44
AGRAR TARMOQ IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI
MUAMMO VA YECHIMLAR
S.S.Abdullayev
TDAU magistri
L.I.Xojaboyeva
TDAU talabasi
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri
boʻlgani bois uni izchil rivojlantirish doimiy eʼtiborda turibdi. Xususan, agrar
tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalanish, ayniqsa, eksport salohiyatini oshirish
iqtisodiy taraqqiyot kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylangan, desak
mubolagʻa boʻlmaydi. Prezidentimizning “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat
va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ham ayni maqsadga
yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Shu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida
organik qishloq xoʻjaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni
rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish yuzasidan tegishli “yoʻl xaritasi”
tasdiqlandi. Shu jihatdan Konsepsiyada organik qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, transportda tashish, saqlash,
tamgʻalash, realizatsiya qilishni tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani
yaratish nazarda tutilgan. Bu juda muhim masala, chunki aholini xavfsiz va sifatli
mahsulotlar bilan taʼminlash va shu bilan bir qatorda, tabiiy muhit uygʻunligini
saqlash masalalari barcha taraqqiy topgan mamlakatlarda dolzarb masalaga
aylangan
10
. Shu boisdan, yurtimizda ushbu soha bir tekisda rivojlanishi uchun
undagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik negizini shakllantirish zarur.
Konsepsiyada organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarish uchun
malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakalarini oshirish, milliy ishlab
chiqaruvchilar uchun ichki bozorlarni rivojlantirish va eksport geografiyasini
kengaytirish,
organik
mahsulotlar
va
xomashyolarni
ishlab
chiqarish
doirasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish kabi yoʻnalishlardagi muhim chora-
tadbirlar ham nazarda tutilgan. Umuman, bu Farmon agrar tarmoq
imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholini xavfsiz oziq-ovqat bilan taʼminlash
hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi
o‘zgarishlarga g‘oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati
qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy
muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq.
Hozir iqtisodiyotning Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu
imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziqovqat va sanoatni xom ashyo bilan
taminlashni yaxshilabgina qolmay, respublika qishloq aholisining turmushini
farovon qilish ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida o‘zgarishlar demokratik usullar
bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
tubdan o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
10
Xalq so’zi 23.05.2020
Do'stlaringiz bilan baham: |