A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


Bilimni tekshirish uchun savollar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
Bilimni tekshirish uchun savollar: 
1.Bugungi kunda yerdan foydalanishni boshqarishda qanday asosiy kamchiliklar 
mavjud? 
2.Yerdan foydalanish muammosini hal qilishga tizimli yondoshuv deganda 
nimani tushunasiz?
3.Yerdan foydalanish jarayonida nima uchun to‘la qayta tiklanish davri hisobga 
olinishi zarur? 
4.Yerdan foydalanish jarayonida yerni qayta tiklanish davri qanday tartibda 
hisobga olinishi zarur? 
5.Yerdan foydalanishda bozor tamoyillari qanday tadbiq qilinishi zarur? 
6.Yerga to‘lovlar mexanizmi qay tartibda takomilashtirilishi zarur? 
7.Yerdan foydalanishni maqbullashtirish muammosi nima uchun va qanday hal 
qilinishi zarur? 
8.Tizimli yerdan foydalanishda tuproq unumdorliginitiklashga qanday rol 
ajratilgan? 
9.Tizimli yerdan foydalanishda uni jamlanma samaradorligini baholashga 
qanday rol ajratilgan? 


70 
10.Tizimli yerdan foydalanish Konsepsiyasini ishlab chiqishga zaruriyat qanday 
omillar bilan aniqlangan? 
11.Tizimli 
yerdan 
foydalanish 
Konsepsiyasining 
asosiy 
mazmunini 
shakllantiring? 
2.6 Mamlakatda yerdan foydalanishni boshqarishning holati 
Respublikada yer resurslaridan foydalanish 1998 yilga qadar O‘zbekiston 
Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi yerdan foydalanish va yer 
tuzish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Boshqarma tarkibida 4 
bo‘lim faoliyat ko‘rsatgan: yerlarni davlat hisobi, yerlarni baholash, huquq bo‘limi va 
moliya bo‘limi. Barcha oldingi yillar, ya’ni iqtisodiyotni sotsialistik rejaliligi hamda 
yerga davlat mulkchiligi sharoitida, boshqarmaning yer oid siyosati asosan qishloq 
xo‘jalik yerlarini tashkil etish va ulardan foydalanishga bo‘ysundirilgan edi. Boshqa 
toifa yerlari, qoidaga binoan, yer resurslaridan foydalanishni integratsion 
boshqarishda yirik rol o‘ynamagan. Ishlab chiqilgan respublika yerdan 
foydalanishining Bosh sxemasi hamda viloyatlar va tumanlar yer tuzish sxemalari 
qishloq hududlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda, asosan, qishloq xo‘jaligi 
yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni ko‘zda tutgan. 
Yer tuzish ishlari faqat qishloq xo‘jaligi uchun hamda faqat qishloq xo‘jalik 
korxonalarida yuritilgan. Respublika yerlarini davlat hisobi bo‘yicha har yili 
tuziladigan ma’lumotlar (mamlakat yer fondi) hamda besh yilda bir marotaba 
o‘tkaziladigan baholash turlari (tuproq bonitirovkasi) faqatgina qishloq xo‘jalik 
yerlariga tegishli bo‘lgan va bu ishlab chiqarish talablarini hamda qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi manfaatlarini qondirgan. Ushbu davrda yer fondini boshqarish 
muammolarini shunday tarzda qo‘yilishi mamlakatda o‘tkazilayotgan yer 
siyosatining talablariga, balki, javob bergan bo‘lsa kerak, negaki boshqa toifalar 
yerlari to‘g‘risidagi axborotlar xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘lmagan, ammo, 
umuman, u jami yer fondini, barcha yer toifalarini qamrab olmagan, yer resurslaridan 
foydalanish samaradorligiga baho bermagan. 
1998 
yili 
O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, O‘zbekiston 
Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jalik kooperativi 
(shirkati) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Davlat yer kadastri 
to‘g‘risida”gi qonunlarini o‘z ichiga olgan holda mamlakatda yer qonunchiligining 
bazasi yaratildi, Yerdan foydalanishga bozor tamoyillari qo‘llanila boshlandi, shu 
jumladan: Yerdan foydalanishning pulliligi, xususiy yerdan foydalanish, bozor yer 
munosabatlari va boshq. yer resurslarini bozor munosabatlariga tortilishi hamda 
o‘tish davrida ulardan foydalanish samaradorligiga talabni oshirilishi sababli 1998 
yili hukumat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasini 
tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi (Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 


71 
iyuldagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi 
Faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risidan”gi Qarori). 
Yer resurslari Davlat qo‘mitasini tashkil etishdan asosiy maqsad-bozor 
sharoitida mamlakat yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash 
zaruriyatidir. U quyidagi tarkibdan iborat bo‘lgan: 
-qo‘mita raisining ikkita o‘rinbosari; 
-davlat kadastri boshqarmasi, shu jumladan, yer uchastkalariga bo‘lgan 
huquqlarni ro‘yxatga olish va yer hisobi bo‘limi, yer monitoringi 1-chi o‘rinbosarning 
tasarrufida bo‘lgan; 
-yerdan foydalanish va yerlarni muhofaza qilish Inspeksiyasi, yerdan foydalanish 
va 
yer 
tuzish 
Boshqarmasi, 
“O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti, 
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rinbosar (ikkinchi)ning 
tasarrufida bo‘lgan. 
Yer resurslar Davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy funksiyalari quydagilar 
bilan belgilangan edi: mamlakat yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni 
ta’minlash; tuproq unumdorligini qayta tiklash, Eroziyaga qarshi ishlar, 
sug‘oriladigan yerlarni meliorativ tayyorgarlik va qator boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003yil 9 dekabridagi PF-3358-sonli 
“Davlat boshqaruvining respublika organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohalarida 
boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda 
oqilona yerdan foydalanishni ta’minlash, davlat kadastrining yagona tizimini yuritish 
maqsadlarida 2004 yili tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat 
qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari Bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston 
Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari Davlat 
qo‘mitasi (Yergeodezkadastr) tashkil etilgan. 
“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari, mamlakat 
Prezidentining farmonida e’tirof etilgandek, quyidagilar qilib belgilangan: 

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha yagona 
davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; 

yerlardan foydalanish va muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish; 

tuproq unumdorligini oshirish, Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 

geodezik va xaritashunoslik faoliyatini boshqarish; 

davlat geodezik nazoratini tashkil etish; 

davlat kadastrini yuritish sohasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va 
davlat boshqaruv organlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish; 


72 

davlat yer kadastrini, kartografiya-geodeziya davlat kadastrini, bino va 
inshoatlar davlat kadastrini, shuningdek davlat kadastrining yagona tizimini 
rivojlantirish

“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomida e’tirof etiladiki, 
“Yergeodezkadastr” davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda u o‘z faoliyatida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Uning hududiy 
bo‘linmalari “Yergeodezkadastr”ga idoraviy bo‘ysunadilar hamda joylardagi 
o‘zlariga mos davlat hokimiyati organlariga hisob beradilar, ya’ni metodik jihatdan 
hududiy organlar idoraviy bo‘ysunuvda bo‘ladilar, hududiy jihatdan esa-mahalliy 
hokimiyat organlariga bo‘ysunadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga muvofiq 
Yergeodezkadastr tarkibiga quyidagi korxona va tashkilotlar kiritilgan: 
1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer 
resurslari va davlat kadastrlari Boshqarmalari; 
2.tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastr bo‘limlari; 
3.davlat geodezik nazorat Inspeksiyasi; 
4.Markaziy aerogeodezik korxonasi; 
5.Samarqand aerogeodezik korxonasi; 
6.“Kartografiya” Davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi; 
7.Geodeziya va kartografiya Milliy markazi; 
8.Tuproqshunoslik va agrokimyo Davlat ilmiy-tadqiqot instituti; 
9.“O‘zdavyerloyiha” yer tuzish bo‘yicha Davlat ilmiy-loyihalash instituti; 
10.“Geomnformkadastr” Davlat unitar korxonasi (bugungi kunda bu tashkilot 
“O‘zdavyerloyiha” instituti tarkibida bo‘lim sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda). 
“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilar qilib 
belgilangan: 
-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga 
oshirilishini ta’minlash, yer munosabatlarini muvofiqlashtirishni, yer tuzish va yer 
monitoringini, tuproqlar unumdorligini saqlanishi, oshirilishi hamda qayta 
tiklanishini ta’minlash; 
-tuproqlar unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish va tadbiq qilish; 
-yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini 
amalga oshirish; 
-geodezik va xaritashunoslik faoliyatlarini boshqarish; 
-davlat geodezik nazoratni tashkil etish; 
-davlat kadastrlarini yuritish sohasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va 
davlat boshqaruv organlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish; 


73 
-davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, bino va 
inshoatlar davlat kadastrini, shuningdek davlat kadastrlarini yagona tizimini yuritish. 
“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining funksiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha, 
qo‘mita to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, quyidagicha tabaqalashtirilgan. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish