96
ishlab chiqarish siklidagi mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, ishlab chiqarishning
boshqa omillari bilan uni o‘zaro aloqalar xarakteri yo‘nalishlarida
tadqiqotlarni
davom etirish zarur bo‘ladi.
Yerning o‘zini to‘la qayta ilab chiqarishini (yer resurslaini) oldindan ko‘rib
chiqamiz. O‘zining to‘la takror ishlab chiqarish davrida yer uchta bosqichdan o‘tadi:
yer resurslarini taqsimlash yoki qayta taqsimlash (foydalanish uchun yer berish);
jamiyat faoliyatining barcha sohalarida yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish; yer
resurslarini qayta ishlab chiqarish (tiklash) (15-rasm) [66].
Bosqichlarning barcha sikllari (davrlari) nisbatan alohidadirlar,o‘zlarining aniq
ichki mazmuniga va turli mohiyatga egadirlar, ammo bunda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro
aloqadadirlar. Birinchi fazani oshirish yerdan foydalanish xarakteri va maqsadli
mohiyatini belgilagan tarzda jamiyatdagi yerdan foydalanish sohalari hamda
iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yer resurslarini taqsimlashnio‘z ichiga oladi,qaysiki
bu ikkinchi bosqichni amalga oshirishga manba yaratadi. Iqtisodiyotni doimiy
rivojlanishi sharoitida ikkinchi bosqichni amalga oshirish
yer resurslarini keyingi
taqsimlash va yangidan qayta taqsimlash usun obyektiv holda manbaa yaratadi, yani
ikkinchi bosqichni amalga oshirishi birinchi bosqich amalga oshirish zarurligini
muhim obyektiv shartidir.
Ikkinchi tomondan, siklning ikkinchi bosqichini amalga oshirish yer resurslarini
ishlab chiqarish iste’mol bilan bog‘liq va keyingi har bir,yangi ishlab chiqarish sikl
ularni qayta ishlab chiqarish obyektiv tarzda talab qilinadi, ya’ni siklni ikkinchi
bosqichini amalga oshirishi uchinchi bosqichni mavjud bo‘lishining asosiy shartidir.
Shu bilan bir vaqtda, yer resurslarini qayta ishlab chiqarish (uchinchi bosqich)
siklning ikkinchi bosqichida ulardan samarali foydalanishning (iste’mol)
obyektiv
zaruriyati hisoblanadi. Vanihoyat, uchinchi bosqichni amalga oshirish yer resurslarini
navbatdagi qayta ishlab chiqarish sikli uchun yer resurslarini taqsimlash va qayta
taqsimlash zaruriyatini ko‘zda tutadi. O‘z navbatida yangidan taqsimlanishi (qayta
taqsimlanishi) hamda ularni navbatdagi siklda keyingi foydalanishi vositasida
siklning birinchi bosqichini amalga oshirish ularni oldindan qayta ishlab chiqarish
(tiklanish) zaruriyatini ko‘zda tutadi. Bunday o‘zaro aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklar
to‘la qayta ishlab chiqarish siklining birligi va yaxshiligini tashkil etadi. Qayd qilish
zarurki,o‘zaro aloqalar qishloq xo‘jaligida yerlardan to‘g‘ri foydalanishda yer
resurslarini qayta ishlab chiqarish (tiklash) ma’lum miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
hamda ulardan foydalanish bosqichida amalga oshiriladi, kabi ichki tuyg‘u
bilan
amalga oshiriladi.
97
15-rasm. Yer resurslarini to‘la takror ishlab chiqarish [33].
Qishloq xo‘jaligida yerlarni qayta tiklash sikli (tuproq unumdorligi)bitta
kalendar yoki qishloq xo‘jalik yiliga teng, keyin yangi qayta tiklash siklining birinchi
va ikkinchi bosqichlarini amalga oshirish zaruriyati vujudga keladi. Bundan uchinchi
bosqich (tuproq unumdorligini qayta tiklash) aniq muvoqqat chegaraga ega emas,
tuproq unumdorligini tiklash bo‘yicha oldingi qayta tiklash siklida o‘tkazilgan
tadbirlar samaradorligi ikkinchi,uchinchi sikllar va keyingi sikllar vaqtida ham
amalga oshirishi mumkin. Bu qishloq xo‘jalik yerlari qayta tiklashning o‘ziga xos
xususiyatidir. Prof.S.A.Tkachuk tomonidan yer resurslarini qayta tiklash siklining
to‘rtta bosqichi qarab chiqilganligini haqqoniy ravishda e’tirof etamiz: ishlab
chiqarish (foydalanish), taqsimlash (qayta taqsimlash), almashish (faoliyat bilan,
texnologiyalar, axborotlar bilan), iste’mol (tiklash, qayta tiklash), ammo shu bilan bir
vaqtda ishlab chiqarish
va almashishni birgalikda, jamlagan holda ko‘rib chiqish
zarur, deb e’tirof etiladi [32].
Sanoat va noishlab chiqarish (ijtimoiy,rekreatsion,tabiatni qo‘riqlash sohalari)
mohiyatidagi yerlarni qayta tiklash sikli, qoidaga binoan vaqt bo‘yicha qishloq
xo‘jaligi yerlari siklidanyirik va bir necha yildan bir necha o‘ng yilgachani tashkil
etadi. Masalan sanoat obyektlari yerlarini qayta tiklash ushbu yer uchastkasida aynan
shuncha miqdordagi, ammo ancha kuchli agregatlar o‘rnatish
vositasida yoki
Yer resurslarini qayta
ishlab chiqarish sikli
1-faza. Yer
resurslarini
taqsimlash va
qayta
taqsimlash
3-faza. Yer
resurslarini
qayta ishlab
chiqarish
2-faza. Yer
resurslaridan
foydalanish
98
bo‘lmasa, masalan, GESlardagi gorizontal joylashgan energiya bloklarni vertikalga
aylantirish natijasida amalga oshiriladi, natijada obyekt
tagidagi yerlar maydoni
qisqaradi va hak. Ijtimoiy sohada yer resurslarini qayta tiklash kam qavatli binolarni
(shu jumladan uy-joylarni) ko‘p qavatli uylar bilan almashtirish, ijtimoiy
obyektlargaxizmat ko‘rsatish uchun yer uchastkalarini ilmiy asoslangan tarzda
ajratish va hak.
Iqtisodiy maxsulotni qayta ishlab chiqarish siklida ishlab chiqarish omili
sifatidagi yerning ishtirokini qarab chiqamiz. Oldiniga buni sug‘oriladigan
dehqonchilik mintaqasida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish misolida ko‘rib chiqamiz
(16-rasm). Ishlab chiqarishning asosiy omillariga kiradilar:yer, kapital, mehnat, suv,
tadbirkorlik, axborotli ta’minot va texnologiyalar (rasm juda murakkab bo‘lib
ketmasligi uchun ohirgi ikkita omil ko‘rsatilmaydi). Bunda foydalaniladigan
resurslarning qayta ishlab chiqarish sikllari uchta bosqichni o‘z ichiga oladilar:
resursni taqsimlashni (qayta taqsimlanish), uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish,resursni
qayta ishlab chiqarish va bularrasmda ellipslar yordamida ko‘rsatilgan.
Iqtisodiy
mahsulotning qayta ishlab chiqarish sikli (qishloq xo‘jalik mahsuloti) to‘rtta
bosqichni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste’mol va bular
rasmda kvadratlar yordamida ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: