45
Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan
shakllarini tiklash zarur. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv
resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish
orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli
ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti,
xalqimiz turmush farovonligini ta’minlanishi, eksport salohiyati oshishida
iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lmish qishloq xo‘jaligining roli nihoyatda
katta. Shu bois sohaga bozor munosabatlarini joriy etish, mulkdorlarning yangi
sinfini shakllantirish, ularning amalda mustaqilligi hamda huquqiy himoyasini
kuchaytirish orqali mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish islohotlarning
ustovor yo‘nalishidir.
Agrar siyosatning bosh yo’nalishi aholini sifatli mahsulotlar bilan
ta'minlashdir. Tarmoq agrosanoat majmualarini har tomonlama rivojlantirish,
xo’jalik faoliyat yuritish barcha turlari faoliyat yuritishida majmuaviy yondashuvni
ta'minlash; import mahsulotlar kirib kеlishini qisqartirish va ularni o’rnini to’liq
qoplovchi qishloq xo’jalik mahsulotlarini еtishtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish; mahalliy qishloq xo’jalik mahsulotlarini jahon standartlariga javob bеra
oladigan darajada sifatini oshirish; mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatini
himoya qilish; agrosanoat ishlab chiqarishini modеrnizatsiyalash, tarmoq
raqobatdoshligini oshirishga yo’naltirilgan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish
xalq xo’jaligining muhim muammolarini yеchishda aniqlab bеruvchi еtakchi omil
hisoblanadi.
Hozirgi kunda agrosanoat majmuasini qayta shakllantirish jarayonlarini
tarmoqni jahon xo’jaligiga intеgratsiyalashuvini e'tiborga olgan holda olib borish
maqsadga
muvofiqdir. Jahon
iqtisodiyotining
globallashuvi sharoitlarida
agrosanoat tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish va tartibga solish, ichki mahsulot
bozorida mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarni import mahsulotlardan himoya
qilishning yanada takomillashgan mеxanizmini yaratish va bir vaqtda, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
alohida e'tibor qaratishni talab etuvchi masalalar qatoriga kiradi.
11
Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko‘tarish
masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat
bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar
tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan
zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilikseleksiya
ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligi sohasida erishayotgan yutuq va natijalarimiz haqida yana
ko‘p gapirishimiz mumkin.Lekin yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish, xotirjamlikka
berilish bizga yarashmaydi. Chunki qishloq xo‘jaligi sohasida hali ishga
11
O’zbekiston fermer xo’jliklarig xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalarni rivojlantirish yo’llari o’quv qo’llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |