Yerdan foydalanish 
qirralari (shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish, ekologik-4-
chi darajadagi kichik tizim), yerdan oqilona va samarali foydalanish ta’minotining 
asosiy qirralari (shu jumladan, huquqiy, axborotli, tashkiliy-hududiy, texnologik, 
resursli, tadbirkorlik-4-chi darajali kichik tizim), yerni qayta tiklash davri (shu 
jumladan, qishloq xo‘jalik yerlari, o‘rmon, sanoat va transport, aholi punktlari, suv 
xo‘jaligi, tarihiy-madaniy ahamiyatdagi, rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish 
ahamiyatidagi yerlar-4-chi darajali kichik tizim).
Ikkinchi kichik tizim quyidagi uchinchi darajali kichik tizimlarni o‘z ichiga 
oladi: jamiyatda yer munosabatlarini muvofiqlashtirish (yer qonunchiligi, yerga 
mulkchilik shakllari va huquq turlari, yerda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy 


84 
shakllari, yerdan foydalanish subekttlarining huquqiy holati, yerdan foydalanish 
sohasidagi me’yoriy hujjatlar-4-chi darajali kichik tizim) vayYerdan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanishni boshqarish (boshqarish funksiyalari-kadastr-axborotli ta’minot, 
yerlardan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, tarmoqlararo yer taqsimoti, 
yer tuzish, yer monitoringi va yerdan foydalanish hamda muhofazalashni nazorat, yer 
munozaralarini 
hal 
qilish, 
yerlardan 
oqilona 
va 
samarali 
foydalanishni 
rag‘batlantirish, yer resurslarini qayta tiklash-4-chi darajali kichik tizim). 
Yerdan foydalanishning ushbu ikkala kichik tizimi nisbatan avtonom 
tizimlardir, ular o‘zlarining mazmuniga ega hamda shu bilan bir vaqtda o‘zaro uzviy 
bog‘liqdir. Birinchi kichik tizim doimiy xarakterga ega bo‘lib jamiyat tomonidan yer 
resurslaridan foydalanishning obyektiv jarayonini yoritadi, negaki moddiy va boshqa 
turdagi boyliklarga bo‘lgan o‘zining doimiy o‘sib borayotgan talablarini qondirish 
uchun jamiyat Yerdan foydalanishni bir zum bo‘lsa-da to‘xtata olmaydi, bu jarayon 
davriy qayta ishlab chiqarish jarayonidir, negaki foydalanilayotgan yer resurslari 
rivojlanayotgan jamiyatni zaruriy boyliklar bilan doimiy ravishda ta’minlashi uchun 
o‘zini qayta tiklanib turishini talab qiladi, davlat o‘zining moddiy va boshqa 
turlardagi talablarini qondirishni ko‘zda tutgan ko‘p maqsadli xarakterga egadir. 
Jamiyatni doimiy ravishda o‘sib borayotgan va murakkablashayotgan talablarini 
qondirish hamda tabiiy majmualar bilangarmonik rivojlanishini ta’minlash maqsadida 
yer resurslaridan foydalanishning ushbu jarayoni qandaydir stixiyalitarzda emas, 
balki tabiat va jamiyat rivojlanishining harakatdagi qonunlaridan ongli tarzda 
foydalanish asosida amalga oshirilishi zarur, ya’ni bu jarayon etarli darajada 
boshqariladigan bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan yer resurslaridan imkon boricha 
to‘la, oqilona va samarali foydalanishga bo‘lgan obyektiv zaruriyat jamiyat 
tomonidan yerdan foydalanishni boshqarish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
xarakterlardagi manbani, ya’ni ikkinchi kichik tizimni ishlashi uchun zarur manbani 
yaratadi. O‘z navbatida, ikkinchi kichik tizimni tadbiq qilish, ya’ni yer 
munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish hamda jamiyatda Yerdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishni davlat boshqaruvini amalga oshirish jamiyat 
manfaatlari uchun yer resurslaridan imkon boricha to‘laroq foydalanishni amalga 
oshirishning obyektiv zaruriyati hisoblanadi. Yer resurslaridan foydalanishda ma’lum 
bir darajaga erishishda jamiyatni turli boyliklarga o‘sib borayotgan talabi yerdan 
foydalanishni sifat jihatidan yangi, ancha yuqori darajaga erishishini talab qiladi. Bu 
o‘z navbatida yer munosabatlari hamda yerdan foydalanishni boshqarishni yanada 
takomilashtirish zaruriyatini tug‘diradi. 


85 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish