DIYOR IJODI SHERIYATI DOSTONLAR DRAMARIK ASARLARI O'GISH VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Reja:
1 Ifodali o’qish san’ati va vositalari
|
2. Ifodali o’qish saboqlari
|
3.Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilari qoidalari
|
Ifodali o’qish alohida san’atdir. U kishidagi nutqiy ko’nikma va malakalar bilan bog’liq holda rivojlanib boradi. Hech kim tug’ma notiq bo’lib tug’ilmaydi. Ifodali o’qishni hamma ham o’rganishi mumkin.Har bir matnda qanday mazmun aks etganini aniq bilish ifodali o’qishning bosh shartidir.Matnda qanday mazmun aks etgan bo’lsa, uningo’ziga xos ohangini ham ifodalash zarur bo’ladi. Bunda nafas olish, nafas chiqarish, tovushning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o’ziga xosliklar, hatto to’xtam pauzalar o’z ta’sirini ko’rsatib turadi. Ifodali o’qilgan matnni tushunish ham oson bo’ladi.Undagi har bitta sonning ma’nosi, uning nima uchun qo’llanilayotgani o’qishda ochiq seziladi. Ifodali o’qish orqali muallif ko’zda tutgan maqsad,ruhiyat va kayfiyatni to’la darajada anglash imkoni paydo bo’ladi. Uning vositasida asar qahramonlarning ruhiyati kechinmalari ham to’laroq namoyon bo’ladi.Xursand yoki xafa bo’lgan, shodyoki qayg’urayotgan odamning o’ziga xos tuyg’ularini ifodali o’qish vositasida nozik darajada ilg’ash mumkin.
“Ifodali o’qish” mashg’ulotlari nihoyasida o’quvchilar :
O’zbek va jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini, xalq og’zaki ijodiga oid asarlarni to’g’ri va ravon, ifodali o’qishni;
O’z fikr-mulohazalarni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va izchil ifodalashni ;
Badiiy asar tahlili bilan aloqador ijtimoiy ma’naviy hodisalarga mustaqil ijodiy baho bera olishni bilishlari nazarda tutiladi.
Ayni paytda 5-sinf o’quvchilarning o’qish texnikasiga oid ko’nikma va malakalarni rivojlantirish ustida ham ishlash ko’zda tutiladi. Bunda: o’qilayotgan materialning qahramonlariga muallif nuqtayi nazarini ajrata olish va boshqalardan iborat. Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmundor va ifodali nutqhamma davrlarda ham kishilarni o’ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o’rin egallab kelgan. Ifodali o’qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq og’zaki ijodi shaklda paydo bo’lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og’zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qo’shiq, ertak, doston, qissa kabi og’zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyondasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o’zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Ifodali o’qish san’ati o’tmish zamonlarda og’zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo’lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o’rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o’qish jarayonida yanada yaqinroq namoyon bo’ladi. Ifodali o’qish, ayniqsa, asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda kata ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirishiga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.
To’g’ri,g’oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og’zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o’qilganda ham o’zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir kuchini yo’qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o’qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma –xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asarning emitsional ta’sir kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag’ishlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’z san’ati bilan shug’ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan muallimlar notiqlik san’atini ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo’lishlari zarur. Bilamizki, o’qituvchining butun siymosi hatti- harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha, yosh va tajribasiz, taqlidchan o’quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O’z fikrini ravon, go’zal, lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxasisni avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” “…Kishining martabasini so’zi bila bilurlar, ammo so’zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur”-deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kimekanligini uning bilim saviyasini, fikrlash qobiliyatini uning so’zlariga qarab bilib olishimiz mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so’zi bilan taniladi, axloqi bilan esa maqtaladi. Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o’ynovchi muallimning ravon va ifodali nutqi, go’zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo’lib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz so’z san’atining, ayniqsa, og’zaki ijrochilik san’atining inson ruhiga ko’rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan qaraganlar. Shuning uchun ham, o’rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini o’rgatuv “ilmi tavjid” jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o’qitilgan. Natijada maxsus bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o’qish asoslarini egallagan so’z ustasi ham bo’lib yetishgan. Shu sababdan ham,o’tmishda badiiy so’z ijrochiligining dostonxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O’qimishli kishilar tomonidan o’tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so’z san’atining yuksak namunalari og’zaki ijro ifodali o’qish vositasida chuqur tahlil qilingan.Ifodali gapirish yoki ifodali o’qish bu o’z-o’zidan shakllanib qoladigan jarayon emas. Shuni bilishimiz kerakki, dastavval, insonning o’zida tug’ma iste’dod, iqtidor bo’lishi kerak. Afsuski, barcha insonlar ham ifodali nutq yoki ifodali o’qish qobiliyatiga ega emas. Ammo har bir kishi o’z nutqi ustida ishlashi, mashq qilib, uni chiniqtirishi buning natijasida ifodali o’qish qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “O’qituvchi nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyat juda ham ko’p xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning tovush qurulishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas –tuganmas manbalardir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati va ularni ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini ham ta’minlaydi”. Shuni takidlash kerakki, ifodali nutq vositalarini puxta o’zlashtirish,o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish orqaligina, ifodali o’qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Ifodali o’qish adabiy asarni tushunarli va ta’sirchan o’qish demakdir. Bu o’qish san’ati yod olingan matnni ifodali o’qishni fikrlarni yanada silliq aniq go’zal shaklda talqin etish uchun unumli emotsional vositalardan foydalaniladi. Ifodali o’qishning badiiy emotsional bo’lishi uchun o’quvchi asar mazmuni,g’oyaviy-badiiy jihatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim”.
Ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, u insonda tuyg’u va kayfiyatlar hosil qiladi, voqelikning his-tuyg’uli qiyofasini yaratadi. Ifodali o’qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”, qahramon “tilga kiradi”. O’quvchi bir vaqtning o’zida ham muallif, ham qiyofa, obraz yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo’ladi.Demak, ifodali o’qish ma’lum darajada aktyorlikni ham talab qiladi. Ifodali nutq san’atini o’rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlarni ko’proq mutolaa qilishdir. Asarning mazmun-mohiyati qahramonlar xususiyatini o’sha muhitni yaratish uchun ham ifodali o’qish muhim o’rin tutadi.Badiiy asarlarni ko’proq ifodali o’qish o’quvchining tushunish darajasini orttiradi, asarning mohiyatini juda tez tushunadi. Shuni aytish lozimki, adabiyot hayotni misli oyna kabi aksini olib beradi.O’sha ko’zgu bilan bizlar yaxwi va yomon tomonlarni ko’ramiz.O’qituvchi o’zining ifodali o’qib, o’quvchilarga qanday ta’sir etganini aynan shu oyna orqali ko’rishi mumkin. O’quvchi bir toza qog’oz deb tasavvur qilsak, uni qay tarzda to’ldirish o’qituvchi mahoratiga bog’liq. Aristotel talqiniga ko’ra, “forig’lanish yoki buni ruhan tozarish” ifodali o’qishning bosh maqsadidir. Ifodali o’qish o’qilayotgan badiiy asar yoki matnni tushunish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Badiiy asardagi nafosat va go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirish ifodali o’qish fanining asosiy vazifasidir. Adabiyotning barcha tur va janrlardagi badiiy asarlar ifodali o’qish fanining o’rganish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Badiiy asar yoki matnlarni ifodali o’qish ijrochidan alohida iqtidor va mahorat talab qiladi. Zero, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda ilgari surilgan g’oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashga ifodali o’qish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ifodali o’qish mohiyatan kishining his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi. Badiiy adabiyot bilan og’zaki ijro- ifodali o’qish san’ati asrlar davomida yonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo’lib kelgan.Badiiy adabiyot va ifodali o’qish san’ati chambarchas bog’liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiraliyotgan xayrli ishlarning markazida ham yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash vazifasi ustuvor masalalardan biri bo’lib turibdi. Shu maqsadni amalga oshirish chora tadbirlari ko’rilmoqda.O’quvchilarni shunga qarab tarbiyalash, ularga har bir asar yoki matnni mazmun-mohiyatini to’la yetkazish uchun biz albatta ifodali o’qish vositalarini to’g’ri o’z o’rnida qo’llashimiz zarurdir. Ifodali o’qishning asosiy vositalariga urg’u, pauza, intonatsiya, temp, ritm kabilargan tashkil etgan.
Urg’u ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u takidlash alohida e’tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg’u so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ma’noni to’g’ri va to’la anglashga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatish va ifodali o’qishning nazariy masalalari haqida ma’lumot olish osonlashishi uchun, avvalo, urg’uning ikki turi xususida to’xtalamiz.
So’z urg’usi
Ayiruv urg’u
Sintagma urg’u
Do'stlaringiz bilan baham: |