3.Davlat kadastrlari sohasida:
-mahalliy davlat boshqaruv organlarini va mahalliy davlat hokimiyati
organlarini
davlat
kadastrlarini
yuritishlari
sohasidagi
faoliyatlarini
koordinatsiyalash;
-davlat kadastrining yagona tizimiga kiritiladigan tarmoqli kadastr axborotlarini
to‘plash, tahlil qilish, bir tizimga keltirish, saqlash va yangilab turish;
-davlat yer kadastrini yuritish;
-bino va inshoatlar davlat kadastrini yuritish;
-kartografo-geodezik davlat kadastrini yuritish;
-ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologik ishlarini bajarish, me’yoriy-texnik hujjatlarni
ishlab chiqish va tasdiqlash;
-viloyat va tumanlar, shuningdek aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini
to‘g‘rilash;
-foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta’minlash;
4. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxati sohasida:
-ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hamda ko‘chmas mulklar bilan
bo‘ladigan harakatlarni davlat ro‘yxatini amalga oshirish;
-ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar, ularni bir huquq egasidan boshqasiga
o‘tishi to‘g‘risidagi, huquqlarni cheklanish hamda ko‘chmas mulk bilan bo‘ladigan
boshqa hatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratish;
“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, qo‘mita
quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
-kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash uchun tuproqlar analizini o‘tkazish;
75
-yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
belgilangan tartibda tekshirishlarni amalga oshirish, yer qonunchiligini buzilishining
sabab va oqibatlarini tugatishga yo‘naltirilgan, davlat boshqaruv organlari, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
-aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy
javobgarlikka tortish, yer qonunchiligini buzganligi oqibatida etkazilgan zararni
undirishini talab qilish; yer qonunchiligini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarni
javobgarlikka tortish maqsadida tegishli korxona, muassasa va tashkilotlarga
taqdimnomalar yuborish;
-yer qonunchiligida belgilangan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni
to‘htatilishi to‘g‘risidagi taklifni joylardagi davlat hokimiyati organlariga kiritish;
-belgilangan tartibda subekttlarning geodezik va xaritashunoslik faoliyatlarini
tekshirishni amalga oshirish;
-xalqaro tashkilotlarda yerdan foydalanish, geodeziya, xaritashunoslik va kadastr
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish;
-yerlardan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek davlat kadastrlarining
yagona tizimini yuritish bilan bog‘liq masalalarni birgalikda ishlab chiqish uchun
boshqa vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
muassasa va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini rais boshqaradi hamda u bir vaqtning
o‘zida yerdan foydalanish va muhofaza qilishni nazorati bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining Bosh davlat inspektoridir, u 3 nafar o‘rinbosarga ega.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibida 4 boshqarma mavjud, shu
jumladan Yerdan foydalanish bo‘yicha, geodeziya va xaritashunoslik, davlat kadastri
va moliya boshqarmasi (10-rasm). Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastrlari bo‘yicha boshqarma boshliqlari
bir vaqtning o‘zida ushbu hududlarda yerdan foydalanish va muhofaza qilishni
nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastrlari bo‘yicha
boshqarmalar tarkibi 11-rasmda keltirilgan. Yer resurslari va davlat kadastrlari
bo‘yicha tumanlar (shaharlar) bo‘limlari o‘z faoliyatlarini Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastrlari boshqarmalari
tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan tuman hokimlari bilan kelishilgan holda
amalga oshiradilar. Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastrlari bo‘yicha
hududiy xizmatlar tarkibi 12-rasmda keltirilgan.
76
Raisning birinchi o’rinbosari
Rais o’rinbosari
Yerdan foydalanish va yer
tuzish boshqarmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |